Lazar Mojsov (1920-yil 19-dekabr – 2011-yil 25-avgust) makedoniyalik jurnalist, kommunistik siyosatchi va diplomat boʻlgan[1].

Lazar Mojsov
Лазар Мојсов

Mojsov, 1977-yillar atrofida
34-Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti
Mansab davri
1977 – 1978
Oʻtmishdoshi Hamilton Shirley Amerasinghe
Vorisi Indalecio Liévano
Yugoslaviya prezidenti
Mansab davri
15-may, 1987-yil – 15-may, 1988-yil
Oʻtmishdoshi Sinan Hasani
Vorisi Raif Dizdarević
15-Yugoslaviya Vitse-prezidenti
Mansab davri
15-may, 1986-yil – 15-may, 1987-yil
Oʻtmishdoshi Sinan Hasani
Vorisi Hamdija Pozderac
Yugoslaviya Kommunistlar Ligasining Markaziy Qo'mitasi Raisi
Mansab davri
20-oktabr 1980-yil – 20-oktabr 1981-yil
Oʻtmishdoshi Stevan Doronjski
Vorisi Dušan Dragosavac
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-dekabr 1920-yil
Negotino, Serblar, Xorvatlar va Slovenlar Qirolligi
Vafoti 25-avgust 2011-yil(2011-08-25)
(90 yoshda)
Belgrad, Serbiya
Siyosiy partiyasi Yugoslaviya Kommunistlar Ligasining aʼzosi
Taʼlim Belgrad universiteti

Biografiyasi

tahrir

Lazar Mojsov Belgrad universiteti yuridik fakultetida doktorlik darajasini olgan[2].

Mojsov Ikkinchi jahon urushi paytida fashizmga qarshi partizanlar safiga qoʻshilib, 1945-yildan keyin Yugoslaviya kommunistlar ligasi tarkibida oʻz tajribasini oshirib bordi. Mojsov 1948-yildan 1951-yilgacha Makedoniya Sotsialistik Respublikasi bosh prokurori lavozimida ishlagan[2]. Keyingi ikki oʻn yillik davomida Majsov Yugoslaviya va Makedoniya parlamentlarining aʼzosi hamda gazeta muharriri sifatida faoliyat yuritgan[2].

Bu davrda Mojsov diplomatik faoliyatini boshlagan, 1958-1961-yillarda Yugoslaviya elchisi sifatida Sovet Ittifoqi va Mo‘g‘ulistonda, 1967-1969-yillarda esa Avstriyada xizmat qilgan. 1969-yildan 1974-yilgacha Majsov Birlashgan Millatlar Tashkilotida, Gayanada va Yamaykada Yugoslaviya elchisi boʻlgan[2].

1974-1982-yillarda Mojsov Yugoslaviya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlgan, 1977-1978-yillarda esa BMT Bosh Assambleyasining prezidenti lavozimida ishlagan[2]. 1980-1981-yillarda Yugoslaviya Kommunistlar Ligasi Markaziy Qoʻmitasining raisi boʻlgan, 1982-yil mayidan 1984-yil mayigacha esa tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan[3]. 1984-1989-yillarda Yugoslaviya kollektiv prezidiumi aʼzosi boʻlgan va 1987-1988-yillarda Yugoslaviya prezidenti lavozimida ishlagan[3].

Mojsov xalqaro munosabatlar mavzusida maʼruzalar oʻqigan va maqolalar yozgan.

Lazar Mojsov 2011-yil 25-avgust kuni 90 yoshida Belgrad shahrida vafot etdi. Mojsov Belgradning „Novo groblje“ qabristonida dafn qilindi[4].

Yana qarang

tahrir

Shimoliy Makedoniyada prezidentlik saylovlari (2024)

Manbalar

tahrir
  1. „Sahranjen Lazar Mojsov“ [Lazar Mojsov dafn qilindi] (Serbian). Večernje novosti (25-avgust 2011). 2023-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Lazar Mojsov (Yugoslavia)“. un.org. United Nations. 2010-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „Lazar Mojsov“. jorm.gov. Prosecutor's Office of the Republic of North Macedonia.
  4. „Sahranjen Lazar Mojsov“. novosti.rs (2011-yil 25-avgust).
Siyosiy idoralar
Oldingisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti
1977–1978
Keyingisi
Oldingisi Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining Prezidenti
15-may 1987 – 15-may 1988
Keyingisi
Oldingisi Yugoslaviya Kommunistlar Ligasi Prezidiumi Raisi
20-oktabr 1980 – 20-oktabr 1981
Keyingisi