Mariano Díaz Mejía (1993-yil 1-avgustda tugʻilgan), Mariano nomi bilan tanilgan, professional futbolchi, La Liganing klubi "Real Madrid" safida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Mariano Díaz
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mariano Díaz Meija
Tavallud sanasi 1-avgust 1993-yil (1993-08-01) (30 yosh)
Tavallud joyi Premià de Mar, Ispaniya
Boʻyi 180 sm
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
2002-2006 Espanyol
2006-2008 Premià
2008-2009 Sánchez Llibre
2009-2011 Badalona
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht.
2013 Dominika Respublikasi bayrogʻi Dominikan Respublikasi (1)

2011-yili "Badalona"da debyut qilganidan koʻp oʻtmay, Mariano "Real Madrid"ga qoʻshilib, klubning C-jamoasida, keyin esa zaxirada jamoasida oʻynadi, 2015-16 Segunda B divizionida eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Keyin u asosiy jamoa bilan oʻynashni boshladi va 2016-17 yillarda La Liga, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida bor edi. Keyinchalik u Liga 1ning "Olimpique Lyonnais" klubi bilan shartnoma imzoladi, bir yildan soʻng yana Madridga qaytdi.

Mariano Ispaniyada tugʻilgan, otasi ispaniyalik, onasi esa Dominikan Respublikasidan edi. U 2013-yilda Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, golga mualliflik qilgan. Keyin u Ispaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilish umidida Dominikan Respublikasi jamoasidan isteʼfoga chiqdi[1].

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Lyon tahrir

2017-yil 30-iyun kuni Mariano Olympique Lyon bilan shartnoma imzoladi[2][3]. Toʻlov 8 million yevro ekani aytilgan va kelajakdagi potentsial transferning 35% foizi foydasini tashkil qilardi[4][5]. U 5-avgust kuni 2017-18-yilgi Liga 1 mavsumining birinchi turida"Strasburg"ga qarshi oʻyinda debyut qilib, jamoasi oʻz maydonida 4:0 hisobida zafar quchgan bahsda dubl qayd etdi[6]. U liga mavsumida jami 18 ta gol urib, Memfis Depay va Nabil Fekir (19 ta va 18 ta gol) bilan birga samarali hujum triosini tashkil etdi[7].

Real Madridga qaytish tahrir

2018-yilning 29-avgust kuni “Real Madrid” Mariano bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. "Real Madrid" uning transfer huquqining 35 foiziga ega boʻlganligi sababli, toʻlov 23 million yevroga tushirildi[8][9]. Unga avval Krishtianu Ronaldu kiygan 7-raqamli futbolka taqdim etildi[10][11]. 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan UEFA Chempionlar ligasi 2018-19-yilgi mavsum guruh bosqichining birinchi turi doirasida “Roma”ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bahsdagi soʻnggi golni jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan burama zarbasi bilan kiritdi[12]. 2020-yilning 1-martida mavsumdagi birinchi liga oʻyinida “Barselona”ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan atigi bir daqiqa oʻtib, 90-daqiqada “Real Madrid”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlaydigan golga mualliflik qildi[13]. "Real Madrid" gʻolib chiqqan La Liganing 2019-20-yilgi mavsumida Mariano jami beshta oʻyinda maydonga tushdi[14].

Xalqaro maydonda tahrir

Marianoning onasi San-Xuan de la Maguanada tugʻilgani sababli Dominikan Respublikasi terma jamoasi safida oʻynash huquqiga ega[15]. 2013-yilning 24-martida qoʻshni Gaitiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazib, 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsdagi soʻnggi golga mualliflik qildi[16]. Keyinchalik u "Real Madrid"dagi faoliyatiga eʼtibor qaratish va qolaversa, Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi mumkinligi uchun Dominikan terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi[1][17]. 2017-yilning dekabr oyida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Marianoni terma jamoasiga chaqirish masalasini koʻrib chiqayotganini bildirgan edi[18].

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 15-may holatiga ko'ra[19]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Goals Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Badalona 2011–12 Segunda División B 3 0 1 1 4 1
Real Madrid C 2012–13 Segunda División B 20 3 20 3
2013–14 Segunda División B 26 15 26 15
Jami 46 18 46 18
Real Madrid Castilla 2013–14 Segunda División 1 0 1 0
2014–15 Segunda División B 10 5 10 5
2015–16 Segunda División B 33 27 33 27
Jami 44 32 44 32
Real Madrid 2016–17 La Liga 8 1 5 4 1 0 14 5
Lyon 2017–18 Ligue 1 34 18 2 1 0 0 9 2 45 21
2018–19 Ligue 1 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 37 18 2 1 0 0 9 2 0 0 48 21
Real Madrid 2018–19 La Liga 13 3 1 0 5 1 19 4
2019–20 La Liga 5 1 2 0 0 0 0 0 7 1
2020–21 La Liga 15 1 1 0 4 0 1 0 21 1
2021–22 La Liga 9 1 1 0 1 0 0 0 11 1
2022–23 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 44 6 5 0 10 1 1 0 59 7
Karyera boʻyicha jami 181 75 13 6 0 0 20 3 1 0 215 84

Xalqaro tahrir

Ushbu jadvalda gollar va natijalar Dominikan Respublikasi terma jamoasi oʻyinlari bilan bogʻliq.
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2013-yil 24-mart Estadio Panamericano, San-Kristobal, Dominikan Respublikasi   Gaiti
3–0
3–1
Oʻrtoqlik bahsi

Sovrinlar tahrir

Real Madrid

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Andreu. „Mariano puede jugar con España“ (ispancha). Fichajes.net (24-avgust 2016-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
  2. „Official Announcement: Mariano“. Real Madrid C.F. (30-iyun 2017-yil).
  3. „Mercato : A la découverte de la nouvelle recrue Mariano Diaz“ (fransuzcha). Olympique Lyonnais (30-iyun 2017-yil).
  4. „Mariano presented at Lyon, leaves Real Madrid for €8 million“. Diario AS (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2017-yil.
  5. „Lyon deny Real Madrid buy-back clause for Mariano Diaz“. 2022-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  6. „OL-STRASBOURG: WITH FEKIR AND MARIANO STEPPING UP, OL ARE ALREADY ON THE ATTACK! (4–0)“. Olympique Lyonnais (5-avgust 2017-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2017-yil.
  7. „Ligue 1 : le classement des buteurs de la saison 2017–2018“ (fransuzcha). Europe 1 (19-may 2018-yil). Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  8. „Official Announcement: Mariano“. Real Madrid C.F. (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  9. „OL agree transfer of Mariano Diaz to Real Madrid“. Olympique Lyonnais (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  10. Team, The42. „Real Madrid's new signing handed number 7 shirt after €33m move from Lyon“. The42. Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  11. „Real Madrid give Ronaldo's No. 7 shirt to Mariano“. ESPN. Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  12. „MATCH SUMMARY: Real Madrid 3–0 Roma“. UEFA (19-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2018-yil.
  13. „Mariano Doubles Real Madrid's Lead Over Barca in El Clasico“. BeIN Sports. Qaraldi: 2-mart 2020-yil.
  14. „Real Madrid win the longest LaLiga Santander season“. Marca (17-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  15. „Mariano Díaz: el dominicano promovido al Real Madrid“ (ispancha). Metro RD (18-fevral 2016-yil). 7-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2016-yil.
  16. „Mariano, from Madrid to the Caribbean“. Marca (2013-yil 27-mart). Qaraldi: 5-fevral 2014-yil.
  17. „Mariano Díaz puede jugar con la Selección española“ (ispancha) (24-avgust 2016-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
  18. Gabilondo, Aritz. „Lopetegui: "A Mariano ya fuimos a verle; le seguimos de cerca"“ (ispancha) (31-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  19. Mariano Díaz Soccerway saytida
  20. „Real Madrid win 2019/20 LaLiga Santander“. LaLiga (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  21. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  22. „Real Madrid win the Supercopa from the spot“. Marca (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  23. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  24. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.