Koson tumani - Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan tuman. Koson Respublikadagi dastlab asos solingan tumanlardan biri boʻlib, u 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala, Muborak, Qarshi, Kasbi tumanlari va Qarshi shahri bilan chegaradosh. Maydoni 1,88 ming km². Aholisi 300,5 ming kishi (2022). Koson tumanida 3 shahar (Koson) (Po'lati)va(Guvalak) 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Guvalak Boʻlmas,Gulbogʻ, Doʻstlik, Koson, Obidida, Olachabob, Poʻloti, Gala mahallasi, Tinchlik, Obron mahallasi) bor (2003). Markazi — Koson shahri.

Koson tumani
Касанский район
Tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Koson shahri
Yirik shahari Koson shahri
Asos solingan sanasi 1926-yil 29-sentabr
Hokim Asrol Boykarayev
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2022) 300,5 ming kishi (Qashqadaryo viloyatida 1-oʻrin)
Zichligi 160 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 1,88 ming km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Oʻrtacha balandligi


 450-500 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti http://kosont.uz/oz
Xaritada
Koson tumani xaritada
Koordinatalari: 39°2′13″N 65°34′23″E / 39.03694°N 65.57306°E / 39.03694; 65.57306 G O

Hududlari aholi soni 2023-yil natijasi.

1.Koson shahri 2.Obidida mahallasi 3.Olachabob mahallasi 4.Poʻloti shaharchasi 5.Obron mahallasi 6.Gala mahallasi - 3001 ta aholisi 7.Tinchlik mahallasi 8.Guvalak shaharchasi 9.Boʻlmas mahallasi 10.Doʻstlik mahallasi 11.Gulbog mahallasi.

Tabiati tahrir

Tuman hududi asosan, pasttekislik, adir va qir-choʻllardan iborat boʻlib, Qashqadaryo daryosining quyi qismida, Qarshi choʻli zonasida, 450–500 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 35-40°, yanvarniki 0 dan 1° gacha. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Oʻrtacha yillik yogʻin 190–200 mm, asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Orografik toʻsiqlar yoʻqligi sababli sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida shimoli-sharq tomondan kirib keladi. Qashqadaryo Koson tumani bilan Kasbi tumani chegarasidan, Qarshi magistral kanali tuman hududidan oqib oʻtadi. Tuprogʻi och tusli boʻz va boʻz tuproq, shuningdek, taqir, shoʻrxok, qumoq tuproqlar ham mavjud. Bu tuproqlar aralash uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, qora shoʻra, yulgʻun, saksovul, isiriq, oq chitir, qizilmiya, oqbosh oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, quyon, tipratikan, toshbaqa, kaltakesak, echkemar, qum boʻgʻma iloni, chipor ilon bor. Qushlardan burgut, chumchuq, musicha, soʻfitoʻrgʻay, kaptar, mayna uchraydi. Hasharotlardan chayon, biy, qoraqurt bor.

 
Koson tuman hokimligi

Aholisi tahrir

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 160 kishi (2022) toʻgʻri keladi. Shaharliklar 156,3 ming kishi, qishloq aholisi 141,2 ming kishi (2022-yil).

Iqtisodiyoti tahrir

Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, chorvachilik.Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022-yil 1-oktabr holatiga Koson tumani boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 3388 tani tashkil etdi. Tumanda paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, non kombinati, yogʻ-ekstraksiya zavodi, gʻoʻzapoyadan karton qogʻozi ishlab chiqariladigan oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasi, "Koson Baxt textile", „Istiqlol“ savdo-sanoat korxonasi, gʻisht zavodi, qandolatpazlik va kulolchilik sexlari, bosmaxona, Koson, Poʻloti, Alatun dehqon bozorlari bor. 2 qoʻshma korxona, 67 kichik korxona, 2 kooperativ korxona, 9 qishloq xoʻjaligi kooperativi, 14 fermer xoʻjalik uyushmasi, Yerqoʻrgʻon parrandachilik fabrikasi mavjud.

Koson tumanining tashqi savdo aylanmasi:

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga koʻra, 2022-yil 1-mart holatiga Koson tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 7,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Shundan:

🟣Eksport – 4,1 mln. AQSh dollari

🟣Import – 3,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 144,9 ming ga, paxta 24,8 ming ga, gʻalla 26,7 ming ga yerga ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 45,7 ming qoramol, 196,3 ming qoʻy va echki, 10,9 ming parranda boqiladi (2003). 2022-yil 1-yanvar holati boʻyicha Koson tumanida 2,4 ming ot mavjud.

Tumanda 102ta umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 50 000 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. 5 kasb-hunar maktabi, 36 kutubxona, 12 ta madaniy muassasa mavjud. 865 oʻringa moʻljallangan 8 kasalxonada 274 vrach ishlaydi. Tugʻruqxona, poliklinika, dorixona bor. „Umid yulduzi“ tuman gaz. 1998-yildan chiqadi (adadi 8200 dan ziyod).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil