Mariya Makarova
Mariya Vladimirovna Makarova (1977-yil 6-sentyabr, Krasnodar) – Rossiyalik qo‘shiqchi, shoira va bastakor boʻlib, „Masha va ayiqlar“ rok guruhining tashkilotchisi hamda vokalchisi hisoblanadi.
Mariya Makarova | |
---|---|
Tavalludi |
Мария Владимировна Макарова 1977-yil 6-sentyabr |
Janrlar | Folk-rok, pop-rok |
Kasbi | Qoʻshiqchi, shoira, kompozitor |
Fuqaroligi | Rossiya |
Biografiyasi
tahrirKubon davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan.
Makarova oʻzining musiqiy faoliyatini Krasnodarda radiostansiyada didjey sifatida ishlashdan boshlagan. 1990-yillarning oʻrtalarida Krasnodarning „Makar Dubay“ va „Drink“ guruhlarida chiqishlar qila boshlagan. 1996-yilda qo‘shiqchi oʻz qo‘shiqlarini Krasnodarda gastrolda boʻlgan „Megapolis“ guruhi solisti Oleg Nesterovga topshirgan. 1997-yildayoq Oleg Nesterov bilan shartnoma imzolagan va Nesterov Makarovaning prodyuseriga aylangan. Xuddi shu yili Makarova musiqachilarni toʻplab, „Masha va ayiqlar“ guruhini tuzgan hamda Moskvaga koʻchib oʻtgan[1].
1997-yildan 2000-yilgacha Masha Makarova bir guruh tarkibida faoliyat yuritgan. Mazkur guruh 2000-yilda, „Maksidrom“ festivalidan 10 kun oldin tarqalib ketgan[2].Oleg Nesterovning fikricha, qoʻshiqchi yoshligida rok yulduziga xos hayot kechirishga yetarli kuch-quvvati yetishmagan[3].
1999-yilda Masha Makarova Oleg Nesterov bilan birgalikda „Gde sveti?“ deb nomlangan qo‘shiqni yozib oldi va shu nomli klipni ham suratga olishdi[4]. Bu qoʻshiq „Where Have All the Flowers Gone“ qoʻshigʻining tarjimasi boʻlib, aslida „Tixiy Don“ romanidagi xalq qoʻshigʻiga asoslangan. Nemis tilida uni Marlen Ditrix, fransuz tilida esa Dalida kuylagan[5].
2008-yilda Masha Makarova Ya Maha loyihasi doirasida elektron musiqa bilan tajribalar oʻtkazdi[6]. Loyiha „Masha va Ayiq“ guruhi qo‘shiqlariga remiks tayyorlaydigan Viktor Burko va Sergey Minko bilan hamkorlikda amalga oshirildi[7]. Ammo bir qo‘shiqdan nariga oʻtmadi: Makarova „ayiqlar“siz chiqish qilish oʻzi uchun qiziqarli emasligini anglab yetdi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „ДРЫНК. Историческая справка“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
- ↑ Obraz jizni pod nazvaniem MaksidromAndoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Вот и сказочке конец“. 2008-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ „Легкие танцы“. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-avgust.
- ↑ „Где цветы? Дай мне ответ…“. 2013-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-avgust.
- ↑ „«Ya Maha» — новый проект Маши Макаровой“. 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ „Маша Макарова (Маша и Медведи) отвечает на вопросы НАШИх слушателей“. 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ „Интервью Маши Макаровой пермской студии «Нашего радио»“. 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-avgust.