Ko‘z yoshlari saroyi
Ko‘z yoshlari saroyi — Usmonlilar hukmronligi davrida qurilgan saroy binosi boʻlib, Konstantinopol fath qilinganidan keyin 1453-yilda shaharda qurilgan birinchi saroy hisoblangan. U Fotih tumanidagi Beyazit mahallasida, hozirgi Istanbul universitetining asosiy binosi joylashgan hududda, Sulaymoniya masjidi va Boyazid II masjidi oʻrtasida joylashgan edi. Ushbu saroy Saroyi Atik-i Amire nomi bilan ham tanilgan. Baʼzi manbalarda Eski Saroy (turkcha „Eski saroy“) deb ham nomlanadi.
Ko‘z yoshlari saroyi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Eski Saray |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Usmonlilar imperiyasi, Istanbul (Turkiya) |
Mijoz | Mehmed II Fotih |
Ko‘z yoshlari saroyi |
Tarixi
tahrirSaroyning qurilishi 1453-yilgi istilodan koʻp oʻtmay boshlandi va 1458-yilda qurib bitkazildi. Dukas va Maykl Kritobulus kabi davr tarixchilari 1455-yilda qurib bitkazilganligini taʼkidlagan boʻlsalarda[1], umumiy maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytgacha haram va saroyning turli qismlari qurilgan boʻlsa ham, Koʻz yoshlari saroyi (Eski saroy) 1458-yilgacha toʻliq qurib bitkazilgan.
Evliya Chalabiy oʻzining " Sayohatnoma "sida saroyning qurilishi 1454-yilda eski cherkov oʻrnida boshlanganini va saroyning koʻk qoʻrgʻoshin bilan qoplangan mustahkam toʻrtburchak devor bilan oʻralganligini, atrofi 12000 arshin, taxminan hududi 9-kilometrga teng ekanligini taʼkidlagan[2].
Mehmed II Fotih zamonidagi tarixchi Tursun begim saroyda qasrlar, haram, sulton kengashi, sulton davlat ishlarini olib boradigan taxt xonasi va uning hududida ovchilik uchun alohida hudud borligini taʼkidlab o‘tgan[3].
Ahamiyati
tahrirMehmed II Fotih oʻz hukmronligi davrida Toʻpqopi saroyini qurishga kirishgan va 1478-yilda saroy qurib bitkazilgach, u yerga koʻchib oʻtadi. Sulton Toʻpqopi saroyinida yashasa ham haftaning ayrim kunlarida Eski Saroydagi haramni ziyorat qilishni davom ettirgan. Keyingi yillarda saroy va uning maydonlari koʻplab oʻzgarishlarga uchragan. 1500-yillarning boshlarida Sulton Boyazid II Boyazid II masjidini qisman saroy hududida qurdirdi. Matrakchi Nasuh saroyni miniatyurada tasvirlagan, tashqi devor va ichki devor boʻylab turar-joy binolari joylashtirilgan. 1540-1541 yillarda Eski Saroy sulton Sulaymon I qonuniy tomonidan qayta qurilgunga qadar yongʻin natijasida vayron boʻlgan. Saroy haramini vayron qilgan yongʻindan soʻng Sulaymonning harami doimiy ravishda Toʻpqopi saroyiga („Yangi saroy“) koʻchirilgan. Shu vaqtdan boshlab Usmonli sultonlarining imperator harami Toʻpqopi saroyida doimiy ravishda mavjud boʻlib qoladi. Eski saroy esa vafot etgan sultonlarning onasi, opa-singillari, joriyalari va qarindosh qizlari hozirgi volida sultonning ko'rsatmasiga koʻra Eski Saroyga jo‘natib yuborilgan. Shu asnoda sharmanda qilingan kanizaklar, sobiq sultonlarning ayollari yoki xiyonatda ayblangan shahzodalar (masalan, Shaxzoda Sulaymon) Eski Saroy haramiga yuborilishi yoki surgun qilinishi davom etgan. Shuningdek, baʼzi sabablarga koʻra yoki jazo tariqasida Sulton tirik bo‘lsa ham Volida sulton yoki sulton xonimlar vaqtinchalik Koʻz yoshlari saroyiga surgun qilingan (Masalan: Xurram Sulton) va ma'lum vaqt o'tgach yana Toʻpqopi saroyiniga qaytaril olib kelingan. Baʼzan sulton vafot etganida oʻrniga taxtga oʻtirgan shahzodaning onasi eski saroydan toʻppa-toʻgʻri Toʻpqopi saroyiniga koʻchib oʻtish hollari ham kuzatilgan (Masalan: Mahpeyker Kösem Valide Sulton, Safiya Sulton). Sulaymoniya masjidi majmuasi 1557-yilda qurilganida, u yana Eski Saroy hududining bir qismini egalladi.
Vayron bo‘lishi
tahrir1625-1632 yillarda Murod IV davrida saroy qayta tiklangan, ammo 1687-yilda saroy yaqinida katta yongʻin sodir boʻlgan. Ertasi kuni kechqurun yongʻin Eski Saroyni ham qamrab olgan. Yongʻin besh soatga yaqin davom etgan va saroyning koʻp joylari yonib ketgan. Saroydagi ko‘pchilikning hayotini og‘alar va saroyning boshqa xizmatkorlari saqlab qolishgan, ammo Muazzez Sulton yong‘indan shikastlanib, ertasi kuni vafot etgan.
Bugungi kunga kelib saroyning birorta ham qoldiqlari saqlanib qolmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ name="Üniversitesi">Denknalbant Çobanoğlu, Ayşe; Ermiş, Ü. Melda; Parlak, Sevgi; Tuncer, Akın (2014). "İstanbul Universitetining Merkez Kampüsü'nde Bulunan Taş Eserler – The Architectural Sculptures at the Main Campus of Istanbul University" (Turkish). Sanat Tarihi Yıllığı (25): 1–46. Archived from the original on 27 February 2020. https://web.archive.org/web/20200227201625/https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/410002.
- ↑ Atsız, Nihal. Evliya Çelebi Seyahatnamesi'nden Seçmeler (Turkish). Istanbul: Ötüken Neşriyat, 2011. ISBN 978-975-437-850-4.
- ↑ Denknalbant Çobanoğlu, Ayşe; Ermiş, Ü. Melda; Parlak, Sevgi; Tuncer, Akın (2014). "Architectural Sculptures at the Main Campus of Istanbul University" (Turkish). Sanat Tarihi Yıllığı (25): 1–46. Archived from the original on 2020-02-27. https://web.archive.org/web/20200227201625/https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/410002. Qaraldi: 2023-01-02.Ko‘z yoshlari saroyi]]Denknalbant Çobanoğlu, Ayşe; Ermiş, Ü. Melda; Parlak, Sevgi; Tuncer, Akın (2014). . Sanat Tarihi Yıllığı (in Turkish) (25): 1-46. Archived from the original on 27 February 2020.