Said ota masjidi – Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1766). Masjid usti yopiqhovli (14,0x7,0 m), xonaqoh (7,0x7,0 m), ayvon va unga kiraverishdagi qoʻshimcha xonalar (qorovulxona, otxona va boshqalar)dan iborat. Masjid oldini qator ustunli ayvonlar egallagan. Hovli markazida quduq saqlangan. Xonaqoh gumbaz tomli, gumbaz asosiga gʻishtin sharafalar, ostki qismiga 8 ta ravokdi deraza ishlangan. Said ota masjidim. bezaksiz, yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan ustun, eshik va deraʼzalar diqqatga sazovor. Darvozadagi arab yozuvlari orasida masjidning qurilgan yili qayd etilgan.[1]

Masjid
Said ota masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xonqa
Mulkdor Davlat mulkiga qarashli
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil