Mavlona Miskin madrasasi  — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Mavlona Miskin madrasasi 1611—1612-yillarda Bozori futa (Bozoro karbos) guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Imomqulixon davrida bunyod etilgan. Mavlona Miskin madrasasi Buxorodagi toʻrtinchi darajadagi oliy toifali madrasa hisoblangan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra, yillik vaqf mablagʻi 60 ming tangadan iborat boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra madrasa Mir Arab madrasasining orqa tomonida, bozor orasida bir qavatli kichik madrasa boʻlib, oʻn bir muftining biri dars oʻtgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaga oid ikkita vaqf hujjati topib oʻrganilgan. Mazkur hujjatlar Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Hujjatda madrasa voqifi pashhidiza mavzesida 140, Qoʻngʻirot mavzesida 96, Sarxiyon qishlogʻida 225, Bez yuz mavzesida 61 va choryak, Mushk mavzesida 12, Tub xushk mavzesida 40, Akna mavzesida 40, Boʻyrabof mavzesida 150 tanob yerlarni, Chor baqqol madrasasi vaqf doʻkoni yonida yettita doʻkonni ushbu madrasa uchun vaqf qilgan. Madrasaga mutavvali voqifning oʻzi boʻlgan. Arxiv hujjatlarida ushbu madrasada mulla Sayidxon ismli banoras toʻnli mudarris talabalarga dars oʻtgan. Bundan tashqari hujjatlarda madrasada tahsil olgan talabalar ismlari ham mavjud. Jumladan Nazar Qorateginiy, Abdulloh Qarshigiy kabi talabalar nomlari keltirilgan[2]. Mavlona Miskin madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Mavlona Miskin madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
1611—1612-yillar
Holati Saqlanib qolmagan


Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.