Vasiliy Fyodorov yoki Manchaari (Basilay Manchaari, Vasiliy Fyodorovich Slobodchikov, saxa.: Манчаары Баһылай; 1805-yil —1870-yil 6-noyabr) — mahalliy feodallar zulmiga qarshi chiqqan yoqut milliy qahramoni, „olijanob qaroqchi“. Taniqli oqin va qoʻshiqchi, improvizatsiya ustasi. Manchaari obrazi rus, yoqut va sovet adabiyotida qayta-qayta yoritilgan.

Manchaari
Tavalludi
Vasiliy Fyodorovich Slobodchikov

1805
Dogdong naslegi, Megino-Kangalas ulusi
Vafoti 6-noyabr 1870-yil
Maljagar naslegi Nyurbin ulusi
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Kasbi oqin, olonxosut, qoʻzgʻolonchi
Turmush oʻrtogʻi Mototto
Bolalari Savva Yegorov (asrandi oʻgʻli)
Otasi Bitaani Fyodor Slobodchikov 
Onasi Feodosiya

Biografiyasi

tahrir

Vasiliy Fydorov Megino-Kangalas ulusining Dogdong naslegida tugʻilgan[1]. Yoshligida Fyedorovning boy qarindoshi V. Slobodchikov — Choocho (boshqa maʼlumotlarga koʻra Chocho[2]) uni kichik jinoyati uchun kamsitib jazolaydi. Fyodorov maydonda kaltaklanadi, bu yoqutlar orasida obroʻsidan mahrum qilinish bilan barobar boʻlgan, keyin esa qamoqqa va Oxotsk tuz zavodida ogʻir mehnatga joʻnatiladi. Manchaari Choochodan qasos olishga qaror qiladi. Manchaari haqidagi qoʻshiqlardan birida shunday deyilgan: „Boʻgʻimlarimizning shirasi, koʻz yoshlarimizni ichadi, shuning uchun ular semirib ketadi…“. 1830—1840-yillarda Manchaari ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kambagʻallarning norozliklariga, noʻyonlardan boyliklarini tortib olib, ularni kambagʻallarga tarqatishga boshchilik qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, oʻz safdoshlari bilan birgina 1833-yilning yozida 18 marta bosqin uyushtirgan. Oʻzi va sheriklari bir necha bor chor hokimiyati tomonidan qaroqchi deb ushlanadi, ammo Manchaari qamoqdan qochib ketadi. Manchaari butun „qaroqchilik“ hayotida birorta odamni, shu jumladan oʻzining bosh dilozori Choocho amakisini ham oʻldirmagani va uni kechirganligi bilan mashhur boʻlgan. 1847-yilda Manchaari 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilinadi, u devorga zanjirband qilingan holda turmada saqlangan. Oʻz muddati tugagach, Manchaari yana 2 yil, 1859-yillgacha zanjirband qilingan. Shundan soʻng uni Marxin ulusining Bordon naslegiga (hozirgi Nyurbin ulusining Maljagar naslegi) joʻnatishdi, bu yerda tinch-totuv hayot kechirib, turmush quradi, oʻz xoʻjaligi yuritgan, „Manchaari otagʻa“ nomli oʻrim-yigʻim joyiga ega boʻlgan. 1870-yil 6-noyabrda 65 yoshida vafot etadi. 1928-yilda Manchaarining Badiay laqabli asrab olingan oʻgʻli Savva Yegorov hali tirik boʻlgan boʻlib, u oʻsha paytda 70 yoshda boʻlgan[3]. Sovet tarixshunosligi Manchaarini sinfiy kurashchi, „boylarning dushmani va kambagʻallarning himoyachisi“ sifatida koʻrsatishga moyil boʻlgan.

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Manchaarining tiriklik paytidagi tasvirlari saqlanib qolinmagan. M. M. Gerasimovning shogirdi, sovet antropologi va haykaltaroshi Galina Lebedinskaya tomonidan Gerasimovning bosh suyagidan yuzni tiklash usulidan foydalangan holda Manchaarining haykaltaroshlik portreti mavjud.

Manchaari qoʻshiqlarining dastlabki yozuvlari 1920—1930-yillarda qilingan. Bundan oldin, ular ogʻzaki tarzda yoqut xalq qoʻshiqchilari tomonidan yetkazilgan. Hammasi boʻlib 30 dan ortiq qoʻshiqlar maʼlum boʻlib, ularning asosiy mavzusi Vatanga muhabbat, baxtli hayotga ishonch va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilikka oiddir. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, „Manchaari qoʻshiqlari boy anafora, alliteratsiya, barqaror epitetlar, uzun taqqoslashlar, sintaktik parallelizmlar bilan yoqutlarning anʼanaviy xalq sheʼriyati shaklida yaratilgan“. Manchaari ham olonxo ijro etgan, yaʼni u olonxosut yoki oqin boʻlgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, Vasiliy Fyodorov „Kun Erili“, „Uldiaa Bootur“, „Kiis Diuraya Kuo“, „Beriet Bergen“, „Ono Nurgun“, „Alaatiir Ala Tuygun“ kabi olonxolarni ijro etgan.

Xotira

tahrir

Manchaari nomi koʻplab yoqut adabiyot asarlarida mavjud. Manchaari nomi Matvey Aleksandrov, Nikolay Borisovskiyning sheʼrlarida, Aleksey Kulakovskiy, Vladimir Korolenkoning afsonalarida, Vasiliy Nikiforov, Anempodist Sofronovning dramalarida, Sofron Danilov novellarida uchraydi. Saxa respublikasi Milliy kutubxonasi Manchaari nomi bilan bogʻliq asarlar roʻyxatini eʼlon qilib boradi. Bugungi kunga qadar Fyodorovlar oʻtovidan ustunlar, ot bogʻlaydigan qoziqlar va boshqa kundalik buyumlar saqlanib qolingan[2]. Yana uning nomi bilan Manchaari oʻyinlari tashkil qilingan boʻlib, bu musobaqa milliy sport turlari boʻyicha Yoqutistonda 1968-yildan beri har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi[4].

Manbalar

tahrir
  1. Hozirda Megino-Kangalas ulusi
  2. 2,0 2,1 „Василий Федоров-Манчаары (1805—1870)“. 2011-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-aprel.
  3. Пестерев В. И.. История Якутии в лицах. Якутск: Бичик, 2001 — 66-bet. ISBN 5-7696-1606-7. 
  4. Jizni Vasiliya Manchaari posvyatili vecher v mejnatsionalnoy biblioteke[sayt ishlamaydi] // Vecherniy Yekaterinburg