Vladimir Il’ich Lenin haykali — Murmansk shahridagi Lenin prospektidagi № 63-uy yaqinidagi bogʻda Vladimir Il’ich Leninga bagʻishlab oʻrnatilgan monumental haykaltaroshlik asari.

Tarixi

tahrir

Lenin qiyofasiga juda koʻp talablar qoʻyilganligi sababli, Sovet hokimiyati uning haykalini yasashni faqatgina taniqli haykaltaroshlarga ishonib topshirishi mumkin edi. Murmansk yodgorligi loyihasining muallifi koʻplab oliy mukofotlar laureyati, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Badiiy akademiya prezidenti Nikolay Tomskiy edi[1].

Haykalni oʻrnatish uchun joy sifatida 30-yillarda Stalin prospektida (hozirgi Lenin prospekti) „P“ harfi koʻrinishida qurilgan uy hovlisida tashkil etilgan kichik maydon tanlangan. Bu yerda hududni obodonlashtirish ishlari olib borilib, xiyobonga tushish yoʻlida qalin granit plitalar yotqizilgan, maysazorlar barpo qilingan[2].

Yodgorlikning ochilishi 1957-yil 3-noyabrda Oktabr inqilobining 40 yilligi nishonlanishiga toʻgʻri keldi. Marosimda qatnashgan minglab odamlar qoʻllarida bannerlar, bayroqlar va Lenin portretlarini ushlab turishdi. Yodgorlik poyida faxriy qorovul navbatchilik qildi[1].

Keyinchalik, SSSR davrida bu yerda turli xil tantanali marosimlar, tadbirlar oʻtkazildi. Yodgorlik yoniga 1-may va 7-noyabr bayramlarida minbarlar oʻrnatildi. Unda hokimiyat vakillari namoyish qatnashchilarini olqishlashgan[1].

Tavsifi

tahrir

Bronzadan quyib yasalgan haykalning balandligi 6 metr, Kareliyadan keltirilgan qizil-jigarrang granit bilan qoplangan tagkursi balandligi taxminan 11 metr[3].

Lenin anʼanaviy tarzda tasvirlangan: chap qoʻli ochiq paltosini orqaga tashlab, kostyumining etagini ushlab turadi, oʻng qoʻli pastga tushirilgan. Bu qoʻli bilan qalpoqchasini siqib turadi. Nigohi oldinga qaratilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Памятник В.И. Ленину“. votpusk.ru. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  2. „Памятник Ленину (Мурманск) | памятник, монумент, Ленин, достопримечательность“. Wikimapia. 2018-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  3. „Памятник В. И. Ленину“. Официальный туристический портал Мурманской области. 2018-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.