Kiyiklar

quvushshoxlilar oilasiga mansub kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar guruhi

Kiyiklarquvushshoxlilar oilasiga mansub kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar guruhi. Tashqi koʻrinishi, tuzilishi, hayot kechirishi va kelib chiqishi, hatto tana oʻlchami har xil hayvonlarni oʻz ichiga oladi. kiyikga qoramollar, qoʻylar va echkilardan tashqari barcha kavsh qaytaruvchilar kiritiladi. Quvushshoxlilar oilasining koʻpchilik kenja oilalarini birlashtiradi. Filogenetik jihatdan echkilar va sigirlarga yaqinroq. Asosiy kenja oilalari gʻizollar yoki ohularga jayran, Hindistonda tarqalgan garna, sigirsimon kiyik yoki buballarga Afrikada tarqalgan kaama va gnu; otsimon kiyikga Afrikada yashaydigan qora kiyik, beyza, kiyik-hoʻkiz, serna kiyik, toʻrt shoxli kiyik, oʻrmon kiyiklari kiradi. Koʻp turlari Afrikada, ayrim turlari janubiy va Markaziy Osiyoda yashaydi, Yevropada kiyikning 3 turi, Shim. Amerikada bir turi tarqalgan. Oʻzbekistonda kiyikdan saygʻoq va jayran uchraydi. Koʻpchilik kiyik choʻllarda, ayrim turlari oʻrmonda poda boʻlib yashaydi. Poligam. Goʻshti, terisi va shoxi uchun ovlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil