Zarafshon davlat qoʻriqxonasi
Zarafshon davlat qoʻriqxonasi — Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi) hududidagi qoʻriqxona. 1975-yildatashkil qilingan. Qoʻriqxona mayd. 2352 ga, shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan mayd. 868 ga. Samarqand sh.dan 5 km janubisharqda joylashgan. Qoʻriqxona hududi daryo sohili boʻylab eni 150 m dan 1400 m gacha boʻlgan 35 km masofaga choʻzilgan. Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat. Qoʻriqxona iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos. Havo harorati yozda +40° ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 100–400 mm. Oʻsimlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va oʻt toʻqayzorlardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 266, qushlarning 172, baliklarning 8 turi uchraydi. Qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib koʻpaytirish masalalari oʻrganilgan. 1996-yildan qoʻriqxonada Badaytoʻqay va Qizilqum qoʻriqxonalaridan keltirilgan 6 bosh buxoro bugʻusi (xongul)ni iqlimlashtirish boʻyicha ishlar olib boriladi. 1998-yilda ulardan birinchi nasl olindi va bu noyob hayvonni koʻpaytirish ishlari davom etmoqda. Boris Dyakin.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |