Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Livan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan va Livan Futbol Assotsiatsiyasi (LFA), Livandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, tomonidan nazorat qilinadi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Lekin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni, 2007 va 2019-yillarda esa shu turnirda uchinchi oʻrinni egalladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari
tahrirLivan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 2006-yilda Jazoir ayollar milliy futbol termasiga qarshi Arabiston ayollar chempionatida oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 12:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Biroq, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi AFC ayollar chempionatiga saralash oʻyini sakkiz yil oʻtib, 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yakunda Osiyo kubogi turniriga chiqa olmagan boʻlsa-da, 2013-yil 9-iyun kuni Quvayt ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 12-1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining bugungi kungacha eng yirik gʻalabasi hisoblanadi[1][2].
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ommaviy tilda „Lady Cedars“ (arabcha: صبايا الأرز) deb ataladi[3][4]. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamlari davlat milliy bayrogʻiga nisbta qilingan boʻlib, jamoaning uy liboslari asosan qizil, mehmondagi liboslari esa oq rangda boʻladi[5]. 2006-yildan beri Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon reytingidagi oʻrni nisbatan beqaror boʻlib, jamoaning eng yaxshi reytingi 2009-yilning dekabrida 92-oʻrinni, eng yomoni esa 2018-yilning sentyabrida 148-oʻrinni egallagani edi[6][7].
Wael Gharzeddine boshchiligidagi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yanvar oyida 2019-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz ishtirokini mezbon Bahrayn terma jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlish bilan boshladi[8]. Ikkinchi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi har bir boʻlimda kiritgan bittadan gol evaziga Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[9]. Keyin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Iordaniya terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlishdi[10] va Falastinni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruhda uchinchi oʻrinni egalladi[11].
Avgust oyida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Arabiston ayollar kubogida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Misr, Tunis va Sudan terma jamoalari bilan oʻynadi[12]. Tunis terma jamoasi bilan 0:0[13] hisobida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor durang oʻynadi[14]. Keyingi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Misr ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi[15]. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Sudan ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etdi va toʻrt ochko bilan oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi[16].
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashini 2021-yil oktabr oyida boshlagan va Myanma ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan[17]. Keyingi oʻyinlarda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba[18] va Guam ayollar terma jamoasiga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba ularning tarixda ilk bor Osiyo kubogi turniri yoʻllanmasi uchun yetarli boʻlmadi va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, musobaqadan chiqib ketdi[19].
2022-yilning avgust-sentyabr oylari orasida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Hagop Demirjian boshchiligida Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi[20]. Falastin ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriyaga qarshi soʻnggi oʻyinda 5:2 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mezbon Iordaniya ayollar terma jamoasiga 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta WAFF chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Livanlik Lili Iskandar turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[21].
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi
tahrirQuyida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
- Ushbu roʻyxatni tuzishda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[22].
Raqib terma jamoa | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | Gʻalaba koʻrsatkichi | Konfederatsiyasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jazoir | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 12 | −12 | 0.00 | CAF |
Armaniston | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 | 0.00 | UEFA |
Bahrayn | 2 | 0 | 0 | 2 | 3 | 6 | −3 | 0.00 | AFC |
Misr | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 9 | −8 | 0.00 | CAF |
Guam | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | +3 | 100.00 | AFC |
Gretsiya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 14 | −14 | 0.00 | UEFA |
Gonkong | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | −4 | 0.00 | AFC |
Eron | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 19 | −18 | 0.00 | AFC |
Iroq | 1 | 1 | 0 | 0 | 9 | 0 | +9 | 100.00 | AFC |
Iordaniya | 8 | 0 | 0 | 8 | 4 | 34 | −30 | 0.00 | AFC |
Kuvayt | 1 | 1 | 0 | 0 | 12 | 1 | +11 | 100.00 | AFC |
Latviya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 6 | −6 | 0.00 | UEFA |
Liviya | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 7 | −6 | 0.00 | UEFA |
Marokash | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 8 | −8 | 0.00 | CAF |
Myanma | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | −4 | 0.00 | AFC |
Falastin | 2 | 2 | 0 | 0 | 6 | 0 | +6 | 100.00 | AFC |
Tunis | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | +0 | 00.00 | CAF |
Suriya | 8 | 6 | 1 | 1 | 21 | 6 | +15 | 75.00 | AFC |
Sudan | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 1 | +4 | 100.00 | CAF |
Birlashgan Arab Amirliklari | 4 | 2 | 0 | 2 | 3 | 8 | −5 | 50.00 | AFC |
Oʻzbekiston | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | −4 | 0.00 | AFC |
Total | 43 | 14 | 2 | 27 | 69 | 145 | −76 | 32.56 | — |
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan barcha oʻyinlari
tahrir2006-yil
tahrir19-aprel, 2006 Arabiston ayollar chempionati | Livan | 0–12 | Jazoir | Aleksandriya, Misr |
23-aprel, 2006 Arabiston ayollar chempionati | Livan | 0–8 | Marokash | Aleksandriya, Misr |
2007-yil
tahrir30-mart, 2007 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Suriya | 2–0 | Livan | Damashq, Suriya |
1-aprel, 2007 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Suriya | 0–1 | Livan | Damashq, Suriya |
Report | El Ammouri |
2010-yil
tahrir19-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi | Misr | 5–1 | Livan | Manama, Bahrayn |
Stadion: Al Ahli stadioni |
21-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi | Iordaniya | 3–1 | Livan | Manama, Bahrayn |
Stadion: Al Ahli stadioni |
23-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi | Livan | 9–0 | Iroq | Riffa, Bahrayn |
Stadion: Bahrayn National stadioni |
2011-yil
tahrir15-sentabr, 2011 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Iordaniya | 10–1 | Livan | Amman, Iordaniya |
4-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati | Eron | 8–1 | Livan | Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari |
Report |
|
6-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati | Livan | 1–0 | Suriya | Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari |
|
Report |
8-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati | Birlashgan Arab Amirliklari | 5–0 | Livan | Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari |
Report |
2013-yil
tahrir7-iyun 2013-yil | Oʻzbekiston | 4–0 | Livan | Amman, Iordaniya |
|
2015-yil
tahrir13-mart, 2015 Afrodita kubogi | Latviya | 6–0 | Livan | Geroskipou, Kipr |
2017-yil
tahrir21-mart, 2017 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Livan | 4-0 | Suriya | Bayrut, Livan |
2018-yil
tahrir8-noyabr, 2018 | Eron | 8-0 | Livan | Chonburi, Tailand |
15:00 | Report | Stadion: IPE stadioni Tomoshabin: 30 Hakam: Asaka Matsushita (Yaponiya) |
11-noyabr, 2018 | Gonkong | 4-0 | Livan | Chonburi, Tailand |
15:00 |
|
Report | Stadion: IPE stadioni Tomoshabin: 104 Hakam: Công Thi Dựng (Vyetnam) |
2019-yil
tahrir7-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati | Bahrayn | 3–2 | Livan | Muharraq, Bahrayn |
19:00 | Report | Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni |
9-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati | Livan | 2–0 | Birlashgan Arab Amirliklari | Muharraq, Bahrayn |
19:00 | Report | Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni |
11-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati | Iordaniya | 3–1 | Livan | Muharraq, Bahrayn |
16:00 | Report |
|
Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni |
15-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati | Livan | 3–0 | Falastin | Muharraq, Bahrayn |
16:00 | Report | Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni |
2021-yil
tahrir8-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri | Armaniston | 2–0 | Livan | Yerevan, Armaniston |
Report | Stadion: Pyunik Training Centre |
10-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri | Litva | 7–1 | Livan | Yerevan, Armaniston |
|
Report |
|
Stadion: Pyunik Training Centre |
12-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri | Livan | 0–6 | Iordaniya | Charentsavan, Armaniston |
Report | Stadion: Charentsavan City stadioni |
24-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi | Tunis | 0-0 | Livan | Qohira, Misr |
21:00 UTC+2 | Report | Stadion: Police Academy stadioni Hakam: Bouchra Karboubi (Morocco) |
27-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi | Livan | 0-4 | Misr | Qohira, Misr |
21:00 UTC+2 | Report | Stadion: Police Academy stadioni Hakam: Lamia Athman (Jazoir) |
30-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi | Livan | 5-1 | Sudan | Qohira, Misr |
21:00 UTC+2 | Report | Stadion: Osman Ahmed Osman stadioni |
18-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi | Myanma | 4-0 | Livan | Bishkek, Qirgʻiziston |
12:00 UTC+6 |
|
Report | Stadion: Dolen Omurzakov stadioni Hakam: Wang Chieh (Xitoy Taypeyi) |
21-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi | Livan | 1-0 | Birlashgan Arab Amirliklari | Bishkek, Qirgʻiziston |
12:00 UTC+6 |
|
Report | Stadion: Dolen Omurzakov stadioni Tomoshabin: 0 Hakam: Park Se-jin |
24-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi | Guam | 0-3 | Livan | Bishkek, Qirgʻiziston |
17:00 UTC+6 | Report | Stadion: Dolen Omurzakov stadioni Tomoshabin: 0 Hakam: Wang Chieh (Xitoy Taypeyi) |
2022-yil
tahrir12-avgust, 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Livan | 1-1 | Suriya | Bhamdoun, Livan |
16:00 UTC+3 |
|
Report |
|
Stadion: Amin AbdelNour stadioni Hakam: Doumouh Al Bakkar (Livan) |
14-avgust, 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi | Livan | 2-1 | Suriya | Bhamdoun, Lebanon |
11:00 UTC+3 |
|
Report |
|
Stadion: Amin AbdelNour stadioni Hakam: Doumouh Al Bakkar (Livan) |
29-avgust, 2022 WAFF ayollar chempionati | Falastin | 0-3 | Livan | Amman, Iordaniya |
17:00 UTC+3 | Report | Stadion: Petra stadioni Hakam: Alesar Baddour (Suriya) |
1-sentabr, 2022 WAFF ayollar chempionati | Livan | 1-2 | Iordaniya | Amman, Iordaniya |
21:00 UTC+3 |
|
Report | Stadion: Petra stadioni |
29-avgust, 2022 WAFF ayollar chempionati | Falastin | 0-3 | Livan | Amman, Iordaniya |
17:00 UTC+3 | Report | Stadion: Petra stadioni Hakam: Alesar Baddour (Suriya) |
1-sentabr, 2022 WAFF ayollar chempionati | Livan | 1-2 | Iordaniya | Amman, Iordaniya |
21:00 UTC+3 |
|
Report | Stadion: Petra stadioni Tomoshabin: 498 Hakam: Muath Owfi (Falastin) |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „West Asia Womens Championship 2007“. Goalzz. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
- ↑ „Manba“ (arabcha). West Asian Football Federation (5-sentabr 2022-yil). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
- ↑ Saqr. „Manba“ (arabcha). Football Lebanon (24-oktabr 2018-yil). 2019-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
- ↑ „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Lebanon's women breaking new ground“. FIFA (2-iyun 2013-yil). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Arab Women's Football Cup – Egypt 2006“. Goalzz. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
- ↑ „Winning starts for Jordan, Bahrain in WAFF Women's Championship“. Asian Football Confederation (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Rampant Bahrain continue winning ways“. Asian Football Confederation (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Jordan stay perfect, Palestine, UAE remain winless“. Asian Football Confederation (12-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
- ↑ Reda. „Manba“ (arabcha). youm7.com (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
- ↑ „Manba“ (arabcha). ajwaapress.com (25-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
- ↑ „Lebanon National Team Results – Women Official (Total)“. FA Lebanon. Qaraldi: 4-aprel 2021-yil.
- ↑ Mahmoud. „Manba“. darelhilal.com (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
- ↑ „Manba“. UAFA (31-avgust 2021-yil). 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
- ↑ „Myanmar defeat Lebanon to take huge step towards India 2022“. Asian Football Confederation (18-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Lebanon defeat UAE to revive qualification hopes“. Asian Football Confederation (21-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Lebanon finish in style“. Asian Football Confederation (24-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Manba“ (arabcha). Lebanese Football Association (27-avgust 2022-yil). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
- ↑ „Manba“ (arabcha). West Asian Football Federation (5-sentabr 2022-yil). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
- ↑ „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Lebanon National Team Results – Women Official (Total)“. FA Lebanon. Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Livan natijalari va FA Livan taqvimi
- The Roon Bada Livan natijalari