Krurova, Krorayva (Kiroroyva) — qad. tarixiy-madaniy viloyat va davlat (mpl. av. 4—3-ming yillik — milodiy 5-asr). Sharqiy Turkistondagi Loʻbnur (Lobnor) koʻlining jan.da boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmida Xitoyning Sharqiy Turkiston va Dananta qarshi tajovoʻzi vaqtida bu yerda Xitoy harbiy manzilgoxlari vujudga kelgan. Mahalliy tub atama — Kiroroyva milodiy 34-asrlarga oid kharoshthi bitiklarida qayd etilgan. Buyuk ipak yoʻlidya joylashganligi tufayli milodning boshlarida ravvaq topgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida K.dan turli tillarda (kharoshthi, xoʻtansak, xitoy, tibet, tohar va boshqalar) bitilgan yozma hujjatlar topilgan. Bu hujjatlarni oʻrganish milodning boshlarida bu yerga koʻplab hindlarning koʻchib kelganligi, ularning K.da roli katta boʻlganligidan dalolat beradi. Xususan, K. dagi hukmron sulola vakillari hind ismlari (Tajaka, Peniyi, Amgoki, Maxiri, Vashmana) va unvonimahoroja deb atalgan. Milodiy 3—4-asrda K. kichik davlat boʻlib, tarkibida Loʻbnur koʻli atrofidagi hudud va Taqla-Makon choʻlining jan.-sharqiy tomonidagi vohalar kirgan. K. aholisi negizini hind-yevropa xalqlari tashkil etib, hindlar, eroniylar katta rol oʻyvagan, xitoylar ozchilikni tashkil qilgan. K. shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, polizchilik, chorvachilik, xalqaro savdo va tovar-pul munosabatlarida yuksak darajaga erishgan. Buddizm davlat dini boʻlgan. K. hududidan Krurova goʻzallari topilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Rtveladze E., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.

Abduxoliq Aytboyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil