Futbol Olimpiada o‘yinlarida

Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqasi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Yozgi Olimpiyada o‘yinlarida joriy qilingan. 1932-yildan Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari har bir o‘yinlar dasturiga kiritilgan.

Dastlab, musobaqa erkaklar uchun, 1996-yildn esa esa Atlantadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida alohida turnir sifatida o‘tkazila boshlangan. Olimpiyadadagi erkaklar futboli (boks, golf, tennis va xokkey bilan bir qatorda) sport turlaridan biri bo‘lib, unda oltin medal oliy yutuq hisoblanmagan. Qolaversa, Olimpiya futboli maqomi jihatidan nafaqat jahon chempionati, balki Yevropa va Amerika qitʼa chempionatlaridan quyi o‘rinlarda turgan.

Tarixi tahrir

Futbol sport turi sifatida birinchi marta Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lgan. Unda Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning uchta klubi ikkitadan o‘yin o‘tkazgan. Dastlab „Apton Park“(Londonda joylashgan sobiq futbol stadioni) maydonida Fransiyaning „Union France de Sports Athletic“ jamoasi Belgiyaning Bryussel erkin Frankofoniya universiteti klubi bilan to‘qnash kelgan va 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Britaniyaliklar esa fransuzlarni 4:0 hisobida mag‘lub etishgan va birinchi Olimpiya chempionlari deb eʼlon qilingan. Fransiya ikkinchi, Belgiya jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, 1904-yilda Sent-Luise (AQShning Missuri shtatida joylashgan mustaqil shahar)da o‘tkazilgan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida uchta jamoa futbol o‘ynagan. Turnirda Kanadaning „Galt“ (Kanadaning Galt shahrida joylashgan futbol klubi) klubi va Amerikaning ikki jamoasi ishtirok etgan: Sent-Rouz Paris va Christian Brothers College High School jamoalari. Kanadaliklar Amerikaning ikkala jamoasini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan, AQShning ikki jamoasi esa olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Hozirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bu ikkala musobaqani ham rasmiy Olimpiyada o‘yinlarining dasturiy qismi deb hisoblaydi, FIFA va IFFHS esa ularni ko‘rgazmali musobaqalar deb tasniflaydi va statistikaga kiritmaydi.

1904-yilga kelib, Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topgan va keyingi 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab bu tashkilot Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqalarini boshqarib borgan. O‘shandan beri futbol turnirida har bir mamlakatdan faqatgina bitta terma jamoalar ishtirok etgan (1908-yilgi o‘yinlarda Fransiyadan ikkita jamoaning ishtiroki bundan mustasno). Shuningdek, „Olimpiya tizimi“ bitta nokautli oʻyindan iborat boʻlgan musobaqa formati sifatida joriy etilgan va turnirda faqat havaskor futbolchilar ishtirok etishiga qaror qilingan.

1930-yil birinchi jahon chempionati oʻtkazilgunga qadar futbol boʻyicha Olimpiya turniri ushbu sport turidagi muhim xalqaro musobaqa hisoblangan. Ammo unda professional futbolchilarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli bu maqom jahon chempionatiga oʻtkazilgan. FIFA 1924- va 1928-yillardagi Olimpiya turnirlarini rasman „havaskorlar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati“, yaʼni zamonaviy jahon chempionatining bevosita salaflari sifatida tan olgan[1].

1960-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab musobaqa formati o‘zgargan va ishtirokchilar soni cheklangan. Shu paytdan boshlab 16 ta jamoa to‘rtta jamoadan to‘rtta guruhga bo‘lingan va o‘z guruhlaridagilar bilan o‘ynagan. Guruhlardagi yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar pley-offga yo‘llanma olgan.

1984-yilga kelib cheklangan hududlar bo‘yicha professional oʻyinchilarga Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Jumladan, Osiyo, Afrika, KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) hududi va Okean orti davlatlari ushbu ro‘yhatdan o‘rin olgan. Taqiq 1992-yilda butunlay olib tashlangan va shu bilan birga, futbolchilar uchun qisman yosh chegarasi joriy qilingan. Ular 23 yoshdan oshmasligi belgilangan.

1996-yildan boshlab esa har bir jamoada turli yoshdagi uchta futbolchi o‘ynashiga ruhsat etilgan, ammo qolgan o‘yinchlar 23 yosh katta bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.

Musobaqa g‘oliblari tahrir

Erkaklar tahrir

Yil O‘tkazilgan joyi Final 3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘yin Hisob 2-o‘yin 3-o‘yin Hisob 4-o‘yin
19001   Fransiya Parij   GBR 4:0   Fransiya   Belgiya
19041   AQSh Sent-Luis   Kanada   AQSh   AQSh
1908   GBR London   GBR 2 : 0   Daniya   Niderlandiya 2 : 0   Shvetsiya
1912   Shvetsiya Stokgolm   GBR 4 : 2   Daniya   Niderlandiya 9 : 0   Finlandiya
1920   Belgiya Аntverpen   Belgiya 2   Ispaniya   Niderlandiya   Italiya
1924   Fransiya Parij   Urugvay 3 : 0    SUI   Shvetsiya 1 : 1
takroriy
3 : 1
  Niderlandiya
1928   Niderlandiya Аmsterdam   Urugvay 1 : 1
takrorlash
2 : 1
  Argentina   Italiya 11 : 3   Misr
1936   Berlin   Italiya 2 : 1
qo‘sh. vaqt
  Avstriya   Norvegiya 3 : 2   Polsha
1948   GBR London   Shvetsiya 3 : 1   YUG   Daniya 5 : 3   GBR
1952   Xelsink   Vengriya 2 : 0   YUG   Shvetsiya 2 : 0   Germaniya
1956   Melburun   SSSR 1 : 0   YUG   Bolgariya 3 : 0   IND
1960   Italiya Rim   YUG 3 : 1   Daniya   Vengriya 2 : 1   Italiya
1964   Tokio   Vengriya 2 : 1
  Chexoslovakiya   Birlashgan Germaniya jamoasi 3 : 1   Misr
1968   Mexiko   Vengriya 4 : 1   Bolgariya   Yaponiya 2 : 0   Meksika
1972   Myunxen   Polsha 2 : 1   Vengriya   GDR i   SSSR
2 : 23
1976   Monreal   GDR 3 : 1   Polsha   SSSR 2 : 0   Braziliya
1980   Moskvo   Chexoslovakiya 1 : 0   GDR   SSSR 2 : 0   YUG
1984   Los-Anjeles   Fransiya 2 : 0   Braziliya   YUG 2 : 1   Italiya
1988   Seul   SSSR 2 : 1
qo‘sh. vaqt
  Braziliya   Germaniya 3 : 0   Italiya
1992   Barselona   Ispaniya 3 : 2   Polsha   Gana 1 : 0   Avstraliya
1996   Atlanta   Nigeriya 3 : 2   Argentina   Braziliya 5 : 0   Portugaliya
2000   Sidney   Kamerun 2 : 2
penal. bo‘yicha
5 : 3
  Ispaniya   Chili 2 : 0   AQSh
2004   Afina   Argentina 1 : 0   Paragvay   Italiya 1 : 0   Iroq
2008   Xitoy   Argentina 1 : 0   Nigeriya   Braziliya 3 : 0   Belgiya
2012   London   Meksika 2 : 1   Braziliya   Janubiy Koreya 2 : 0   Yaponiya
2016   Rio-de-Janeyro   Braziliya 1 : 1
pen.bo‘yicha
5 : 4
  Germaniya   Nigeriya 3 : 2   Honduras
2020   Tokio   Braziliya 2 : 1
qo‘sh.vaqt
  Ispaniya   Meksika 3 : 1   Yaponiya

1. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan rasmiy deb tan olingan turnirlar; FIFA ularni koʻrgazma deb biladi, chunki ular tashkil etilishidan oldin o‘tkazilgan. 2. Final uchrashuvining birinchi bo‘limida (Belgiya — Chexoslovakiya) 2:0 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan chexoslovakiyalik futbolchilar hakamlikdan norozi bo‘lib, maydonni tark etishgan va buning uchun diskvalifikasiya qilingan. Ikkita g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha turnir o‘tkazilib, final o‘yinida Ispaniya terma jamoasi Gollandiya termasini mag‘lub etgan (3:1) va ikkinchi o‘rinni egallagan. Gollandiya 3-o‘rinda qolgan. 3. Tashkiliy qo‘mita qarori bilan bronza uchun bahsda maydonga tushgan jamoalar qo‘shimcha o‘yindan ozod etilgan va har ikkisi ham bronza medallari bilan taqdirlangan.

Ayollar tahrir

Yil O‘tkazilgan joyi Final 3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘rin Hisob 2-o‘rin 3-o‘rin Hisob 4-o‘rin
1996-yil
Ko‘rib chiqish
  Atlanta   AQSh 2 : 1   Xitoy   Norvegiya 2 : 0   Braziliya
2000-yil
Ko‘rib chiqish
  Sidney   Norvegiya 3 : 2
qo‘sh. vaqt
  AQSh   Germaniya 2 : 0   Braziliya
2004-yil
Ko‘rib chiqish
  Afina   AQSh 2 : 1
qo‘sh. vaqt
  Braziliya   Germaniya 1 : 0   Shvetsiya
2008-yil
Ko‘rib chiqish
  Xitoy   AQSh 1 : 0
qo‘sh. vaqt
  Braziliya   Germaniya 2 : 0   Yaponiya
2012-yil
Ko‘rib chiqish
  London   AQSh 2 : 1   Yaponiya   Kanada 1 : 0   Fransiya
2016-yil
Ko‘rib chiqish
  Rio-de-Janeyro   Germaniya 2 : 1   Shvetsiya   Kanada 2 : 1   Braziliya
2020-yil
Ko‘rib chiqish
  Tokio   Kanada 1 : 1
pen, bo‘yicha. 3 : 2
  Shvetsiya   AQSh 4 : 3   Avstraliya

Medallar reytingi tahrir

Umumiy reyting tahrir

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1   AQSh 4 2 2 8
2   Vengriya 3 1 1 5
3   GBR 3 0 0 3
4   Braziliya 2 5 2 9
5   Argentina 2 2 0 4
6   SSSR 2 0 3 5
7   Kanada 2 0 2 4
8   Urugvay 2 0 0 2
9   YUG 1 3 1 5
10   Ispaniya 1 3 0 4
11   Shvetsiya 1 2 2 5
12   Polsha 1 2 0 3
13   Germaniya 1 1 3 5
14   GDR 1 1 1 3
  Nigeriya 1 1 1 3
16   Chexoslovakiya 1 1 0 2
  Fransiya 1 1 0 2
18   Italiya 1 0 2 3
  Norvegiya 1 0 2 3
20   Belgiya 1 0 1 2
  Meksika 1 0 1 2
22   Kamerun 1 0 0 1
23   Daniya 0 3 1 4
24   Bolgariya 0 1 1 2
  Yaponiya 0 1 1 2
26    SUI 0 1 0 1
  Avstriya 0 1 0 1
  Xitoy 0 1 0 1
  Paragvay 0 1 0 1
30   Niderlandiya 0 0 3 3
31   Gana 0 0 1 1
  Chili 0 0 1 1
  Germaniya birlashgan jamoasi 0 0 1 1
  Germaniya 0 0 1 1
  Janubiy Koreya 0 0 1 1
Jami 32 32 33 97

Erkaklar tahrir

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1   Vengriya 3 1 1 5
2   GBR 3 0 0 3
3   Braziliya 2 3 2 7
4   Argentina 2 2 0 4
5   SSSR 2 0 3 5
6   Urugvay 2 0 0 2
7   YUG 1 3 1 5
8   Ispaniya 1 3 0 4
9   Polsha 1 2 0 3
10   GDR 1 1 1 3
  Nigeriya 1 1 1 3
12   Chexoslovakiya 1 1 0 2
  Fransiya 1 1 0 2
14   Shvetsiya 1 0 2 3
  Italiya 1 0 2 3
16   Belgiya 1 0 1 2
  Meksika 1 0 1 2
18   Kanada 1 0 0 1
  Kamerun 1 0 0 1
20   Daniya 0 3 1 4
21   AQSh 0 1 1 2
  Bolgariya 0 1 1 2
23    SUI 0 1 0 1
  Avstriya 0 1 0 1
  Germaniya 0 1 0 1
  Paragvay 0 1 0 1
27   Niderlandiya 0 0 3 3
28   Norvegiya 0 0 1 1
  Yaponiya 0 0 1 1
  Gana 0 0 1 1
  Chili 0 0 1 1
  Germaniya birlashgan jamoasi 0 0 1 1
  Germaniya 0 0 1 1
  Janubiy Koreya 0 0 1 1
Jami 26 26 27 79

Ayollar tahrir

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1   AQSh 4 1 1 6
2   Germaniya 1 0 3 4
3   Kanada 1 0 2 3
4   Norvegiya 1 0 1 2
5   Braziliya 0 2 0 2
6   Xitoy 0 1 0 1
  Yaponiya 0 1 0 1
  Shvetsiya 0 2 0 2
Jami 7 7 7 21

Gol mualliflari tahrir

Erkaklar tahrir

O‘rin O‘yinchi Mamlakat Gollar Turnirlar
1. Antal Dunai   Vengriya 13 1968 (6), 1972 (7)
1. Sofus Nilsen   Daniya 13 1908 (11), 1912 (2)
3. Ferens Bene   Vengriya 12 1964 (12)
4. Domingo Taraskoni   Argentina 11 1928 (11)
Pedro Petrone   Urugvay 11 1924 (7), 1928 (4)
6. Kazimej Deyna   Polsha 10 1972 (9), 1976 (1)
Gotfrid Fuks   Germaniya 10 1912 (10)
8. Garold Uolden   Buyuk Britaniya 9 1912 (9)
Vilgelm Volfhagen   Daniya 9 1908 (8), 1912 (1)
10. Ektor Skarone   Urugvay 8 1924 (5), 1928 (3)

Ayollar tahrir

O‘rin O‘yinchilar Mamlakat Gollar Turnirlar
1. Kristina   Braziliya 14 2004 (5), 2008 (5), 2012 (2), 2016 (2)
1. Birgit Prins   GBR Germaniya 10 1996 (1), 2000 (3), 2004 (5), 2008 (1)
3. Pretinya   Braziliya 8 1996 (4), 2000 (1), 2004 (3)
4. Marta   Braziliya 6 2004 (3), 2008 (3)
5. Tiffeni Milbrett   AQSh 5 1996 (2), 2000 (3)
5. Sun Ven   Xitoy 5 1996 (1), 2000 (4)
5. Mia Hemm   AQSh 5 1996 (1), 2000 (2), 2004 (2)

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

Мохов Ю. Ф.. Футбол на Олимпиадах. Минск: Полымя, 1980.