MacCoffee
MacCoffee – Singapurning Food Empire Holdings Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qahva brendi.
Tarmogʻi | Qahva (Kofe) |
---|---|
Egasi | Food Empire Holdings Ltd. |
Qachon asos solingan | 1982-yil Singapur |
Vebsayti | https://maccoffee.com/ |
Tarixi
tahrirMacCoffee brendi Future Enterprises Pte (2000-yilda Food Empire xoldingining bir qismi) tomonidan ishlab chiqarilgan, kompaniya 1982-yilda Singapurda Tan Vang Chou tomonidan IT kompaniyasi sifatida asos solingan[1]. MacCoffee qahva brendini yaratish gʻoyasi 1980-yillarning oxirida tadbirkorning Qozogʻistonga tashrifi paytida paydo boʻlgan. Tan Vang Chou Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoga shaxsiy kompyuterlar va tashqi qurilmalar yetkazib bergan va safarlaridan birida u bir necha paket 3 tasi 1 da eriydigan qahva olib kelgan. Janob Tanning soʻzlariga koʻra, u Qozogʻistonlik distribyutorlardan qahvani tatib koʻrishni soʻragan, shundan soʻng ular zudlik bilan 22 ta konteyner (TEU) uchun birinchi buyurtmasini bergan[2].
1994-yilda brend Rossiya va MDH mamlakatlari bozorlariga qahva aralashmasi mahsuloti sifatida kirib kelgan. 1995-yilda kompaniyaning vakolatxonalari Moskva va Qozogʻistonda ochilgan. 2006-yilda Yaxroma shahrida (Moskva viloyati) MacCoffee qahva ishlab chiqarish zavodi ochilgan, ushub zavod oyiga 100 million paketgacha eriydigan qahva ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan. 2010-yilda Qozogʻistonda WellDis distribyutorlik kompaniyasi tashkil etilgan[3][4][5].
2007-yilda kompaniya rebrendingni oʻtkazadi, buning natijasida yangi qadoqlash dizayni barcha brend mahsulotlari uchun yagona konsepsiyaga ega boʻla boshladi va logotipda „cC“ harflarining bir chashka bugʻlangan qahva koʻrinishidagi noyob kombinatsiyasi sifatida yangi lotopiga qoʻshildi. Bundan tashqari, qadoqdan burgut va AQSh bayrogʻi tasvirlari olib tashlangan[6].
Faoliyati
tahrirMacCoffee brendi 50 dan ortiq mamlakatlarda taqdim etilgan, dunyo boʻylab 24 ta vakolatxonasi va 9 ta zavodiga ega[7]. 2016-yilda MacCoffee Food Empirening asosiy bozorlarida (Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston) yetakchi tayyor qahva brendi sifatida tan olingan. Kompaniya tayyor qahva segmentida bozorning 50 foizini egallagan va Rossiya bozorining oʻzi 2016-yilda kompaniyaning umumiy daromadlarining deyarli yarmini tashkil etgan. TNS Central Asia tadqiqot kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2008-yilda MacCoffee Qozogʻistonda tayyor (eriydigan) qahvaning eng mashhur beshta brendlari qatoriga kirgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, aholining 79 foizi ushbu markadagi qahva haqida habardorlar va 55 foizdan ortigʻi uni sotib olib ichishadi[8].
Vyetnamda MacCoffee brendi jami tayyor qahva bozorining 7,7% ni tashkil qilgan[9]. Afrikada MacCoffee Nigeriya, Keniya, Kamerun va boshqa shu kabi mamlakatlarda sotila boshlangan. Dastlab, bu shaharlarda atigi 3 tasi 1da qahva turi taklif qilingan, ammo hozirda tayyor qahva „MacCoffee Classic“ bozorlarda 1,6 va 2 g paketlarda, shuningdek, 50, 100 va 200 grammlik bankalar koʻrinishida sotilib kelinadi. 2014-yilning birinchi yarmida kompaniyaning „boshqa bozorlar“ dagi daromadi, shu jumladan Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqda 32,5 foizga koʻtarilib, 15,1 million AQSh dollarini tashkil etgan[10].
2016-yil soʻngiga kelib, Food Empire Holdingning sof daromadi 13,8 million dollarni, kompaniya daromadi esa 242,2 million dollarni tashkil qilgan[11].
MacCoffee brendi bir qator xalqaro mukofotlar, jumladan Singapur brendi mukofoti, Rossiyadagi 1-raqamli brend, Yil tanlovi (Ukraina) va boshqa sovrinlarga ega. Kompaniya „Sotuv/aylanma“ toifasida Singapurdagi eng muvaffaqiyatli beshta kichik va oʻrta kompaniyalardan biri sifatida tan olingan[12].
Bundan tashqari, yillar davomida MacCoffee UEFA kubogi, futbol boʻyicha Jahon chempionati, figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionati va xokkey boʻyicha Jahon kubogi musobaqalariga rasmiy homiylik qilgan[13].
Turlari
tahrir3 tasi 1 da:
- MacCoffee The Original
- MacCoffee Strong
- MacCoffee Caramel
- MacCoffee Hazelnut
- MacCoffee Irish Cream
- MacCoffee Amaretto
- MacCoffee Colombian
- MacCoffee Mocha
- MacCoffee French Vanilla
- MacCoffee MAX Classic
- MacCoffee MAX Latte
- MacCoffee MAX Strong
- MacCoffee Gold Classic
- MacCoffee Gold Latte
- MacCoffee Cup
- MacCoffee XL
- MacCoffee Cappuccino Traditional
- MacCoffee Cappuccino Irish Cream
- MacCoffee Cappuccino Chocolate
- MacCoffee Cappuccino French Vanilla
- MacCoffee Wellness Ginseng
- MacCoffee Wellness Collagen
Sublimatsiyalangan:
- MacCoffee Gold
- MacCoffee Premium
- MacCoffee Arabica
Maydalangan:
- MacCoffee Favorite
Eriydigan
- MacCoffee Classic
- MacCoffee Original
- MacCoffee Gold
- MacCoffee Premium
- MacCoffee Gold Ground Coffee
- MacCoffee Gold Beans
Taʼbiy
- MacCoffee PURE Espresso Forte
- MacCoffee PURE Arabica Crema
Savdo belgisini himoya qilish
tahrir2002-yilda Latviyada McDonaldʻs Food Empire xoldingiga tegishli Future Enterprises Singapore (FES) tomonidan MacCoffee brendidan foydalanishning qonuniyligiga eʼtiroz bildirishga urindi. Biroq, Latviya patent idorasi va birinchi instantsiya sudi Amerika kompaniyasining daʼvolarini asossiz deb tan olgan. McDonald’s keyinchalik Singapur va Ukrainada boshqa kompaniyaning savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilishga uringan, ammo harakatlar muvaffaqiyatsiz boʻlgan[14].
2003-yilning yozida FES xuddi shunday MaxCoffee mahsulotini ishlab chiqaradigan Unipak-Servis Krasnoyarsk kompaniyasiga qarshi sudda gʻalaba qozongan. Moskva arbitraj sudi MaxCoffee brendi MacCoffee taqlidi ekanligini tan olgan va kompaniyaga mahsulotlarni sotishni taqiqlagan. Future Enterprises Singapore maʼlumotlariga koʻra, bu Rossiyada brend huquqlarini taqlid qilishdan himoya qilish boʻyicha gʻalaba qozongan birinchi sud ishi boʻlgan[15].
2016-yilda McDonald’s tovar nomi McCafe bilan oʻxshashligi sababli MacCoffee savdo belgisini Litva bozoridan chiqarib tashlashga harakat qilgan. Ish Singapur kompaniyasi foydasiga yakunlangan va Litvada MacCoffee ni roʻyxatga olish bekor qilinmagan[16].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/MacCoffee#cite_note-1
- ↑ http://www.straitstimes.com/business/companies-markets/staying-grounded-in-coffee-and-food-empire
- ↑ http://www.straitstimes.com/business/companies-markets/staying-grounded-in-coffee-and-food-empire
- ↑ https://vc.ru/p/ustudy-story[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.forbes.com/global/2008/0929/036.html
- ↑ https://web.archive.org/web/20181126013558/http://www.super-brands.ru/archdocs/Maccoffee.pdf
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/The_Straits_Times
- ↑ http://www.sostav.ru/news/2008/12/03/20issled/
- ↑ http://plo.vn/thi-truong-tieu-dung/maccoffee-ca-phe-pho-dat-gan-8-thi-phan-ca-phe-hoa-tan-viet-nam-628076.html
- ↑ https://www.nextinsight.net/story-archive-mainmenu-60/924-2014/8962-food-empire-selling-maccoffee-in-cameroon-myanmar-
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/The_Straits_Times
- ↑ http://maccoffee.foodempire.ru/mark.php?ELEMENT_ID=168
- ↑ http://maccoffee.foodempire.ru/mark.php?ELEMENT_ID=167
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/MacCoffee#cite_note-%D0%9A%D0%BE%D0%BC%D0%BC%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%B0%D0%BD%D1%821-12
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/MacCoffee#cite_note-13
- ↑ https://ru.wikipedia.org/wiki/MacCoffee#cite_note-16