Leon Christoph Goretzka (1995-yil 6-fevralda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi "Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi .

Leon Goretzka
2019-yil Goretzka Germaniya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leon Christoph Goretzka[1]
Tavallud sanasi 6-fevral 1995-yil (1995-02-06) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Bochum, Germany
Boʻyi 1.89 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2001 Werner SV 06 Bochum
2001-2012 VfL Bochum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 VfL Bochum 32 (4)
2013-2018 Schalke 04 116 (14)
2015 Schalke 04 II 1 (0)
2018- Bayern Munich 97 (22)
Milliy terma jamoa
2010-2011 Germaniya U16 10 (2)
2011-2012 Germaniya U17 17 (5)
2012-2014 Germaniya U19 3 (0)
2013-2015 Germaniya U21 10 (1)
2016 Germaniya olimpiya jamoasi 1 (0)
2014- Germaniya 44 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

VfL Bochum

tahrir

1999-yilda Goretzka oʻz faoliyatini SV 06 Bochum jamoasida boshlagan. U 2001-yilda VfL Bochumga oʻtishdan oldin WSVda ikki yil oʻynagan[4].

2012-yil 30-iyulda Goretzka 2012-yilgi 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Fritz Valter medali bilan taqdirlandi[5]. 2012-yil 4-avgustda u Bochum tarkibida professional faoliyatidagi debyutini oʻtkazdi[6].

Shalke 04

tahrir

2013-yil 30-iyun kuni "Shalke-04" Goretzkaning „Bochum“dan ketganini tasdiqladi. U 2018-yilning 30-iyuniga qadar besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 3,2 million yevroni tashkil etdi[7].

2013-14-yilgi mavsum

tahrir
 
Goretzka 2013-yilda "Shalke 04"safida

2013-14-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urib, birinchi mavsumni sermahsul oʻtkazdi. U mavsumning ikkinchi yarmida muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisiga aylandi va „Shalke“ga Bundesligada chempion „Bavariya“ va „Borussiya Dortmund“dan keyin uchinchi oʻrinni egallashida oʻz hissaini qoʻshdi.[8] Mavsum oxirida Goretzka Germaniya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 30 nafar futbolchilardan iborat jamoasiga jalb etildi. U jahon chempionati oldidan Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[9].

2014-15-yilgi mavsum

tahrir

2014-15-yilgi mavsumda Goretzka son jarohati tufayli barcha musobaqalarda atigi 11 ta oʻyin bilan cheklandi[10]. U 24-turida TSG 1899 „Hoffenheim“ga qarshi oʻyinda jarohatdan qaytdi. Goretzka mavsum davomida Bundesliganing atigi 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan. „Shalke“ mavsumni omadsiz o‘tkazdi va Bundesligada oltinchi o‘rinni egalladi[11].

2015-16-yilgi mavsum

tahrir
 
Goretzka 2015-yilda „Shalke 04“ safida

2015-16-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi[12]. U mavsum boshida toʻliq formaga qaytdi, biroq mavsum davomida bir nechta jarohat oldi.

2016-17-yilgi mavsum

tahrir

2016-17-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan[13]. Bu Goretzkaning eng yaxshi mavsumi sifatida baholandi, chunki u koʻproq hujumchi sifatida oʻynaydi. 20-aprel kuni Goretzka Yevropa Ligasi doirasida „Ayaks“ga qarshi o‘yinda miyasi chayqalib, ikki jag‘i singan edi.

2017-18-yilgi mavsum

tahrir

2017-18-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi[14]. Goretzka „Shalke“ chempion „Bavariya“dan keyin ikkinchi oʻrinni egallashida oʻz hissasini qoʻshdi va 2014-15-yilgi mavsumdan beri ilk bor UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi. 2017-yil 25-noyabr kuni u Bundesligadagi 100-o‘yinida „Shalke“ning ashaddiy raqibi Dortmund Borussiyasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Bavariya

tahrir

2018-19-yilgi mavsum

tahrir
 
Goretzka 2019-yil „Bavariya“ safida

2018-yilning 1-iyulida Goretzka 2022-yilning iyunigacha to‘rt yillik shartnoma imzolab, rasman „Bavariya“ga qo‘shildi[15]. 2018-yil 12-avgust kuni DFL Superkubogi bahsida u 64-daqiqada Tomas Myuller oʻrniga maydonga tushdi.[16] Bu Goretzkaning „Bavariya“ safidagi ilk uchrashuvi edi[17]. Keyingi yili, 2019-yilning 19-yanvarida u Bundesligadagi ilk dublini qayd etdi[18].

2019-20-yilgi mavsum

tahrir

2019-yil 26-noyabrda Goretzka Chempionlar ligasidagi ilk golini „Srvena Zvezda“ga mehmonda (6:0) kiritdi[19]. U Hansi Flik qoʻl ostida "Bavariya"ning trebl gʻalabasida muhim rol oʻynadi.

2020-21-yilgi mavsum

tahrir

2020-yilning 24-sentabrida Goretzka UEFA Superkubogi 2020 musobaqasida qo‘shimcha bo‘limlarda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[20]. 2021-yilning aprel oyida u mushaklaridagi muammolar tufayli Chempionlar ligasi chorak finalida Paris Saint-Germainga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yubordi[21].

2021-22-yilgi mavsum

tahrir

Mavsum oldidan Goretzka Xavi Martines tomonidan boʻsh qoldirilgan 8-raqamli futbolkaga ega boʻldi. 2021-yil 17-avgustda Goretzka „Bavariya“ bilan 2021-yilgi DFL Superkubogini zabt etdi. 16-sentyabr kuni „Bavariya“ Goretzka bilan yangi shartnoma imzolaganini va uni 2026-yilgacha klubda qoldirishini eʼlon qildi[22].

Terma jamoadagi faoliyat

tahrir

2014-yilning 8-may kuni Goretzka Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan 2014-yilgi Jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasining 30 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi[23]. 2014-yilning 13-mayida u Polshaga qarshi o‘yinda (0:0) debyut qildi[24].

Olimpiya jamoasi

tahrir

"Shalke"dagi jamoadoshi Maks Meyer bilan bir qatorda Goretzka 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun qaydnomaga kiritildi[25]. U Meksikaga qarshi birinchi oʻyinda Germaniya sardori boʻldi, ammo yelkasidan jarohat olib, Gelzenkirxenga qaytdi[26].

Shaxsiy hayot

tahrir

Goretzka Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Bochum shahrida tugʻilgan[27]. U Bochum shahridagi Elis-Salomon kasb-hunar maktabini tugatadi[28]. Uning otasi Konrad Opel kompaniyasida avtomobil muhandisi va elektrotexnika muhandisi sifatida ishlaydi[29]. Uning onasi Katarina Altenbochum Laer[30] protestant cherkovida ishlardi va Bochumdagi koʻplab muassasalarda biznes menejeri boʻlib ishlagan.

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub safida, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum League National Cup Europe Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
VfL Bochum 2012-13[4] 2. Bundesliga 32 4 4 0 36 4
Schalke 04 2013-14[8] Bundesliga 25 4 2 1 5 0 32 5
2014-15[10] Bundesliga 10 0 0 0 1 0 11 0
2015-16[12] Bundesliga 25 1 2 1 7 0 34 2
2016-17[13] Bundesliga 30 5 2 0 9 3 41 8
2017-18[14] Bundesliga 26 4 3 0 29 4
Jami 116 14 9 2 22 3 147 19
Schalke 04 II 2014-15[10] Regionalliga West 1 0 1 0
Bayern Munich 2018-19[16][31] Bundesliga 30 8 5 1 6 0 1 0 42 9
2019-20[32] Bundesliga 24 6 5 1 8 1 1 0 38 8
2020-21[33] Bundesliga 24 5 0 0 7 2 1 1 32 8
2021-22[34] Bundesliga 19 3 1 0 6 0 1 0 27 3
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 97 22 11 2 27 3 4 1 139 28
Umumiy statistikasi 246 40 24 4 49 6 4 1 323 51

Terma jamoadagi faoliyat

tahrir
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2014-yil 1 0
2016-yil 2 0
2017-yil 9 6
2018 7 0
2019 6 5
2020 4 1
2021-yil 12 2
2022 3 0
Jami 44 14

Yutuqlari

tahrir

Bavariya [35]

Germaniya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin: 2012[42]

Germaniya Olimpiya jamoasi

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017[44]

Shaxsiy sovrinlar

tahrir
  • Fritz Valterning oltin medali (U-17): 2012[45]
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi kumush butsasi: 2017[46]
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi bronza to‘pi: 2017[46]
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsum ramziy jamoa tarkibi aʼzosi: 2019-20[47]
  • Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2017-18[48], 2020-21[49]
  • Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21[50]
  • VDV Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21[51]

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Leon Goretzka: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  3. „Leon Goretzka“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Leon Goretzka“ (de). kicker. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  5. „Fritz-Walter-Medaille für Goretzka, Ginter, Rüdiger und Lotzen“ (de). German Football Association (2012-yil 30-iyul). Qaraldi: 2012-yil 1-mart.
  6. „Trio infernale: Iashvili, Goretzka und Freier“. kicker (2012-yil 4-avgust). Qaraldi: 2013-yil 1-mart.
  7. „Schalke und Bochum einigen sich im Fall Goretzka“ (de). Spiegel Online (2013-yil 30-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  8. 8,0 8,1 „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  9. „Goretzka: "Neuanfang" in der Nationalelf“ (de). sport.de (2016-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Leon Goretzka » Club matches“. World Football. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  11. „Schalke's Leon Goretzka comes of age in Russia“. bundesliga.com (2017-yil 2-iyul). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  12. 12,0 12,1 „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
  14. 14,0 14,1 „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
  15. „FC Bayern sign Germany international Leon Goretzka“. fcbayern.com. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  16. 16,0 16,1 „FCB gewinnt Supercup – Lewandowski macht den Unterschied“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  17. Pearson. „Robert Lewandowski hat trick leads Bayern Munich to Super Cup win“. Deutsche Welle (2018-yil 12-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  18. „Leon Goretzka double helps Bayern Munich down Hoffenheim“. Bundesliga (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  19. „Goretzka's maiden goal sets Bayern on their way“. fcbayern.com. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
  20. „Bayern 2–1 Sevilla“. UEFA (2020-yil 24-sentyabr).
  21. „Goretzka has little chance of playing second leg in Paris“. besoccer.com (2021-yil aprel).
  22. „Leon Goretzka extends contract“.
  23. Kops, Calle. „Löw überrascht beim vorläufigen WM-Kader“ (de). dw.de. Deutsche Welle (2014-yil 8-may). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
  24. Hallam, Mark. „Germany vs Poland: More useful to Löw than you might think“. Deutsche Welle (2014-yil 12-may). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
  25. „Leon Goretzka: I'm very grateful“. FC Schalke 04 (2016-yil 25-iyul). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
  26. „Leon Goretzka travels back from the Olympics“. FC Schalke 04 (2016-yil 11-avgust). 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
  27. „Leon Goretzka: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  28. „RevierSport: Goretzka hat die Reifeprüfung abgelegt“ (de). reviersport.de. Reviersport (2014-yil 3-iyul). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
  29. Webb. „GM-Peugeot Pact Makes Opel Workers Rivals for Survival at Two Plants: Cars“. bloomberg.com. Bloomberg L.P. (2012-yil 1-may). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
  30. „AltBOWeltladen : Evangelischer Kirchenkreis Bochum“ (de). www.kirchenkreis-bochum.de. 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  31. „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  32. „Sancho glänzt in doppelter Rolle: BVB gewinnt Supercup“ (de). kicker.de (2019-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  33. „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  34. „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  35. „L. Goretzka“. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  36. „Mia san Meister!“. twitter.com (2020-yil 27-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  37. „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. Bundesliga (2021-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  38. „Robert Lewandowski double as Bayern Munich overcome Borussia Dortmund to win the Supercup“. Bundesliga Official. Bundesliga. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  39. „Bayern win the Champions League“. ESPN (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  40. „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  41. „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  42. „Final: Germany 1–1 Netherlands: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  43. „Rio 2016 Football Results Book: Medallists“. Olympic World Library (2016-yil 20-avgust). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.[sayt ishlamaydi]
  44. „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  45. „Fritz-Walter-Medaille 2012: Die Gewinner: Das sind die besten Talente Deutschlands“ (de). spox.com. Spox.com (2012-yil 30-iyul). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
  46. 46,0 46,1 „Awards list dominated by victorious Germans“. FIFA.com (2017-yil 2-iyul). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyun.
  47. „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
  48. „CONFIRMED 2017/18 Bundesliga FIFA 18 Team of the Season!“. Bundesliga (2018-yil 30-may). 2020-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-may.
  49. „The 2020/21 Bundesliga Team of the Season!“. Bundesliga (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 17-may.
  50. „Sechs Klubs dabei: Die kicker-Elf der Saison (2020/21)“ (de). kicker (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  51. „Robert Lewandowski zum VDV-Spieler der Saison gewählt“ (de). VDV (2021-yil 2-iyun). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.