Kirsten Johanna Maria van de Ven (1985-yil 11-mayda tugʻilgan[1]) — sobiq gollandiyalik professional futbolchi. Professional faoliyatidan oldin u Qoʻshma Shtatlarda kollej futbolida oʻynagan. Professional darajada u Gollandiya ligasida (Eredivisie) Villem II Tilburg va FK Tvente va Shvetsiya ligasida (Daallsvenskan) Tyresö FF va FC Rosengård uchun oʻynagan. U Shvetsiya va Gollandiya klublarida unvonlarni qoʻlga kiritgan, xalqaro oʻyinchi sifatida Gollandiya ayollar milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2009 va 2013-yillarda UEFA ayollar chempionati va 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan.

Kirsten van de Ven
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kirsten Johanna Maria van de Ven
Tavallud sanasi 11-may 1985-yil (1985-05-11) (38 yosh)
Tavallud joyi Heesch, Gollandiya
Boʻyi 173cm
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2004 HVCH
Total 141 (60)

Klubdagi karyerasi tahrir

Dastlabki yillar va kollej futboli tahrir

Heesch shahrida tugʻilgan[2] u faolyatini mahalliy havaskorlar klubi Heesche Voetbal Club Heesch (HVCH) boshladi, F4 dan A1 jamoasiga oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynadi[3]. 2004-yilda, 19 yoshida, u Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va birinchi navbatda Quinnipiac Bobcats jamoasida kollej futbolida oʻynay boshladi, u yerda 2004-yilgi Shimoliy- Sharqiy Konferensiya mavsumida 18 ta oʻyinda 12 ta gol urdi[4]. Shu yili u yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[5]. Kollejdagi faoliyatining qolgan uch yilini Florida shtati Seminollarida NCAA darajasida, Hermann Trophy gʻolibi Mami Yamaguchining jamoadoshi sifatida oʻynadi[6][7]. Seminollar safida u 2005-06-yilgi mavsumda 18 ta oʻyinda 5 ta gol, 2006/07-yilgi mavsumda 24 ta oʻyinda 1 ta gol va 2007/08-yilgi mavsumda 26 ta oʻyinda 7 ta gol urgan[8].

Professional tahrir

2007-yil oxirida u Gollandiyaga qaytib keldi va 2008-yil yanvar oyida oʻzining professional faoliyatini boshladi, 2007-08-yilgi Erediviziya mavsumining ikkinchi yarmida Villem II Tilburg uchun oʻynay boshladi va jamoaning ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2009-yil dekabr oyida u 2010-yilning mart oyidan boshlab Shvetsiyaning yangi ligasi (Damallsvenskan) Tyresö FF klubiga qoʻshilishi eʼlon qilindi[9][10].

 
2012-yilda Tyresö FF uchun oʻynagan

Tyresö FFda, 2011 va 2012-yillarda Shvetsiya kubogi gʻolibi boʻlganidan soʻng[11][12], mavsumning soʻnggi turida chempionlik raqibi LdB FC Malmyoni 1:0 hisobida magʻlub etib, 2012-yilda Damallsvenskanni qoʻlga kiritdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida gol urdi. Natijada Tyresö FF toʻplar nisbati boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritdi, chunki ikkala jamoa ham mavsumni 55 ochko bilan yakunlagan edi[13][14]. 2013-yilda Shvetsiya Superkubogini penaltilar seriyasida Kopparbergs/Göteborg FCga boy berganiga qaramay[15] u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida debyut qildi va 2013-14 yilgi mavsumning 1/16raundida gol urdi hamda jamoaning yanada rivojlanishiga yordam berdi[16].

2013-yil dekabr oyida Tyresö FFda toʻrt yil oʻtkazganidan va ligada 79 ta oʻyinda 39 ta gol urganidan soʻng, u Damallsvenkan raqiblari LdB FC Malmö (keyinchalik FC deb oʻzgartirildi) bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.[17][18]. Klub bilan oʻynagan ikki mavsumda u ikki marta Damallsvenkanni (2014 va 2015), 2015-yilda Shvetsiya Superkubogini qoʻlga kiritgan va 2014-15- yillarda Shvetsiya kubogi sohibi boʻlgan[19][20]. Shuningdek, u Chempionlar ligasi musobaqalarida klub uchun 9 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta gol urdi[21].

U 2016-yil yanvar oyida oʻz vataniga qaytib, Gollandiya chempioni „Tvente“ bilan 2015-16 Erediviziya mavsumining ikkinchi yarmini oʻynash uchun yarim yillik shartnoma imzoladi[22][23]. Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgach, 2016-yilning 23-mayida u futboldan ketishini eʼlon qildi[24][25].

Xalqaro karyera tahrir

U 17 yoshgacha[26] va 19 yoshgacha boʻlganlar (shu jumladan, 2003-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati) orasida Gollandiya terma jamoalarida oʻynagan[27].

2004-yil 6-avgustda u Niderlandiya terma jamoasida bosh murabbiy Remy Reynierse qoʻl ostida debyut qildi va Zeistda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi[28][29]. U 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻynagan.

Murabbiy Vera Pauw tomonidan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 milliy terma jamoasida boʻlish uchun tanlab olingan[30], 2009-yil 23-avgustda u turnirning ochilish oʻyinida Ukraina ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiya terma jamoasining asosiy oʻyinida debyut golini kiritgan[31]. Uning turnirdagi ikkinchi goli Gollandiyaning ikkinchi oʻyinida, turnir mezboni Finlandiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan amlaga oshiriligan. U Gollandiyaning barcha musobaqalarida beshta oʻyin oʻtkazib, jamoaga yarim finalga chiqishga yordam bergan[32].

2013-yil iyun oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roger Reijners uni Shvetsiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasi uchun 23 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan[33].

U murabbiy Roger Reijners tomonidan 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan[34]. Turnirda u guruh bosqichida mezbon Kanada bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etilgan va Yaponiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlingan oʻyinlarda ishtirok etgan[35].

Jahon chempionatidan koʻp oʻtmay, 2015-yil 23-oktabrda Arjan van der Laan bosh murabbiyligida u milliy terma jamoadagi 87-chi va soʻnggi oʻyinida, " Stad Jan-Buen " stadionida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:1) maydonga tushdi. U terma jamoa safida 18 ta gol urgan[36].

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

 
Gol Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir
1. 25.10.2008 Pabellón de la Ciudad del Fútbol, Madrid, Ispaniya   2-0 2-0 2009 UEFA Yevro saralash
2. 23.08.2009 Veritas Stadion, Turku, Finlandiya   1-0 2-0 UEFA Ayollar Yevro 2009
3. 26.08.2009 Olympic Stadium, Helsinki, Finlandiya   1-1 1-2
4. 03.03.2010 GSP Stadium, Nicosia, Kipr   4-0 4-0 Kipr kubogi 2010
5. 21.08.2010 Haradzki Stadium, Maladzechna, Belorussiya   1-0 4-0 2011 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon kubogi saralash
6. 12.12.2010 Estádio do Pacaembu, São Paulo, Brazilya   1-1 2-3 2010 Torneio Internacional
7. 15.12.2010   1-0 3-1
8. 19.12.2010 1-0 2-1
9. 07.03.2011 Ammochostos Stadium, Larnaca, Kipr   1-0 6-0 Kipr kubogi 2011
10. 2-0
11. 3-0
12. 03.04.2011 Kras Stadion, Volendam, Gollandiya   1-0 6-2 Oʻrtoqlik
13. 22.10.2011 Gradski stadion, Vrbovec, Xorvatiya   2-0 3-0 UEFA ayolla oʻrtasida Yevro 2013 saralash
14. 19.11.2011 Ivančna Gorica Stadium, Ivančna Gorica, Sloveniya   1-0 2-0
15. 05.04.2012 De Koel, Venlo, Gollandiya   2-1 3-1
16. 07.02.2015 Polman Stadion, Almelo, Gollandiya   7-0 7-0 Oʻrtoqlik
17. 15.06.2015 Olympic Stadium, Montreal, Kanada   1-1 1-1 2015 FIFA ayollar oʻrtasida jahon kubogi
18. 23.06.2015 BC Place, Vancouver, Kanada   1-2 1-2

Shaxsiy hayoti tahrir

Qoʻshma Shtatlarda kollej futbolida oʻynab, u psixologiya boʻyicha mutaxasislikni egallagan. Keyinchalik u Tilburg universitetida mehnat va tashkiliy psixologiya boʻyicha magistrlik darajasini ham tamomlagan[37].

Yutuqlar tahrir

 
Tyresö FF
  • Damalsvenskan (1): 2012
FK Rosengård
  • Damallsvenskan (2): 2014 va 2015
  • Svenska Superkubogi (1): 2015-yil
FK Twente
  • Eredivizion (1): 2015-16

Manbalar tahrir

  1. „Women's EURO 2009 - UEFA Competitions Association player list“. DFB. UEFA. 16-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  2. „Kirsten van de Ven“ (niderlandcha). vrouwenvoetbalnederland.nl (26-mart 2015-yil). 19-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  3. „Kirsten van de Ven nieuwe manager vrouwenvoetbal“ (niderlandcha). onsoranje.nl (30-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  4. „Quinnipiac 2004 Stats“. Northeast Conference. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  5. „Quinnipiac's Kirsten van de Ven Selected NEC Women's Soccer Player & Rookie of the Year“. Northeast Conference (4-noyabr 2004-yil). Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  6. „Kirsten van de Ven - Profile“. Florida State Seminoles. 27-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  7. „Kirsten van de Ven Nominated For Lowe's Senior CLASS Award“. Florida State Seminoles (24-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  8. „Archived Team-By-Team Final Statistics / Player/Coach Search“. NCAA. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  9. „Kirsten van de Ven naar Zweedse competitie“ (niderlandcha). vrouwenvoetbalnederland.nl (16-dekabr 2009-yil). 30-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  10. Awondatu. „Kirsten van de Ven: De top halen, maar niet ten koste van alles“ (niderlandcha). VrouwenvoetbalNederland.nl (2-yanvar 2010-yil). 18-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  11. Lindmark. „Göteborg cupmästare i dramatisk final“ (shvedcha). SvFF (29-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  12. „Göteborg vinnare igen i finaldrama“ (shvedcha). SvFF (11-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  13. Cleris. „Tyresö vann SM-guld efter dramatik“ (shvedcha). Dagens Nyheter (3-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2013-yil.
  14. Perlskog. „En Perlskog summerar 2012“ (shvedcha). SvFF. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  15. „K/G supercupsegrare efter straffar“ (shvedcha). SvFF (1-aprel 2013-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  16. „Profile“. UEFA. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  17. „Kirsten van de Ven vertrekt naar LdB Malmö“ (niderlandcha). vrouwenvoetbalnieuws.nl (12-dekabr 2013-yil). 16-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  18. „Tyresö tappar landslagsspelare till Malmö“ (shvedcha). Damfotboll.com (12-dekabr 2013-yil). 12-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2013-yil.
  19. Lindmark. „Marta sköt Supercupen till Rosengård“ (shvedcha). SvFF (15-mart 2015-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  20. „Ännu en cuptitel för Linköping“ (shvedcha). SvFF (9-avgust 2015-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  21. „Profile“. UEFA. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil. „Profile“. UEFA. Retrieved 15 January 2018.
  22. „Kirsten van de Ven naar FC Twente Vrouwen“ (niderlandcha). FC Twente (12-yanvar 2016-yil). 1-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  23. „Twente strikt Kirsten van de Ven“ (niderlandcha). De Telegraaf (12-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2016-yil.
  24. „Kirsten van de Ven beëindigt succesvolle carrière“ (niderlandcha). FC Twente (23-may 2016-yil). 26-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  25. „Kirsten Van de Ven eindigt carrière met landstitel“ (niderlandcha). Algemeen Dagblad. ANP (23-may 2016-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
  26. „Profile u-17“ (niderlandcha). onsoranje.nl. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  27. „Profile u-19“ (niderlandcha). onsoranje.nl. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  28. „Profile“ (nl). onsoranje.nl. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  29. Duret. „International Matches (Women) 2004“. RSSSF (5-aprel 2005-yil). Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  30. „Women's EURO 2009 - UEFA Competitions Association player list“. DFB. UEFA. 16-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2013-yil. „Womenʼs EURO 2009 — UEFA Competitions Association player list“ (PDF). DFB. UEFA. Archived from the original (PDF) on 16 October 2012. Retrieved 28 May 2013.
  31. „Memory Match: debuut eindronde“ (niderlandcha). onsoranje.nl (4-iyun 2015-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.
  32. „2009 Women's Euro - Netherlands squad“. UEFA. Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
  33. Scholten. „Trio miss cut in Netherlands squad“. UEFA (30-iyun 2013-yil). Qaraldi: 24-iyul 2013-yil.
  34. „List of Players - Netherlands“. FIFA (30-may 2015-yil). 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2015-yil.
  35. „Profile“. FIFA. 8-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
  36. „Afscheid van kwartet bepalende OranjeLeeuwinnen“ (niderlandcha). onsoranje.nl (31-mart 2017-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
  37. „Kirsten van de Ven nieuwe manager vrouwenvoetbal“ (niderlandcha). onsoranje.nl (30-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil. „Kirsten van de Ven nieuwe manager vrouwenvoetbal“. onsoranje.nl (in Dutch). 30 September 2017. Retrieved 13 January 2018.