Mansurbek Xolboyevich Chashemov (1983-yil 22-iyunda tugʻilgan, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek ogʻir atletikachisi va murabbiyi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionatlari va Osiyo oʻyinlari gʻolibi.

Mansurbek Xolboyevich Chashemov'
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 22-iyun 1983-yil (1983-06-22) (40 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Medallar
“Shuhrat” medali
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Taldikorgan 2009 85 kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Kumush Guanchjou 2010 85 kg gacha

Sportdagi faoliyati tahrir

2008-yilda Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 85 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida dast koʻtarishda 165 kilogramm, siltab koʻtarishda esa 202 kilogramm va jami 367 kilogramm natija bilan beshinchi oʻrinni egalladi[1][2]. Kanazavada (Yaponiya) ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida siltab koʻtarishda oʻz vazn toifasida 191 kg tosh koʻtardi, bu uchinchi urinish boʻldi, biroq unga qit’a birinchiligi chempionatida umumiy hisobda medal olish uchun yetarli boʻlmadi[3].

2009-yilda Qozogʻistondagi Toldiqoʻrgʻon shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 85 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida dast koʻtarishda 164 kilogramm, siltab koʻtarishda esa 198 kilogramm natija koʻrsatib, jami 362 kilogramm natija bilan birinchi kumush medalni qoʻlga kiritdi[4]. 2009-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan[5].

2010-yilda Xitoydagi Guanchjouda boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 85 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida jami 372 kilogramm natija koʻrsatib, hamyurtimiz yana kumush medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi[6].

2016-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ishlab, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan[7][8]. 2018-yilda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasida murabbiy boʻlib ishlaydi[9]. 2019-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan[10].

Manbalar tahrir

  1. „2008 Beijing Summer Olympics - Weightlifting | Athlete Profiles, Videos & Photos | Events & Weight Classes | NBC Olympics“. web.archive.org (2012-yil 30-iyul). 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  2. „Olympedia – Light-Heavyweight (≤85 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. „Untitled Document“. web.archive.org (2012-yil 20-may). 2012-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. „Wayback Machine“. web.archive.org (2012-yil 23-may). 2012-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  5. „Награждение граждан в связи с восемнадцатилетием Узбекистана“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  6. „В последние дни на 16-х Азиатских играх, Гуанчжоу, Китай“ (en). 4sport.ua. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  7. „Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңеси Президиумының Қарары“. sovminrk.gov.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  8. „Бир гуруҳ жисмоний тарбия ва спорт мутахассислари мукофотланди“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  9. 2018-08-01 15:22:00. „Состав тяжелоатлетов Узбекистана на Азиатские игры“ (ru). sports.uz (2018-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust. [sayt ishlamaydi]
  10. „О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников“ (ru). president.uz. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.