Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi

Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب السودان لكرة القدم للسيدات) Sudan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda tashkil etilgan va Sudan davlatining futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Sudan Futbol Uyushmasi (SFA) tomonidan nazorat qilinadi.

Sudanning norasmiy ayollar futbol jamoasi, 2018-yil

Sudanda 2018-2019-yillardagi inqilobi jamoat tartibini cheklovchi sobiq qonunlarni bekor qilmaguncha, ayollarga futbol kabi sport turlari bilan shugʻullanishga rasman ruxsat berilmagan edi[1]. 2019-yil sentabr oyida Sudanning turli shaharlaridan 21 jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etildi[2]. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab Misr poytaxti Qohira shahrida Arab Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UAFA) tomonidan tashkil etiladigan 2021-yilgi arab ayollar kubogiga yo‘llanma olgan.

Tarixi tahrir

Tashkil etilishi tahrir

1946-yilda tashkil etilgan va 1948-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Sudan Futbol Assotsiatsiyasi[3] Afrika Futbol Konfederatsiyasining (CAF) asoschilaridan biri boʻlgan va hozirda ham Konfederatsiya aʼzosi boʻlishda davom etmoqda[4].

2011-yilda diniy fundamentalizm va globallashgan jamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga ko‘ra, baʼzi sudanlik ayollar ijtimoiy va huquqiy cheklovlarga qaramay, 2000-yillarning boshidanoq futbol o‘ynashni boshlagani norasmiy ayollar ligasi rivojlanishi uchun muhim qadam deb hisoblangan[5]. Ushbu norasmiy liga doirasida 2006-yilda Xartumda The Challenge deb nomlangan birinchi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan[6]. 2006-yilda The Challenge oʻzining birinchi raqobatbardosh oʻyinini oʻtkazgan. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasiga Sara Edward sardorlik qilgan va ular Sudan universitetining islomiy meʼyorlarga mos kiyim kiygan jamoasiga qarshi oʻynagan. Oʻyin sifati yuqori emas edi va oʻyin The Challenge jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[7][8].

FIFAning 2012-yilda ayollar terma jamoasini tuzish maqsadga muvofiqligi haqidagi savoliga javoban[9] Islom fiqhi kengashi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining tashkil etilishiga qarshi navbatdagi fatvo chiqardi va buni axloqsiz harakat deb baholadi[10]. Fatvoda futbol erkaklar sporti ekanligi va ayollar unda ishtirok etmasligi kerakligi, chunki u erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tafovutlarga qarshi eksnligini taʼkidlangan[11].

Jamoaning tan olinishi tahrir

2019-yilda yangi oʻtish davri hukumati ostida turli shaharlardan 21 ta jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etilgandan soʻng, Sudan Futbol Uyushmasi mahalliy va milliy ayollar jamoalarini tan oldi va qoʻllab-quvvatlay boshladi[12]. Lekin 2021-yil boshigacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olinmagan[3][13]. Biroq, oʻsha yilning avgustiga kelib, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan tan olindi va 2021-yilgi Arab ayollar kubogida ishtirok etishga taklif qilindi[14].

2019-yilda rasmiy tan olinganidan beri Sudan ayollar ligasiga ega boʻlish uchun Arab va Afrika mintaqalaridagi boshqa futbol birlashmalariga qoʻshildi. Arab futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UAFA) aʼzo boʻlganligi sababli Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro musobaqasi 2021-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Arab ayollar kubogida oʻynagan[15][16].

Ommabop ommaviy axborot vositalarida tahrir

Sudanlik kinorejissyor Marva Zeinning 2019-yilgi mukofotga sazovor bo‘lgan "Khartoum Offside" hujjatli filmi o‘sha davrdagi islomiy hukumat ostida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasini tashkil etgan ayollar haqida edi[17][18].

Murabbiylar shtabi tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi tahrir

Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy   Imed Hujli [19]
Yordamchi murabbiy   Salma Majdi
Darvozabonlar murabbiyi   Xolid Darvich
Jismoniy murabbiy   Sujud Hafed

Bosh murabbiylar tarixi tahrir

Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari tahrir

Hozirgi tarkib tahrir

Quyidagi futbolchilar 2022-yil fevral oyida Janubiy Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1DA Amina Omar Liwaa 0   Sudan Al Hilal Dalang
1DA Houda Ali 0   Sudan
2HM Bader Idin , RaghdaRaghda Bader Idin 0   Sudan
2HM Asmaa Abkar Abdallah 0   Sudan Al-Difaa
2HM Babker Babo Amer, RaniaRania Babker Babo Amer 28-oktyabr 1996-yil ( 1996-10-28) (27 yosh) 0   Sudan Al-Tahadi
2HM Saleh, NajlaaNajlaa Saleh 10-noyabr 1988-yil ( 1988-11-10) (35 yosh) 0   Sudan Al-Tahadi
2HM Kassam Hussein , SamiaSamia Kassam Hussein 11-dekabr 1995-yil ( 1995-12-11) (28 yosh) 0   Sudan Al-Tahadi
3YH Fadlallah , NidalNidal Fadlallah 10-noyabr 1987-yil ( 1987-11-10) (36 yosh) 0   Sudan Al-Tahadi
3YH Fatima Kidal (captain) 0   Sudan Al-Difaa
3YH Bkhaite Elias 0   Sudan Al-Difaa
3YH Zakaria Mostafi, HalaHala Zakaria Mostafi 31-iyul 1990-yil ( 1990-07-31) (33 yosh) 0   Sudan Al-Tahadi
4HJ Ibrahim Ahmed Ragab, RayanRayan Ibrahim Ahmed Ragab 1-yanvar 1993-yil ( 1993-01-01) (31 yosh) 1   Sudan Al-Tahadi
4HJ Rawan Samir 0
4HJ Faten Zaher 0   Sudan Alkournuk
Noura Mouhamed 0   Sudan
Islem Imad 0   Sudan
Ilmhem Baltoun 0   Sudan
Fatma Abed Kader 0   Sudan

Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari tahrir

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tahrir

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1991 yildan  2015-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2019 Kiritilmadi
  2023-yil
Jami 0/2 0 0 0 0 0 0 0

Olimpiada oʻyinlari tahrir

Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1996-yildan  2020 Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2024-yil
Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 0

Afrika ayollar millatlar kubogi tahrir

Afrika ayollar millatlar kubogida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yildan 2014-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2016-yildan  2018-yilgacha Kiritilmadi
2020-yil Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi
  2022-yil Chiqib ketdi
Jami 0/2 0 0 0 0 0 0 0

Afrika oʻyinlari tahrir

Afrika oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  2003-yildan  2019-yilgacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2023 yil Aniqlanmoqda
Jami 0/4 0 0 0 0 0 0

Arab ayollar kubogi tahrir

Arab ayollar kubogi rekordi
Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  2006-yil Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  2021-yil Guruh bosqichi 6 3 0 0 3 2 27 −25

Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi tahrir

Quyida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[20]
Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Konfederatsiyasi
  Jazoir 2 0 0 2 0 17 −17 CAF
  Janubiy Sudan 2 0 0 2 0 9 −9 CAF
  Tunis 1 0 0 1 1 12 −11 CAF
  Misr 1 0 0 1 0 10 −10 CAF
  Livan 1 0 1 0 1 5 −4 AFC

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Sudan's First Female Football Stars Push for Women's Rights“ (en). www.voanews.com (2019-yil 8-dekabr). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. „Women's soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“. Reuters (2019-yil 2-oktyabr). 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 FIFA (2006). Women's Football Today. p. 184. Archived from the original on 14 August 2012. https://web.archive.org/web/20120814213100/http://www.fifa.com/mm/document/afdeveloping/women/93/77/21/factsheets.pdf. Qaraldi: 17 April 2012. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
  4. Saavedra, Martha E. "Women's Football in the Horn of Africa". African Women's Football in the Global Sports Arena. Archived from the original on 22 February 2014. https://web.archive.org/web/20140222140343/http://www.nai.uu.se/ecas-4/panels/141-156/panel-152/Martha%20Saavedra%20-%20Abstract.pdf. Qaraldi: 21 April 2012. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
  5. Ulrika Mårtensson. Fundamentalism in the Modern World Vol 2: Fundamentalism and Communication: Culture, Media and the Public Sphere. I.B. Tauris, 19 July 2011 — 320–325 bet. ISBN 978-1-84885-331-7. 2012-yil 13-aprelda qaraldi. 
  6. Naib. „Tackling taboos: Women's football in Sudan“ (en). www.aljazeera.com (2015-yil 3-may). 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  7. „Sudanese women play first competitive soccer“. Sudan Tribune (2006-yil 24-fevral). 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  8. „Manba“ (ar). Sudaneseinphilly.com. 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  9. „Manba“ (ar) (2012-yil yanvar). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
  10. „Sudan's Islamic Fiqh Council bans formation of womens soccer team“. Sudan Tribune. 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  11. „Manba“ (ar). Meshkat.net (2012-yil 16-fevral). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  12. „Women's soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“. Reuters (2019-yil 2-oktyabr). 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr. „Womenʼs soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“.
  13. „Women's Ranking“ (en). origin1904-p.cxm.fifa.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust. [sayt ishlamaydi]
  14. „Arab Women's Cup 2021 set to kick off in Cairo“ (en). Arab News (2021-yil 24-avgust). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  15. „Sudan - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“.
  16. „Arab nations reap rewards of development of women’s game“ (en). www.fifa.com (2021-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-iyul. [sayt ishlamaydi]
  17. „Oufsaiyed Elkhortoum | Khartoum Offside“ (en). www.berlinale.de. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  18. „Review: Khartoum Offside“ (en). Cineuropa – the best of european cinema. 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  19. „منتخب السيدات يخسر أمام نظيره الجنوب سوداني بسداسية“. Red-castle.net (2022-yil 1-fevral). 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  20. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.

Havolalar tahrir