Kulartegin madrasasiJo‘bayi baqqolon (Baqqollar bozori) guzarida joylashgan. Bugungi kunda mazkur joyshaharning qaysi hududiga to‘g‘ri kelishini hozircha aniqlab bo‘lmadi

Kulartegin madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

O.Suxareva tadqiqotida ham Jo‘bayi baqqolon nomi uchragan. Biroq u muarrix Narshaxiy maʼlumotlarini eslash bilan kifoyalangan. Buxoroda ikki joyda Chorbaqqoli Darvozai Samarqand va Chorbaqqoli Darvozai O‘g‘lon nomi bilan ataladigan guzarlar bo‘lgan. Balki, ulardan biri qadimda Jo‘bayi baqqolon deyilgandir. Narshaxiy kitobida ushbu madrasaning bunyod bo‘lishi to‘g‘risida qiziqarli maʼlumot keltiriladi. „Bu qishloqda Malik Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim Tamg‘ochxonning podshohlik davrigacha hech qachon jome masjidi bo‘lmagan. Shu qishloq aholisidan bir ulug‘ kishi bor bo‘lib, uni Xonsolor der edilar, u hurmatli, xizmatkorlari ko‘p bir kishi bo‘lib, sultonning omillaridan edi, shu kishi xolis o‘z molidan juda yaxshi bir jome masjidi bino qildi, bunga ko‘p pul sarf bo‘ldi va bu masjidda juma namozini o‘qidi“. Ahmad ibn Muhammad Nasr shunday deydi: "Sharg‘ (qishlog‘i) xatibining menga bergan xabaricha, u jome masjidida bir martadan boshqa juma nomozi o‘qigan emaslar, ana shu bir marta o‘qishdan keyin Buxoro imomlari ruxsat bermay qo‘yishgan va u masjidda juma namozini o‘qishni to‘g‘ri topmaganlar. Bu juma masjidi Qadrxon Jabrail ibn Umar ibn To‘g‘rulxon Buxoroga amir bo‘lgan vaqtgacha bo‘sh qoldi. Bu amirning nomi To‘g‘rulbek bo‘lib, laqabi Kulartegin edi. U masjidning yog‘ochlarini xonsolorning merosxo‘rlaridan sotib olib, masjidni buzdi va yog‘ochlarini Buxoro shahriga keltirib, „Jo‘bayi baqqolon“ (Baqqollik bozori) yaqinida madrasa bino qildi, u yog‘ochlarni shu madrasaga ishlatdi va behisob pul sarfladi. U madrasani Kulartegin madrasasi deb ataydilar. Bu amir shu madrasaga dafn etilgan edi". Qadrxon Jabrail yoki Kulartegin qoraxoniy ar sulolasi hukmdorlaridan bo‘lgan. U 1099 — 1102-yillarda Arslonxon Muhammad ibn Sulaymondan oldin hukmronlik qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 305.