Koʻktol (Salix cocrulea) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Novdalari va kurtagi toʻq qoʻngʻir, tuksiz. Bargi ensiz, vashtarsimon, tukli. Yon bargchalari ipsimon. Guli bir jinsli, gulqoʻrgʻonsiz, toʻpguli kuchala. Barg chiqishi bilan bir vaqtda gullaydi. Urugʻi mayda, uzun tuklar bilan qoplangan. Aprel — mayda gullab, urugʻ tugadi. Togʻlardagi soylik va jilgʻalar yoqalarida oʻsadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida koʻp tarqalgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil