Qisqa xabarlar xizmati (qisqacha- SMS) matnli gaplashish yoki matn yozish tili[1] — bu 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida mobil telefonda matnli xabarlar va vaqti-vaqti bilan elektron pochta va tezkor xabar almashish kabi Internetga asoslangan muloqot orqali tez-tez ishlatiladigan qisqartirilgan til va jargon hisoblanadi.[2]

Dastlabki ishlab chiqarilgan mobil telefonda xabarlashishning xususiyatlari foydalanuvchilarni qisqartmalardan foydalanishga undadi. 2G texnologiyasi matn kiritishni qiyinlashtirdi, chunki har bir harfni yaratish uchun kichik klaviaturani bir necha marta bosishni talab qildi va xabarlar odatda 160 belgi (yoki 1280 bit) bilan cheklangan edi. Bunday muammolarni hal qilish uchun SMS tili matnli xabarlarni tezroq yozish imkonini berdi, shu bilan birga 160 belgidan ortiq uzunlikdagi xabarlar uchun mobil tarmoq provayderlari tomonidan qoʻshimcha toʻlovlar undirilmadi.

Tarixi

tahrir

SMS tili telegraf tiliga oʻxshaydi, yaʼni ikkisida ham toʻlovlar qancha soʻz yozilganligiga koʻra undiriladi. Ushbu til matnli xabar almashishning makon, vaqt va xarajat bilan cheklanganligini hisobga olgan holda juda ixcham soʻzlar orqali his-tuygʻularni[3] aniqlik bilan ifodalash uchun iloji boricha kam harflardan foydalanishga intiladi. Bunday tildan foydalanishning ommalashishini sababi esa, dastlabki SMS atigi 160 belgiga ruxsat berganligi va xabar almashuvchilar har bir yuborgan (va baʼzan qabul qilgan) xabarlari uchun kichik toʻlov toʻlashganligi boʻlgan. Bundan tashqari yuqorida aytilganidek, xabarlarni yaratishdagi qiyinchilik va samarasizlik, xabarlashish yanada tejamkor tilga boʻlgan istakni keltirib chiqardi.[4]

Unda internetga oʻxshash baʼzi xususiyatlar bor va Telex kabi taxnologiyalarning evolyutsiyasi chat xonalarida matnlarni faqat muhim joylarini qisqartirish orqali yozib olish metodini rivojlanishiga bogʻliq ekanligidan kelib chiqadi. Shunga oʻxshab, bunday oʻzgartirish har bir xabar uchun ajratilgan joydan unumli foydalanish; mobil telefonlarda koʻp vaqt oluvchi va koʻpincha kichik klaviaturalar uchun noqulaylik tugʻdiradigan holatlarni kamaytirishga intildi. Shunga oʻxshash qisqartirib yozish uslublarini 120 yil oldin, telegraf operatorlari rasmiy xabarlarni oʻzaro almashganlarida zamonaviy matnga oʻxshash qisqartmalardan foydalanganliklari koʻrishimiz mumkin.[5] Faramerz Dabhoiwala 2016 yilda The Guardian jurnalida shunday deb yozgan edi: " Lingvistik puristlarni dahshatga soladigan tilni zamonaviy qoʻllashlar aslida chuqur tarixiy ildizlarga ega. „OMG“ (Oh my God) qisqartmasi ham 1917-yilda dengiz qahramoni, flot admirali Lord Fisher tomonidan birinchi marotaba ishlatilgan".[6][7]

Umuman olganda, SMS tili joʻnatuvchiga kamroq yozish va tezroq muloqot qilish imkonini beradi. Bir misol, „tomorrow (ertaga)“ oʻrniga „tmr“ dan foydalanish. Shunga qaramay, SMS tilidagi soʻzlarni yaratish va ulardan foydalanishning standart qoidalari mavjud emas. Har qanday soʻz qisqartirilishi mumkin (masalan, „text (matn)“ dan „txt“ ga). Soʻzlarni raqamlar bilan birlashtirib ularni qisqartirish ham mumkin, (masalan, „later (keyinroq)“ ni „l8r“shaklida), bunda omofonik sifati uchun „8“ raqamidan foydalanilmoqda.[8]

SMS tili koʻp tilli ob’ekt sifatida

tahrir

Baʼzilar SMS tilini ingliz tilining lahjasi sifatida koʻrishlari mumkin,[9]agarda u ingliz tilining toʻliq hosilasi boʻlmasa, kuchli dialekt deyishimiz mumkin. Uunday boʻlmasligi ham mumkin. Bunday fikrlarning kelib chiqishi mobil telefonlar kontseptsiyasi va ularni tarqatilishining dastlabki bosqichlarida faqat cheklangan miqdordagi standart tillardan foydalanish mumkinligidan paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.[10]

Symbian va shunga oʻxshash til paketlari kabi mobil operatsion tizim (OT) bunday interfeyslar bilan jihozlangan mahsulotlarni lingvistik lokalizatsiya qilishga imkon beradi, huddi shunday holat yaqinda joriy qilingan Symbianda uchradi (Symbian Belle), yaʼni u 48 dan ortiq til va dialektlarning va orfografiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi, bunday yangilik butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan tillarni hisobga oladigan boʻlsak ayni muddao boʻladi. Bu borada tadqiqotchi Mohammad Shirali-Shahreza (2007)[11] mobil telefon ishlab chiqaruvchilar oʻz telefonlari tarqatilishi kerak boʻlgan joylarda „mamlakatning mahalliy tilini“ qoʻllashni taklif qilishlarini taʼkidlaydi.

Shunga qaramay, SMSda ingliz boʻlmagan tillar va skriptlardan foydalanishga qoʻshimcha cheklovlar sifatida turli omillar taʼsir qiladi. Bu, ayniqsa, lotin alifbosiga asoslanmagan imlolarni ishlatadigan (yaʼni lotin alifbosidan foydalanmaydigan), masalan, kirill yoki yunon harflaridan foydalanganda xabar uzunligini cheklanishi oʻsha tillarning inglizlashuviga turtki beradi.[12] Boshqa tomondan esa, tadqiqotchi Gillian Perrett ingliz tilining ingliz tilidan tashqari boshqa tildagi kontekstlarga ishlatilishi va qoʻllanishidan keyin ingliz tilining de-anglikizatsiyasini (ingliz tilidan kamroq foydalalnishga harakat qilish)[13] ni paydo boʻlishini kuzatdi.

Shunday qilib, SMS tilida makon, vaqt va xarajat cheklovlarini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlardan tashqari, butun dunyo boʻylab tillarning xilma-xilligi va xususiyatlarini oʻziga xosligi SMS til(lar)ining xususiyatlari va uslubiga qoʻshimcha cheklovlar qoʻshadi.

Lingvistik xususiyatlar va uslub

tahrir

SMS tilini yaratish va undan foydalanishning asosiy sababi eng kam belgilar yordamida tushunarli xabarni etkaza olish edi. Buning ikkita sababi bor: birinchi navbatda, telekommunikatsiya kompaniyalari har bir SMS uchun belgilar sonini cheklab qoʻygan va yuborilgan har bir SMS uchun foydalanuvchidan haq undirgan. Xarajatlarni kamaytirish uchun foydalanuvchilar kerakli xabarni yetkazishda iloji boricha kamroq soʻzlardan foydalanish bilan birga bermoqchi boʻlgan maʼlumotini ham aniq yetkazish yoʻlini topishlari kerak edi. Ikkinchidan, telefonda yozish odatda kompyuter klaviaturasida yozishdan koʻra sekinroq va katta harflarni yozish ham vaqt oladi. Natijada tinish belgilari, grammatika qoidalari va bosh harflar koʻp jihatdan eʼtiborga olinmaydi.

Koʻpgina mamlakatlarda odamlarning oylik taʼrif rejalari doirasida cheksiz xabar joʻnata olishlari mumkin, garchi bu qaysi davlatligi va operatorga qarab juda katta farq qiladi. Biroq, telefon ekranlar hali ham kichik va maʼlumot kiritish muammosi davom etmoqda ekan, qisqartirish uchun SMS tili hali ham keng qoʻllanilishda davom etadi.

SMS tilining lingvistik va uslubiy xususiyatlariga oid tadqiqotlar va tasniflar Krispin Thurlou,[14] Lopez Rua,[15] va Devid Kristal tomonidan amalga oshirilgan va turli xulosalar taklif qilingan.[16] Garchi ular tomonidan berilgan xulosalar toʻliq boʻlmasa-da, SMS tili xususiyatlarining baʼzilari quyidagilardan foydalanishni oʻz ichiga oladi:

  • Initializatsiyalar (bosh harflardan tashkil topgan qisqartmalar va qisqartmalar)
  • Qisqartirish va qisqartmalar, soʻz birliklarini qoldirib ketish.
  • Noaniq qisqartirishlarni talqin qilishda pragmatika va kontekst
  • Reaksiyani bildiruvchi belgilar
  • Piktogrammalar va logogrammalar (rebus qisqartmasi)
  • Paralingvistik va prozodik xususiyatlar
  • Bosh harf bilan yozish
  • Kulgichlar
  • Imlodagi oʻzgarishlar
  • Tinish belgilari yoki ularning yetishmasligi

Initializatsiyalar (bosh harflardan tashkil topgan qisqartmalar va qisqartmalar)[17]

tahrir

Bir xil qisqartmalarga ega boʻlgan soʻz yoki iboralarga koʻplab misollar mavjud (masalan, lol laugh out loud(baland ovozda kulish), lots of love(koʻp sevgi) yoki little old lady(kichkina kampir) maʼnosini anglatishi mumkin; 'crynʼ esa crying (yigʻlash), yoki crayon (rangli qalam) larni anglatishi mumkin).

Qisqartirish va qisqartmalar[18] va soʻz birliklarini tashlab yuborish[19]

tahrir

Umumiy qisqartmasi boʻlmagan soʻzlar uchun foydalanuvchilar odatda soʻzdan unlilarni olib tashlaydilar va oʻquvchi undoshlar berilgan qatorni kerakli unlilarni qoʻshish orqali tushunib olishi talab qilinadi (masalan, dictionary (lugʻat)- dctnry va keyboard (klaviatura)- kybrd boʻladi). Vaqt va makon cheklovlarini yengib oʻtishga qaratilgan harakatlar doirasida soʻzlarni, ayniqsa, yordamchi soʻzlar (masalan, „a“ va „the“ kabi artikllarni) tashlab yuborish ham qoʻllanadi.[20]

Yozilayotgan soʻzni oldindan ekranga chiqarish(bashorat qilish) funksiyasini smartfonlarda qoʻllanishi va toʻliq QWERTY klaviaturalari bilan jihozlangan smartfonlarning paydo boʻlishi kabi qulayliklar SMS tilidagi qisqartmalardan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi. 

Noaniq qisqartmalarni talqin qilishda pragmatika va kontekst

tahrir

Xabarni qabul qiluvchilar qisqartirilgan soʻzlarni kontekstga qarab izohlashlari kerak boʻladi. Misol uchun, agar kimdir ttyl, lol ni ishlatib sizga xabar yozsa, u siz bilan keyinroq gaplashishni va sizga muxabbatini aytishi, yoki siz bilan keyinroq gaplashishini, baland ovozda kulayotganini anglatishi mumkin. Boshqa bir misolda, agar kimdir omg, lol dan foydalansa, ular ey Xudoyim, muxabbat bilan deyishi yoki undan farqli oʻlaroq ey Xudoyim, oʻzini kulgidan toʻxtatolmayotganligini anglatishi mumkin.

Shuning uchun, matn mazmunini talqin qilishda kontekst hal qiluvchi ahamiyatga ega va tanqidchilar aynan shu kamchilik uchun ham SMS tilini ishlatmaslik kerkligini sabab sifatida koʻrsatadilar (garchi nafaqat ingliz tilida, balki dunyodagi boshqa tillar da ham, turli kontekstlarda turli xil maʼnoga ega boʻlgan koʻplab soʻzlar mavjud).

SMS tili har doim ham standart grammatikaga boʻysunmaydi yoki uning qoidlariga rioya qilmaydi va bunga qoʻshimcha ravishda matnlarda ishlatiladigan soʻzlar odatda umumiy lugʻatlarda topilmaydi yoki til akademiyalari tomonidan tan olinmaydi.

Reaksiya bildiruvchi belgilar

tahrir

Internet Relay Chat (IRC) ning har bir qismida mavjud boʻlgan „reaksiya bildiruvchi belgilar“ SMS tilida ham uchraydi. Reaksiya bildiruvchi belgilar oldingi xabarga boʻlgan munosabatni bildiruvchi „ha, men bilaman“ kabi iboralar yoki soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Ularni SMS tilidan farqi esa, koʻp soʻzlar ogʻzaki nutqdan farqli ravishda qisqartiriladi.[21]

Piktogrammalar va logogrammalar (rebus qisqartmasi)[22]

tahrir

SMS tilidagi baʼzi belgilarni butun soʻzlarni ifodalash uchun rasmlar va bitta harfni qoʻshish yoki raqamlardan foydalangan holda rebusga oʻxshash matnni xosil qilishga oʻxshatish mumkin (masalan, "i <3 u", love (sevgi) uchun yurak piktogrammasidan foydalanilgan va you (seni) ni ifodalash uchun 'u' harfi ishlatiladi. ).

Bunday tilda bir nechta ierogliflar (boshlovchilar uchun tushunarli kodlar) va bir qator yuz ifodalari mavjud.[23]

Paralingvistik va prozodik xususiyatlar

tahrir

SMS tilidagi prosodik xususiyatlar qoʻshimcha semantik va sintaktik maʼlumotlarni kontekst orqali taqdim etishga qaratilgan boʻlib, unday xabarlarni qabul qiluvchilar kontekstga mosroq va aniqroq maʼnoni chiqarish uchun foydalanishi mumkin. Ular yuz ifodasi va ovoz ohangi kabi ogʻzaki prozodik xususiyatlarning matnli ekvivalentini topib ularni yetkazishga qaratilgan boʻlishi mumkin.[24][25] Aslida, SMS tili yozma matn formatida mavjud boʻlsa ham, u murakkab tuzilishga ega emasligi va uning maʼnosi kontekstga bevosita bogʻliq boʻlishi bilan oddiy nutqqa juda oʻxshaydi.

Bosh harf bilan yozish

tahrir

SMS tilida bosh harflar bilan yozishda uchta holat mavjud:[26]

  • Bosh harflarsiz yozish
  • Faqat birinchi soʻzning bosh harf bilan yozilishi
  • Barcha grammatik qoidalarga mos keladigan holatdagina toʻliq bosh harf bilan yozish

Aksariyat SMS-xabarlar katta harflar bilan yozilmaydi. Xabarning birinchi soʻzini bosh harflar bilan boshlash, aslida, ataylab qilinmasligi mumkin chunki bunday holat qurilmalarning asosiy harflar sozlamalari bilan bogʻliq boʻladi koʻp hollarda. Katta harflar ham baʼzida hissiyotlarni ifodalashi ham mumkin, bunda soʻzning har biri bosh harfda boʻlgani hissiyotning kuchayganligini koʻrsatish yaʼni baland ovozning matn ekvivalentiga oʻtkazganligini ifodalashi mumkin.[27]

Emoji, yulduzcha emotsiyasi va kulgichlar

tahrir

Tana tili va yuz ifodalari nutqni qanday qabul qilinishini oʻzgartirishi mumkin boʻlganidek, emoji va kulgichlar ham matnli xabarning maʼnosini oʻzgartirishi mumkin, farqi shundaki, SMS joʻnatuvchining haqiqiy nutq ohangini faqat kulgich orqali aniqlash oson emas. Tabassumli emojidan foydalanish xabar joʻnatuvchini baxtli ekanligini emas, balki istehzoli matn joʻnatganligini ifodalamoqda deb qabul qilinishi mumkin, shuning uchun oʻquvchi butun xabardan kelib chiqib, joʻnatuvchi holatini aniqlashi kerak boʻladi.[28]

Tinish belgilaridan va bosh harflardan foydalanish orqali emotsiyalarni bildirish ushbu belgilarning anʼanaviy vazifasidan chalgʻishiga olib keladi. Shunga qaramay, ulardan foydalanish turli madniyatdagi odamlarda turlicha boʻladi. Masalan, haddan tashqari koʻp tinish belgilaridan foydalanib emoji yaratmasdan turib ham muloqotning paralingvistik vositalari orqali muloqot qilish uchun foydalanish mumkin: „Salom! ! ! !“ .[29]

Tinish belgilari yoki uning yetishmasligi

tahrir

SMS tilida unlilar va soʻzlarning tinish belgilari odatda tushib qoladigan boʻlsa-da, Devid Kristal apostroflar juda tez-tez uchrab turishini kuzatadi. U 544 ta xabar boʻyicha Amerika tadqiqotini keltirib oʻtadi, bu yerda SMS tilida apostroflarning yozilishi taxminan 35 foizni tashkil qiladi.[22] Bu kutilmagan hol, chunki matnli xabarga apostrofni kiritish bir necha bosqichlardan iborat. Apostroflardan foydalanish foydalanuvchilar notoʻgʻri tushunilishi mumkin boʻlgan soʻzlarning maʼnosini aniqlashga urinishlari bilan ham bogʻliq emas.

Ingliz tilida apostrofni tushurib qoldirish xabarni notoʻgʻri tushunilishiga olib keladigan holatlar kam boʻlsa-da bor. Masalan, apostrofsiz „weʼre“ soʻzini „were“ deb notoʻgʻri oʻqish mumkin. Shunga qaramay, ular noaniq boʻlsada, asosan toʻgʻri tushuniladi, chunki oʻquvchilar soʻzning maʼnosini topish uchun jumlaning qaysidir qismi va kontekst kabi boshqa belgilarga tayanishi mumkin. „Im“ va „Shes“ kabi boshqa koʻplab soʻzlar uchun hech qanday noaniqlik yoʻq. Foydalanuvchilar oʻz xabarlari toʻgʻri tushunilishini taʼminlash uchun apostroflardan foydalanishlari shart emasligi sababli, bu hodisa qisman xabar qisqa vaqt ichida tushunarli boʻlishi uchun aniqlikni saqlamoqchi boʻlgan xabar joʻnatuvchilar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.[22] Mobil telefonning keng tarqalgan avtomatik tuzatish funksiyasi SMS xabarlardagi apostrof chastotasini oshirishga yordam beradi, chunki foydalanuvchi xabardor boʻlmasa ham, u koʻplab umumiy soʻzlarga apostrof qoʻyadi, masalan, „I’m“, „I’ll“, „I’d“.

Imlodagi oʻzgarishlar

tahrir

Foydalanuvchilar, baʼzi holatlarda, standart imloni ishlatishdan koʻra, ularning taʼsirchan kuchi va niyatini aks ettiruvchi imlolardan foydalanishlari mumkin. Misol uchun, „standart“ kulgini bildirish uchun „haha“ dan foydalanish va kulgining yanada shovqinli yoki yovuzona ovozini bildirish uchun „muahaha“ dan foydalanish bunga misol boʻla oladi.[30]

Bunda imlodagi oʻzgarishlar yashash joyiga qarab ham oʻzgarishi mumkin. Shunday qilib, SMS tili oʻzining mintaqaviy oʻzgarishi bilan ham shaxsning identifikatsiya belgisi sifatida xizmat qiladi.[31]

SMS lugʻatlar

tahrir

SMS tili hali ham anʼanaviy va barqaror shakl sifatida, na dialekt, na til sifatida qabul qilinmagan. Natijada, (ham asosiy sabab) eʼtiborga molik leksikografik saʼy-harakatlar va SMS tiliga oid nashrlar (masalan, lugʻatlar) hali hanuz paydo boʻlmoqda.[32] Baʼzi ekspertlarning taʼkidlashicha, „nogrammatik“ matnli xabarlardan foydalanish SMS tilini koʻp bolalar uchun „oddiy til“ ning bir qismiga aylanishiga yordam berdi. 

SMSni hujjatlashtirish boʻyicha koʻplab norasmiy urinishlar amalga oshirildi. Masalan, Vodacom xizmat koʻrsatuvchi provayderi oʻz mijozlariga mobil telefon xaridiga qoʻshimcha sifatida SMS lugʻatini ham taqdim etadi.[33] Bundan tashqari, Vodacom oʻz veb-saytida qisqartmalar va qisqartmalar roʻyxatini ularning maʼnolari bilan taqdim etadi.[34][35]

Internet orqali SMS lugʻatlar bilan taʼminlash uchun koʻplab boshqa harakatlar qilingan. Odatda SMS tilida ishlatiladigan „soʻzlar“ ning alifbo tartibida roʻyxati va ularning moʻljallangan maʼnolari taqdim etiladi.[36][37] Matnli xabarlar ham baʼzi veb-saytlarda standart tilga „tarjima“ qilinishi mumkin, garchi oʻsha „tarjimalar“ har doim ham hamma tomonidan qabul qilinmasa ham.[38]

  1. also known as txt-speak, txtese, chatspeak, txt, txtspk, txtk, txto, texting language, txt lingo, SMSish, txtslang, txt talk, text shorthand
  2. Silberstein, Sandra „Maintaining "Good Guys" and "Bad Guys": Implicit Language Policies in Media Coverage of International Crises“, . The Oxford Handbook of Language Policy and Planning (en) Tollefson: . New York: Oxford University Press, 2018 — 318–332-bet. DOI:10.1093/oxfordhb/9780190458898.013.18. ISBN 978-0-19-045889-8. 
  3. Huang. „Technology: Textese May Be the Death of English“ (en). Newsweek (2008-yil 1-avgust). Qaraldi: 2011-yil 20-dekabr.
  4. „History of Short Message Service (SMS)“. Reviews and Ratings of SMS Marketing Services. Best Text Marketing (2010-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-mart.
  5. Radnedge. „The stripped-down form of writing that goes with texting has been with us for more than 120 years, research has uncovered“. metro.co.uk (2011-yil 16-avgust). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-dekabr.
  6. Dabhoiwala, Faramerz. „How English Became English by Simon Horobin review – 'OMG' was first used 100 years ago“. The Guardian (Review section) (2016-yil 2-aprel), s. 7. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  7. Fisher, John Arbuthnot. Memories. London: Hodder and Stoughton, 1919 — 78-bet. 
  8. Beverly, Plester; Wood, Clare; Joshi, Puja (2009). "Exploring the relationship between children's knowledge of text message abbreviations and school literacy outcomes". British Journal of Developmental Psychology 27 (1): 145–161. doi:10.1348/026151008X320507. PMID 19972666. 
  9. Huang. „Technology: Textese May Be the Death of English“ (en). Newsweek (2008-yil 1-avgust). Qaraldi: 2011-yil 20-dekabr.Huang, Lily (1 August 2008). „Technology: Textese May Be the Death of English“. Newsweek. Retrieved 20 December 2011.
  10. Shirali-Shahreza, Mohammad (2007). "Multilingual SMS". Idea Group Inc.. Category: Mobile Phone: 666–668. http://www.igi-global.com/viewtitlesample.aspx?id=17153. 
  11. Shirali-Shahreza, Mohammad (2007). "Multilingual SMS". Idea Group Inc.. Category: Mobile Phone: 666–668. http://www.igi-global.com/viewtitlesample.aspx?id=17153. Shirali-Shahreza, Mohammad (2007). „Multilingual SMS“. Idea Group Inc. Category: Mobile Phone: 666-668.
  12. Crystal, David. Txtng the gr8 db8. New York: Oxford University Press, 2009. 
  13. Perrett. „Globalization and the de-Anglicization of English“. Universiti Brunei Darussalum. Qaraldi: 2012-yil 18-mart.
  14. Thurlow. „Generation Txt? The sociolinguistics of young people's text messaging.“. Discourse Analysis Online (DAOL).
  15. López-Rúa, Paula (2007). "Teaching L2 vocabulary through SMS language: some didactic guidelines". ELIA (7): 165–188. 
  16. Crystal, David. Txtng the gr8 db8. New York: Oxford University Press, 2009. Crystal, David (2009). Txtng the gr8 db8. New York: Oxford University Press.
  17. López-Rúa, Paula (2007). "Teaching L2 vocabulary through SMS language: some didactic guidelines". ELIA (7): 165–188. López-Rúa, Paula (2007). „Teaching L2 vocabulary through SMS language: some didactic guidelines“. ELIA (7): 165-188.
  18. Thurlow. „Generation Txt? The sociolinguistics of young people's text messaging.“. Discourse Analysis Online (DAOL).Thurlow, Crispin. „Generation Txt? The sociolinguistics of young peopleʼs text messaging“. Discourse Analysis Online (DAOL).
  19. Freudenberg. „Investigating the impact of SMS speak on the written work of English first language and English second language high school learners“. MA Thesis: Philosophy Stellenbosch University. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
  20. Freudenberg. „Investigating the impact of SMS speak on the written work of English first language and English second language high school learners“. MA Thesis: Philosophy Stellenbosch University. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.Freudenberg, Kristy. „Investigating the impact of SMS speak on the written work of English first language and English second language high school learners“ (Wayback Machine saytida 2022-07-25 sanasida arxivlangan) (PDF). MA Thesis: Philosophy Stellenbosch University. Retrieved 19 March 2012.
  21. Muhammad, Shaban Rafi. „SMS text analysis: Language, gender and current practices“. 2010-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-fevral.
  22. 22,0 22,1 22,2 Crystal, David. Txtng the gr8 db8. New York: Oxford University Press, 2009. Crystal, David (2009). Txtng the gr8 db8. New York: Oxford University Press.
  23. Walters, Guy. „New Statesman“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  24. Watt, Helen J. (2010). "How Does the Use of Modern Communication Technology Influence Language and Literacy Development? - A Review". Contemporary Issues in Communication Science and Disorders 37: 141–148. doi:10.1044/cicsd_36_F_141. http://www.nsslha.org/uploadedFiles/NSSLHA/publications/cicsd/2010F-Use-of-Modern-Communication-Technology.pdf. 
  25. Nancy Anashia Ong'onda; Peter Maina Matu; Pamela Anyango Oloo (2011). "Syntactic Aspects in Text Messaging". World Journal of English Language 1 (1). 
  26. Ling, Richard. 2005. „The socio-linguistics of SMS: An analysis of SMS use by a random sample of Norwegians“ in Mobile communications: Renegotiation of the social sphere, edited by R. Ling and P. Pedersen. London: Springer.
  27. Watt, Helen J. (2010). "How Does the Use of Modern Communication Technology Influence Language and Literacy Development? - A Review". Contemporary Issues in Communication Science and Disorders 37: 141–148. doi:10.1044/cicsd_36_F_141. http://www.nsslha.org/uploadedFiles/NSSLHA/publications/cicsd/2010F-Use-of-Modern-Communication-Technology.pdf. Watt, Helen J. (2010). „How Does the Use of Modern Communication Technology Influence Language and Literacy Development? — A Review“ (PDF). Contemporary Issues in Communication Science and Disorders. 37: 141-148. doi:10.1044/cicsd_36_F_141.
  28. Ahmed, Sabreena; Nurullah, Abu Sadat; Sakar, Subarna (2010). The Use of SMS and Language Transformation in Bangladesh. 
  29. Freudenberg. „Investigating the impact of SMS speak on the written work of English first language and English second language high school learners“. MA Thesis: Philosophy Stellenbosch University. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.Freudenberg, Kristy. „Investigating the impact of SMS speak on the written work of English first language and English second language high school learners“ (Wayback Machine saytida 2022-07-25 sanasida arxivlangan) (PDF). MA Thesis: Philosophy Stellenbosch University. Retrieved 19 March 2012.
  30. Muhammad, Shaban Rafi. „SMS text analysis: Language, gender and current practices“. 2010-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-fevral.Muhammad, Shaban Rafi. „SMS text analysis: Language, gender and current practices“ (PDF). Archived from the original (PDF) on 11 October 2010. Retrieved 27 February 2012.
  31. Nancy Anashia Ong'onda; Peter Maina Matu; Pamela Anyango Oloo (2011). "Syntactic Aspects in Text Messaging". World Journal of English Language 1 (1). Nancy Anashia Ongʻonda; Peter Maina Matu; Pamela Anyango Oloo (2011). „Syntactic Aspects in Text Messaging“. World Journal of English Language. 1 (1).
  32. Mphahlele, Mampa Lorna „The Impact of Short Message Service (SMS) Language on Language Proficiency of Learners and the SMS Dictionaries: A Challenge for Educators and Lexicographers“, . Proceedings of the IADIS International Conference Mobile Learning 2005 Isaías: . International Association for Development of the Information Society, 2005 — 161–168-bet. ISBN 972-8939-02-7.  (Wayback Machine saytida 2010-12-26 sanasida arxivlangan)
  33. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Mphahlele
  34. „SMS Dictionary“. Vodacom Messaging. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
  35. Mphahlele, Mampa Lorna „The Impact of Short Message Service (SMS) Language on Language Proficiency of Learners and the SMS Dictionaries: A Challenge for Educators and Lexicographers“, . Proceedings of the IADIS International Conference Mobile Learning 2005 Isaías: . International Association for Development of the Information Society, 2005 — 161–168-bet. ISBN 972-8939-02-7. Mphahlele, Mampa Lorna; Mashamaite, Kwena (2005). „The Impact of Short Message Service (SMS) Language on Language Proficiency of Learners and the SMS Dictionaries: A Challenge for Educators and Lexicographers“ (PDF). In Isaías, Pedro; Borg, Carmel; Kommers, Piet; Bonanno, Philip (eds.). Proceedings of the IADIS International Conference Mobile Learning 2005. International Association for Development of the Information Society. pp. 161-168. ISBN 972-8939-02-7. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2010-12-26 sanasida arxivlangan) (PDF) on 26 December 2010. Retrieved 27 February 2012.
  36. „Text Abbreviations Used in SMS Messaging“ (2019-yil 11-sentyabr). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-sentyabr.
  37. „Text Message Translator, Online Text Message Dictionary“. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.
  38. „Translate your txt messages“. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.