Mahmud Nasafiy (arabcha: محمود النسفي — Mahmud Nasafiy — Toʻliq ismi: Mahmud Nasafiy (XV asr oxiri XVI asr boshida yashagan)) — Hofiz, sozanda va bastakor.

Mahmud Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi hofiz,bastakor

Hayoti va faoliyati tahrir

Mahmud Nasafiyning yoshlik yillari Nasafda o‘tgan. So‘ngra Samarqand, Buxoro va Hirotda tahsil olgan. Isteʼdodli Hofiz, sozanda va bastakor bo‘lib yetishgan, she'rlar ham yozgan. U dastlab Temuriylar saroyidagi sanʼatkorlar guruhida xizmat qilgan. Ammo raqiblarining ig‘volari tufayli Samarqandni tark etib, Hirotga ketishga majbur bo‘lgan. O‘zining shirali ovozi, taʼsirli ijro uslubi bilan shuhrat qozongan. Mashhur shoirlar unga o‘z sheʼrlarini berib, musiqa yozish va kuylashni iltimos qilganlar. Atoqli hofiz Mahmud Nasafiy Hirotda bir necha yil yashaganidan keyin Buxoroga keladi va umrining oxirigacha shu shaharda qoladi. Bu yerda Najmiddin Kavkabiy Buxoriy bilan tanishib, undan musiqaning ilmiy va amaliy asoslarini o‘rganadi. Xoja Jaʼfar Qonuniy Samarqandiydan qonun asbobini chalish sirlarini o‘zlashtiradi. Shu tariqa davrining eng mashhur sanʼatkorlaridan biriga aylanadi. Ayniqsa, musiqaning murakkab shakli hisoblangan „Kulliyot“ ijrosida shuhrat topadi. Xalq orasida „Bulbul“ laqabini oladi. U „Isfahon“, „Husayniy“, „Iroq“ maqomlarida bir necha „Naqsh“, „Amal“ va „Savt“lar yaratgan.[1]

Asarlari tahrir

“Naqshi Mahmudiy”.

Manbalar tahrir

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 465.