Leroy Sané
Leroy Aziz Sané (1996-yil, 11-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Germaniya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Leroy Aziz Sané[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-yanvar 1996-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Essen, Germany | ||
Boʻyi | 1.83 m[2] | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayern Munich | ||
Raqami | 10 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014-2016 | Schalke 04 | 47 | (11) |
2016-2020 | Manchester City | 90 | (25) |
2020- | Bayern Munich | 64 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2014-2015 | Germany U19 | 11 | (5) |
2015-2016 | Germany U21 | 10 | (5) |
2015- | Germany | 45 | (11) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) |
Sane 2014-yilda "Shalke 04" safida professional debyut qilgan va 2016-yilda 37 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transfer qilinadi. U 2017-18- yillarda PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi va „Manchester Siti“ga Premer-liga va EFL kubogini yutishda yordam berdi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.
Sane 2015-yilning noyabr oyida Germaniya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi va terma jamoa bilan UEFA Evro-2016 yarim finaliga chiqdi.
Yoshlik
tahrirSane 1996-yil, 11-yanvarda Germaniyaning Essen shahrida tugʻilgan va Lohrheidestadion, Wattenscheid yaqinida oʻsgan[3], U sobiq germaniyalik badiiy gimnastikachi, 1984-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori Regina Veber hamda sobiq futbolchi, senegallik Souleymane Sanening oʻgʻli[4][5]. U otasining sobiq bosh murabbiyi Klod Le Roy sharafiga unga Leroy ismini qoʻyishadi[6][7][8]. Otasi SG Wattenscheid 09 jamoasi uchun oʻynaydi. Souleymane Sane Fransiyada oʻsgan; Fransiya armiyasidagi xizmati orqali Germaniyaga koʻchib oʻtadi. Sanening ikki ukasi Kim va Sidi Germaniyaning yirik futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynashgan.
Faoliyatini boshlanishi
tahrirSane 2001-yilda SG Wattenscheid 09 yoshlar jamoasida futbol oʻynashni boshlagan. 2005-yilda u „Shalke 04“ga oʻtadi. Uch yil oʻtgach u 2011-yilda „Shalke“ yoshlar akademiyasiga (Nachwuchsleistungszentrum) qaytishdan oldin Leverkuzenning „Bayer“ klubiga qoʻshiladi.
2014-yilning 21-martida Sané „Shalke“ bilan 2017-yilning 30-iyuniga qadar uch yillik professional shartnoma imzoladi[9]. U Bundesligadagi debyutini 2014-yilning 20-aprelida VfB Shtutgartga qarshi oʻtkazdi[10]. U mavsumdagi ilk golini uy uchrashuvida FC Kyoln jamoasiga qarshi oʻyinda urdi[11]. 2015-yilning 11-martida „Shalke“ UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinida "Real Madrid" ustidan javob uchrashuvida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, umumiy 5:4 hisobi qayt etildi Sanéning jamoasi musobaqadan chiqib ketdi[12][13].
Manchester Siti
tahrir2016-17: debyut mavsumi
tahrir2016-yil 2-avgustda Sane Premer-liganing „Manchester Siti“ klubiga 37 funt sterling evaziga transfer qilindi va besh yillik shartnoma imzoladi. Bonuslar bilan transfer toʻlovi 46,5 funt sterlingni tashkil qildi[14][15]. U 10-sentabr kuni "Manchester Yunayted "ga qarshi Manchester derbisida g‘alaba qozongan holda debyut qildi.[16] Uning „Siti“ safidagi ilk goli 18-dekabr kuni APL doirasida "Arsenal" ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi[17]. Jarohati tufayli safdan chiqqan Sane „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda jarohatidan tikklanib maydonga qaytdi va 2017-yilning 21-yanvarida "Etihad Stadium" da bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urdi[18].
Milliy terma jamoa safida
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Germaniya | 2015-yil | 1 | 0 |
2016-yil | 3 | 0 | |
2017-yil | 5 | 0 | |
2018-yil | 8 | 2 | |
2019-yil | 4 | 3 | |
2020-yil | 4 | 1 | |
2021-yil | 15 | 5 | |
2022-yil | 5 | 0 | |
Jami | 45 | 11 |
Yutuqlar
tahrirManchester Siti
- Premer-liga: 2017-18, 2018-19 [19]
- Angliya kubogi: 2018-19 [20]
- EFL kubogi: 2017-18[21], 2018-19 [22]
- FA hamjamiyat qalqoni: 2018 [23], 2019 [24]
"Bavariya"
- Bundesliga: 2020-21[25], 2021-22
- DFL-Superkubogi: 2021 [26]
- UEFA Superkubogi: 2020 [27]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2020 [28]
Germaniya
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017 [29]
Shaxsiy sovrinlar
- PFA Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017-18 [30]
- Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2017 yil oktyabr [31]
- VDV mavsumning yangi futbolchisi: 2014-15
- UEFA Chempionlar Ligasi Fantastik futbol boʻyicha mavsumning eng yaxshi jamoasi: 2021-22 [32]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „FIFA Confederations Cup Russia 2017: List of players: Germany“. FIFA (2018-yil 20-mart). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Leroy Sané“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
- ↑ Philipp Rentsch. „Leroy Sane: Nicht einfach zwischen den Welten zu switchen“ (de). westline. westline GbR: Aschendorff Medien GmbH & Co. KG und WestOnline GmbH & Co. KG in Gesellschaft bürgerlichen Rechts (2015-yil 26-may). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Sane commits to Schalke“. FC Schalke 04 (2014-yil 21-mart). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-avgust.
- ↑ Zocher, Thomas. „Schalke reward academy star Leroy Sane with two-year deal“. Sky Sports (2014-yil 25-mart). Qaraldi: 2014-yil 26-aprel.
- ↑ Hugues Sionis. „Allemagne : Leroy Sané (Schalke 04) aurait-il pu jouer pour l'équipe de France ?“ (fr). L'Équipe (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 12-noyabr.
- ↑ „5 things you need to know about Manchester City target Leroy Sane“. aol.co.uk (2016-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ Fabian Kunze. „Senkrechtstarter Leroy Sané: Eine Chance in der deutschen Nationalmannschaft“ (de). Eurosport (2015-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
- ↑ „Sane commits to Schalke“. FC Schalke 04 (2014-yil 21-mart). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-avgust.
- ↑ „Stuttgart vs. Schalke 04 3 – 1“. Soccerway (2014-yil 20-aprel). Qaraldi: 2015-yil 5-avgust.
- ↑ „Ten things about Leroy Sané“. Bundesliga. 2018-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
- ↑ „Real Madrid made to sweat by never-say-die Schalke but shock averted“. The Guardian. Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
- ↑ „Real Madrid 3–4 Schalke (5–4 agg)“. BBC Sport. Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
- ↑ „Leroy Sane: Germany midfielder joins Man City in £37m deal“. BBC Sport (2016-yil 2-avgust). Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
- ↑ „Manchester City complete signing of Leroy Sane from Schalke“. ESPN FC (2016-yil 2-avgust). Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
- ↑ „Manchester City's derby delight as De Bruyne inspires win over United“. The Guardian. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Manchester City 2–1 Arsenal“. BBC Sport (2016-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-yanvar.
- ↑ „Manchester City 2–2 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2017-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 28-yanvar.
- ↑ „Leroy Sané: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
- ↑ McNulty, Phil. „Manchester City 6–0 Watford“. BBC Sport (2019-yil 18-may). Qaraldi: 2019-yil 18-may.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 0–3 Manchester City“. BBC Sport (2018-yil 25-fevral). Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Manchester City“. BBC Sport (2019-yil 24-fevral). Qaraldi: 2019-yil 24-fevral.
- ↑ Bevan, Chris. „Chelsea 0–2 Manchester City“. BBC Sport (2018-yil 5-avgust). Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
- ↑ Begley, Emlyn. „Liverpool 1–1 Manchester City“. BBC Sport (2019-yil 4-avgust). Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
- ↑ „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. Bundesliga (2021-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Robert Lewandowski double as Bayern Munich overcome Borussia Dortmund to win the Supercup“. Bundesliga Official. Bundesliga. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
- ↑ „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „PFA Player of the Year 2017–18: Liverpool's Mohamed Salah wins top award“. BBC Sport (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
- ↑ „Leroy Sané: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
- ↑ „UEFA Champions League Fantasy Football Team of the Season“. UEFA (2022-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 1-iyun.