Leonardo Koutris (grekcha: Λεονάρντο Κούτρης); 1995-yil 23-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Superliganing „Olympiacos“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Leonardo Koutris
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leonardo Pablo Koutris
Tavallud sanasi 23-iyul 1995-yil (1995-07-23) (28 yosh)
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olympiacos
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2011 Niki Rodos
2011-2013 Ergotelis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2016 Ergotelis 31 (0)
2016-2017 PAS Giannina 29 (0)
2017- Olympiacos 44 (1)
2020Mallorca (ijara) 2 (0)
2020-2022Fortuna Düsseldorf (ijara) 27 (0)
Milliy terma jamoa
2013-2014 Gretsiya U19 3 (0)
2015-2017 Gretsiya U21 2 (0)
2018- Gretsiya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ergotelis tahrir

Braziliyaning Ribeirão Preto shahrida tugʻilgan Koutris oʻz faoliyatini Niki Rodos shahrining mahalliy havaskorlar jamoasida boshlagan[1]. 2013-yilning 28-yanvarida Super League klubi Ergotelis bilan professional shartnomasi imzoladi[2] va 2013-yilning 1-dekabrida Gretsiya chempioni „Olympiacos“ ga qarshi o‘yinda zaxira o‘yinchisi sifatida debyut qildi[3].

PAS Giannina tahrir

Erkin agent sifatida Koutris 2016-yilning 26-yanvarida Gretsiya Superligasi klubi PAS Gannina bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. 2016-yilning 21-iyulida, 2016—2017-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichida Norvegiyaning „Odd“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va qo‘shimcha daqiqalarda gol urdi[5].

2017-yilning 28-aprelida chempion „Olympiacos“ bilan shartnoma imzoladi va sobiq jamoasi taxminan 600 000 yevro ishlab oldi[6].

Olympiacos tahrir

2017-yilning 25-iyulida Koutris klubdagi debyutini „Partizan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazdi. Klubning barcha xalqaro oʻyinlarini oʻtkazdi va „Olympiacos“ bir yildan soʻng UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi[7]. 2017-yil 9-sentabr kuni klub bilan Superligada debyutini safarda „Ksanti“ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazdi. 2017-yilning 18-noyabrida klub bilandagi birinchi golini urdi, Superliga doirasidagi „Levadiakos“ga qarshi kechgan bahs 2:1 hisobida yakunlandi[8].

Mallorcaga ijara tahrir

2020-yil 29 yanvarda Koutris „Olympiacos“ dan La Liganing „Mallorka“ klubiga olti oylik ijara shartnoma asosida oʻtdi[9]. 2020-yil 15-fevralda Deportivo Alavesga qarshi oʻyinninng birinchi boʻlimda Lumor Agbenyenu oʻrniga maydonga tushi debyutini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-fevralida „Real Betis“ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, olti oy maydonga tushmasligi maʼlum bo‘ldi[10][11].

Fortuna Düsseldorfga ijara tahrir

2020-yil 2-oktyabrda 2. Bundesliga klubi Fortuna Düsseldorf 25 yoshli chap qanot himoyachisini "Olympiacos" dan 3 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qildi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

2018-yil 9-noyabr kuni Gretsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Angelos Anastasiadis chap qanot himoyachisi Koutrisni UEFA Millatlar ligasi doirasida Finlandiya va Estoniyaga qarshi o‘yinga chaqirdi[13]. 2018-yilning 15-noyabrida Finlandiyaga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qildi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Koutris ham Gretsiya, ham Braziliya fuqaroligiga ega, otasi yunon va onasi braziliyalik[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

21-avgust, 2022-yil holatiga koʻra[15][16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Ergotelis 2012—2013 Futbol Ligasi 2 0 0 0 2 0
2013—2014 Gretsiya Superligasi 4 0 0 0 4 0
2014—2015 11 0 3 1 14 1
2015—2016 Gretsiya Superligasi 14 0 5 0 19 0
Jami 31 0 8 1 39 1
PAS Giannina 2015—2016 Gretsiya Superligasi 1 0 0 0 1 0
2016—2017 28 0 3 0 2 1 33 1
Jami 29 0 3 0 2 1 34 1
Olympiacos 2017—2018 Gretsiya Superligasi 20 1 3 0 9 0 32 1
2018—2019 17 0 4 0 3 0 24 0
2019—2020 6 0 2 0 1 0 9 0
2022—2023 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 44 1 9 0 13 0 66 1
Mallorca (ijara) 2019—2020 La Liga 2 0 0 0 2 0
Fortuna Düsseldorf (ijara) 2020—2021 2. Bundesliga 15 0 1 0 16 0
2021—2022 12 0 1 0 13 0
Jami 27 0 2 0 0 0 29 0
Jami faoliyati 133 1 22 1 15 1 170 3

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Individual tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Ταλεντάρες από Λάρισα και Ρόδο στον Εργοτέλη! (Greek)“. athleticradio.gr (2011-yil 7-iyun).
  2. „ΕΠΑΓΓΕΛΜΑΤΙΕΣ ΟΙ ΜΠΟΥΡΣΕΛΗΣ, ΑΛΑ ΚΑΙ ΛΕΟΝΑΡΝΤΟ (Greek)“. Ergotelis F.C. (2013-yil 28-yanvar).
  3. „ΟΛΥΜΠΙΑΚΟΣ - ΕΡΓΟΤΕΛΗΣ 3-0 (Greek)“. Ergotelis F.C. (2013-yil 28-yanvar).
  4. „Ανακοίνωσε Κούτρη ο ΠΑΣ Γιάννινα (Greek)“. sport24.gr (2016-yil 26-yanvar).
  5. „Προκρίθηκε ο ΠΑΣ Γιάννινα, ηττήθηκε 3-1 από την Οντ (Greek)“. sport24.gr (2016-yil 21-iyul).
  6. „Επιστρέφει στον Ολυμπιακό ο Λαΐφης, υπέγραψε ο Κούτρης“. www.sport-fm.gr (2017-yil 28-aprel).
  7. „Leonardo Koutris“. www.uefa.com.
  8. „Με την ψυχή στο στόμα ο Ολυμπιακός, 2-1 τον Λεβαδειακό στο Φάληρο“. www.sport24.gr (2017-yil 18-noyabr).
  9. „Επίσημο: Στην Μαγιόρκα ο Κούτρης“. www.sport24.gr (2020-yil 29-yanvar).
  10. „Κούτρης: Πολύ σοβαρός ο τραυματισμός του – Τουλάχιστον έξι μήνες εκτός“. www.sportime.gr (2020-yil 21-fevral).
  11. „Parte médico de Leonardo Koutris“. www.rcdmallorca.es (2020-yil 21-fevral).
  12. „Ολυμπιακός: Η Φορτούνα Ντίσελντοφ ανακοίνωσε τον Κούτρη“. www.sport24.gr (2020-yil 2-oktyabr).
  13. „Εθνική Ελλάδας: Οι πρώτες κλήσεις του Άγγελου Αναστασιάδη“ (el) (2018-yil 10-noyabr).
  14. „Το νέο… αίμα του Εργοτέλη (Greek)“. neakriti.gr (2012-yil 11-may).
  15. „Leonardo Koutris“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  16. „Leonardo Koutris“. superleaguegreece.net. Qaraldi: 2017-yil 20-avgust.
  17. IEFIMERIDA.GR. „Βραβεία ΠΣΑΠ: Μάνταλος-Ιβιτς οι κορυφαίοι της χρονιάς 2016/17 [εικόνες | ΣΠΟΡ“] (el). iefimerida.gr (2018-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.