Kishmishtepa — ilk oʻrta asr shahar harobasi (milodiy 513-asrlar). Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi shahri yonida joylashgan. Oʻrta asr manbalaridagi Xushminjakas yoxud Xushminchkat shahri K. oʻrnida boʻlgan. K. ark, shahriston va keng raboddan iborat. Shahristonning umumiy maydoni 24 ga ni tashkil qilib, u mudofaa devori va xandaq bilan oʻrab olingan. K.ning eng quyi qatlamlari milodiy 5—6-asrlarga oid. Shahriston atrofidagi devor 78-asrlarga mansub. 910-asrlarga kelib shahar kengayib, vohaning yirik shaharlaridan biriga aylantan. 13-asr boshida moʻgʻullar istilosidan soʻng shahar vayron boʻlib, hayot hozirgi Chiroqchi oʻrnida qayta tiklangan.

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Svetlana Lunina.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil