Mash’albek Tojiboyev
Mash’al Hurmamatovich Tojiboyev – (1984-yil 30-iyul, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2020-yil oktyabr oyidan buyon Xonobod shahri hokimi [1].
Mash'al Xurmamatovich Tojiboyev | |
---|---|
Xonobod shahri hokimi | |
Mansab davri 2020-yil 22-oktyabridan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Musaxon Mamadaliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1984-yil 30-iyul Andijon shahri |
Millati | o‘zbek |
Taʼlim | Toshkent arxitektura qurilish instituti |
Tarjimai holi
tahrirMash’al Tojiboyev 1984-yil 30-iyulda Andijon shahrida tugʻilgan boʻlib, 2007-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Ish faoliyatini 2003-yilda Andijon viloyat pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2004-2010-yillarda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi yetakchi mutaxassisi, narxlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi, „Qishloqqurilishinvest“ ixtisoslashtirilgan shoʻba injiniring kompaniyasi Andijon filiali uy-joy marketing shoʻbasi bosh mutaxassisi, Andijon viloyat hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2016-yil 8-maydan 2016-yil 17-dekabrgacha vaqtincha Andijon shahar hokimi vazifasini bajargan. 2016-2017-yillarda Andijon shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlagan. Mash’al Tojiboyev Xonobod shahri hokimi vazifasiga tayinlangunga qadar Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yil 22-oktyabridan buyon Xonobod shahar hokimi lavozimida ishlab kelmoqda[2][3].
3-Askar saylov okrugidan Xonobod shahar xalq deputatlari Kengashi deputati[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi“ (daryo.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim pnevmoniyadan vafot etgandi“ (qalampir.uz/uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi“ (kun.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Xonobod shahar xalq deputatlari Kengashi“ (kengash.gov.uz). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.