Magʻoki Koʻrpa masjidi
39°46′24.5″N 64°25′06.4″E / 39.773472°N 64.418444°E
Masjid | |
Magʻoki Koʻrpa masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro shahri |
Manzil | Mehtar Anbar koʻchasi 55-uy |
Masjid turi | oddiy |
Meʼmoriy uslub | islom meʼmorchiligi |
Asoschi | Joʻybor shayxlari[1] |
Binokorlik | 1636—1637 |
Maqomi | Davlat muhofazasida |
Holati | foydalanilmaydi |
Magʻoki Koʻrpa masjidi Vikiomborda |
UNESCOning Butun jahon yodgorliklari, № 602 obyekti rus. • ing. • fr. |
Magʻoki Koʻrpa masjidi — 1636—1637-yillari Buxoro shahrining tarixiy markazida qurilgan[2], Toqi Telpakfurushon yonida, Mehtar Anbar koʻchasida joylashgan, Buxorodagi ikkita „yerosti“ (magʻoki) masjidlardan biri[3].
Tarixi
tahrirMagʻoki Koʻrpa masjidi 1636—1637-yillar oraligʻida qurilgan, ikki qavatli boʻlgan. Birinchi qavati chuqurlikda (magʻoki) joylashgan, balandligi 6 metr. Ushbu qavat qishda havosi moʻtadil boʻlgani sababli namoz ibodatini bajaradigan joy hisoblangan[4]. Hozirda bu qavat madaniy qatlam ostidadir. Ikkinchi qavat koʻrpa nomi esa masjid joylashgan mahalla nomidan, yaʼni koʻrpa tikuvchilar yashagan mahalla nomidan kelib chiqqan va bu qavat yozda namoz ibodatini bajaradigan joy boʻlgan. Masjidda ganchkorlik sanʼatining ajoyib namunlari uchraydi. Masjidga qarovsizlik[5] va zilzila tufayli zarar yetgan. Shuningdek, sovet davrida masjid kartoshka saqlanadigan omborga aylantirilgan[4]. 2018-yillari masjida qayta restavratsiya qilingan[4], bugungi kunda masjid binosida gilam ishlab chiqarish va sotish korxonasi faoliyat yuritmoqda[1].
Arxitekturasi
tahrirMasjid pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib[1], toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, sharqiy-gʻarbiy oʻq boʻylab choʻzilgan. Masjidning old tomoni sharqqa qaragan. Birinchi qavatdagi gumbazlar toʻrtburchak ustunlarga, ikkinchi qavatda toʻqqizta gumbaz esa toʻrtta sakkiz burchakli koʻndalang ustunlarga tayangan[3]. Bu toʻqqiz gumbazdan uchtasi stalaktit shaklida boʻlib, zalning oʻrtasi va mehrob tepasidagi stalaktitlarga muqaddas bitiklar tushirilgan, qolgan gumbazlar esa qalqonsimon yelkanlar koʻrinishida. Asosiy gumbaz juda baland va tor qilib qurilgan. Masjid dastlab jome masjid sifatida qurilgan, ammo qurilishi yakunlangandan soʻng kichik hajmda boʻlgani sababli mahalliy masjid sifatida foydalanilgan[3][1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Mechet Magoki Kurpa“ (rus tilida) (2018-yil 18-yanvar). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ Istam Ibrohimov. „Buxoroning tarixiy qiyofasi saqlab qolinadimi?“ (2021-yil 12-fevral). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Veronika Voronina. „Аrxitektura Sredney Аzii XVI-XVII vv.“ (rus tilida). Аrxitektura stran Sredizemnomorya, Аfriki i Аzii VI-XIX vv. Tom 8. 325—326-sahifalar. Moskva: Izdatelstvo Аkademii arxitekturi SSSR (1969). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Istam Ibrohimov. „Buxorodagi qadimiy Magʻoki koʻrpa masjidi nimasi bilan ajralib turadi?“ (30-oktyabr 2019-yil). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ Istam Ibrohimov. „Holi zabun zabonsiz obidalar. Kundan-kunga tutday toʻkilib bormoqda“ (2020-yil 5-fevral). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.