Gavana yoki Havana (ispancha: La Habana) – Kubaning poytaxti hamda La Habana provinsiyasining maʼmuriy, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi.[2] Ushbu shahar Kuba orolining shimoli-gʻarbida, Meksika qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Gavana shahar atrofi bilan Katta Gavanani tashkil qiladi. Aholisi esa 2.1 million kishi (2012) ni tashkil etadi.[1][3]

Gavana

La Habana
Poytaxt shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
23°8′12″N 82°21′32″W / 23.13667°N 82.35889°W / 23.13667; -82.35889 G OKoordinatalari: 23°8′12″N 82°21′32″W / 23.13667°N 82.35889°W / 23.13667; -82.35889 G O
Mamlakat Kuba
Provinsiya La Habana
Hukumat
 • Mayor Marta Hernández
Asos solingan 1592
Qachondan beri poytaxt shahar 1902
Maydon 728.26 km2 (281.18 mi²)
Aholisi
 (2012)
2,106,146[1]
Zichligi 2,892.0 kishi/km2
Gavana xaritada
Gavana
Gavana

Tarixi tahrir

Gavanaga 1515-yilda asos solingan. 1592-yildan shahar va Ispaniya gubernatorining qarorgohi. 16-asr oxiridan Gavana Ispaniyaning Antil orollaridagi eng katta porti boʻlib kelmoqda. 1762-yilda Gavanani va butun Kubani inglizlar bosib oldi. 1763-yilda yana ispanlar qoʻliga oʻtdi. 18—19-asrlarda Gavana Antil orollaridagi qullar bozorining yirik markazi boʻldi. 1902-yildan Kuba Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.

Transporti tahrir

Gavana mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguni. Gavana porti orqali Kubaning 3/5 importi va 1/4 eksporti oʻtadi. Shahar asosiy temir yoʻl magistrali va mamlakatni gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan bosh avtostrada ustida joylashgan. Janubi-gʻarbiy chekkasida José Martí xalqaro aeroporti joylashgan. Gavana mamlakat sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Korxonalarning koʻpchiligi esa shahar chetida joylashgan. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati koʻproq rivojlangan. Tikuvchilik, metallsozlik, kema remonti, kimyo sanoati korxonalari ham mavjud. Poʻlat quyish, avtoremont, neftni qayta ishlash va b. zavodlar mavjud. Yirik binolari: Milliy kapitoliy, "Gavana Libre" va "Gavana Rivyera" mehmonxonalari. Shuningdek, Gavanadel-Este turar joy rayoni qurilgan.

Gavanada universitet (1728), Fanlar akademiyasi (1962), texnika, qishloq xoʻjaligi, iqdisod, pedagogika institutlari, kutubxonalar, teatrlar bor.

Ahamiyatli kishilar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „2012 Official Census“. 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral. (Wayback Machine saytida 2016-03-25 sanasida arxivlangan)
  2. „CIA World Fact Book“. CIA World factbook. 2016-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2016-02-10 sanasida arxivlangan)
  3. Inglizcha Latin America Population – Havana city population.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir