Homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k MrSheyh tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Rtfroot (munozara | hissa)
Qator 1:
{{Kasallik bilgiqutisi|ICD10={{ICD10|O|00}} - {{ICD10|O|99}}|ICD9={{ICD9|V22}}|tasvir=Baby belly.jpg|nocat=1|nomi=Homiladorlik|Syndrome=|DiseasesDB=10545|MedlinePlus=002398|izoh=Tuxum hujayraning urug' hujayra bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun davom etadi.|turi=}}[[Fayl:Anatomia uteri humani gravidi V00001 00000002.tif|thumb|[[William Hunter]], ''Anatomia uteri humani gravidi tabulis illustrata'', 1774]]
'''Homiladorlik''', '''ogʻir oyoqlik''' — [[Urugʻlanish|urugʻlangan]] [[Tuxumhujayra|tuxumhujayraning]] ona [[Organizm|organizmida]] rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxum hujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun, yaʼni 10 qamariy oy davom etadi.
 
Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxum hujayra bachadon nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, koʻp hujayrali [[Embrion|embrionga]] aylanadi, oʻsha tuklar yordamida bachadon shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi baʼzi sistemalar funksiyasi tegishlicha oʻzgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda oʻsib ketadi va ulardan platsenta, yaʼni yoʻldoshning tarkibiy qismi — bola oʻrni hosil boʻladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari boʻylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kislorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.[[Fayl:Беременная женщина в поле.jpg|thumb|]]
Bachadon naylarining turli kasalliklarida tuxum hujayraning bachadonga qarab surilib kelishiga toʻsqinlik qiladigan oʻzgarishlar oqibatida tuxum hujayra bachadon nayiga payvandlanib qolishi mumkin (qarang [[Bachadondan tashqari homiladorlik]]).
 
Qator 18:
 
Sogʻliq oʻzgargan baʼzi hollarda, mas, badanga shish kelganida vrach odatda tuzsiz parhez buyuradi. Normada homilador ayol bir kunda maksimal 6 gr yodlangan osh tuzi isteʼmol qilishi mumkin.<ref>https://www.aptaclub.co.uk/pregnancy/diet-and-nutrition/understanding-food-groups/why-is-salt-important.html</ref> Homilador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. Homiladorlik davrlariga qarab maxsus gimnastika mashqlari kompleksi tavsiya etiladi (buni faqat vrach buyuradi). Haftasiga 5-7-marta 30 daqiqa jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin. Boshlanishiga kuniga 10 daqiqadan boshlab, 30 daqiqagacha oshirish tavsiya qilinadi.<ref>https://meduza.io/feature/2017/07/28/govoryat-pri-beremennosti-nelzya-zanimatsya-sportom-krasit-volosy-i-letat-na-samolete-eto-pravda</ref> Muntazam badan tarbiya mashqlarini qilib turuvchi ayollarning tez va eson-omon koʻzi yoriydi.
 
== Yana q. ==
 
* [[Urugʻlanish]]
* [[Jinsiy aloqa]]
 
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}