Mari stadioni
Mari stadioni (turkmancha: Mary sport toplumy) — Turkmanistonning Mari shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va Marv jamoasining uy stadioni sifatida xizmat qiladi. Stadion 10 000 kishiga moʻljallangan[1][2][3].
Joyi | Turkmaniston Mari |
---|---|
Koordinatalari | 37°36′26″N 61°50′44″E / 37.607191°N 61.845672°E |
Qachon ochilgan | 2009 |
Egasi | Mari shahar hokimligi |
Yuzasi | chimli maydon |
Bosh pudratchi | Kılıç İnşaat |
Hajmi | 10,000 |
Maydon egalari | |
Marv F. K. |
Tarixi
tahrirSport majmuasi 2009-yilning may oyida ochilgan. Birinchi oʻyin mahalliy „Marv“ va Afgʻonistonning „Istiqlol Hirot“ jamoalari oʻrtasida (6:0) boʻlib oʻtgan[4]. Qurilish ishlari Turkiyaning Kılıç İnşaat kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Loyiha qiymati 20 million dollar deb baxolangan[5].
Sport majmuasi hududida 10 ming tomoshabinga moʻljallangan stadiondan tashqari gimnastika, boks, kurash va trenajyor zallari, tennis kortlari, basketbol, mini-futbol va voleybol maydonlari barpo etigan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Туркменистан: золотой век“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
- ↑ „Turkmenistan Altyn Asyr“.
- ↑ „Turkmenistan Altyn Asyr“.
- ↑ „Российская и турецкая компании построили в областных центрах Туркменистана стадионы“ (2009-yil 6-aprel).
- ↑ „Новости азиатского футбола - UzReport.uz“. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-dekabr.