Leyla Belyalova

Oʻzbek olimi va ekologi

Leyla Belyalova – oʻzbek akademigi va ekologi. Oʻzbekiston ekotizimlarini targʻib qilish va himoya qilish borasidagi uchun BBC tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayollari roʻyxatidan joy olgan[1].

Leyla Belyalova
Tavalludi 1957
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Unvoni Biologiya fanlari nomzodi
Mukofotlari Nufuzli 100 ayollar (2018)

Karyerasi tahrir

Leyla Belyalova hozirda Samarqand davlat universitetining ekologiya kafedrasi dotsenti hamda Gʻarbiy Tyan Shan tizmasi ornitologik bioxilma-xilligini saqlash boʻyicha qator xalqaro loyihalar koordinatori lavozimida ishlab kelmoqda. Belyalovaning eng muhim ilmiy ishlariga misol qilib, Kattaqoʻrgʻon suv ombori hamda Zarafshon davlat qoʻriqxonasida oʻrganish ishlarini olib borgan. Shuningdek, u Gʻarbiy Pomir-Oloy togʻ tizmasida joylashgan Amanqutan dovoni atrofidagi oʻzbek flora va faunasini oʻrganib, jahon hamjamiyatiga taqdim etgan[2].

Oʻzbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati bilan ishlash orqali Belyalova qushlarning yashash joylari, ularning populyatsiyasi, oziqlanishi hamda shunga oid koʻplab maʼlumotlarni oʻrganib chiqdi[3] .

2018-yilda Belyalova „Oʻzbekiston yil ayoli“ tanlovining Respublika bosqichida birinchi oʻrinni egalladi[4][1][5]. 2017-yilda esa u „Birdlife International“ xalqaro ekologiya tashkiloti tomonidan „Tabiat qahramoni“ mukofoti bilan taqdirlangan. Leyla Belyalova „Jahon ekologik harakati“, „Migratsiyada ekologiya“ va „Sprig alva“ xalqaro dasturlar ishtirokchisi hisoblanadi[6]. BBC kompaniyasining mutaxassislari Leyla Belyalova haqida shunday fikr bildirishdi[7]:

Laylo O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o‘qituvchisi sifatida uni nufuzli ayollar roʻyxatiga kiritdik.

2023-yilda Ozarbayjonda tashkil qilingan „Harakatning 17 yuzi“ nomli fotokonferensiyada Leyla Belyalova nomi qayd etildi. Ushbu konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan oʻtkazilgan[8]. Nomi qayd etilgan shaxslar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaro Rivojlanish maqsadlari elchilari hisoblanishadi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „BBC 100 Women 2018: Who is on the list?“ (en-GB). BBC News (2018-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  2. „Uzbekistan: We're off to the mountains...we are expected! - Saving special places - Get involved - The RSPB Community“. community.rspb.org.uk. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  3. Langley, Nick „A Nature's Hero with a talent for building relationships“ (en-us). BirdLife (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  4. UzDaily „Awarding ceremony of "Woman of the Year-2018" takes place in Tashkent“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  5. „WEBSITE NEWS“. www.uzspb.uz. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  6. „According to the BBC, Samarkand State University is the leader in graduating 100 women laureates of the world...“. Samdu.uz. Qaraldi: 6-sentabr 2023-yil.
  7. „O‘zbekistonlik ayol BBC talqiniga ko‘ra dunyodagi 100 nafar eng nufuzli ayollardan biriga aylandi“. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.
  8. „17 лиц Узбекистана“. Qaraldi: 6-sentabr 2023-yil.