Sulton Ahmad Mirzo

Samarqand hokimi (1469—1494)

Sulton Ahmad Mirzo (1451, Samarqand — 1494, Oqsuv mavzesi, Oʻratepa) — Movarounnahr hukmdori (1469—94). Temuriylar sulolasidan.

Sulton Ahmad Mirzo

Sulton Ahmad Mirzo portreti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Temuriylar imperiyasi sultoni
Saltanat 1469-yil fevral — 1494-yil iyul
Oʻtmishdoshi Abu Said
Davomchisi Sulton Mahmud Mirzo
Tugʻilishi

1451-yil
Samarqand, Temuriylar imperiyasi

Vafoti

1494-yil, iyul
Oʻratepa, Temuriylar imperiyasi

Uy Temuriylar
Otasi Abu Said
Onasi Oʻrdu Bugʻo Tarxonning qizi
Dini Islom

Abu Said Mirzoning katta oʻgʻli. Onasi — Oʻrda Bugʻa Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shoxruxiya va Sayramni oʻz tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga topshirgan. Xoʻjand bilan Oʻratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida boʻlgan. 1493-yil Sulton Ahmad Mirzo kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga — Umar Shayx Mirzoga karshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Margʻilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo toʻsatdan vafot etib, taxtga 12 yoshli Bobur oʻtirgan. Bek va amirlar xalqni dushmanga karshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. Sulton Ahmad Mirzo Boburga Fargʻona hukmronligini „inʼom“ etib Samarqandga qaytgan, biroq Oʻratepaga yetganda vafot etgan. Sulton Ahmad Mirzo Movarounnahrda nufuzi nihoyatda baland boʻlgan Xoja Ahrorni oʻziga pir tutgan. Oysha Sulton begim va Maʼsuma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari boʻlgan.

Adabiyot tahrir

  • Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; M ugʻam madjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.