Mehmet Akif Ersoyning uy muzeyi
Mehmet Akif Ersoy muzey uyi — Anqaraning Altındağ tumanida joylashgan uy muzeyi. Mehmet Akif Ersoy Turkiyaning mustaqillik urushi yillarida Anqarada istiqomat qilgan va koʻplab sheʼrlarini, xususan, Turkiya davlat madhiyasini aynan shu yerda yozgan. Anqaradagi ushbu uy hozirda muzeyga aylantirilgan. U Hacettepe universitetining markaziy kampusi atrofida joylashgan.
Mehmet Akif Ersoyning uy muzeyi | |
---|---|
Muzeyning tashqi ko'rinishi | |
Eski nomlari | Taceddin Dargohi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Xususiy mulk |
Turi | xonadon |
Tasnifi | 1949-yildan muzeyga aylangan |
Joylashuvi | Hacettepe universitetining markaziy kampusi atrofida joylashgan |
Manzili | Mehmet Akif Ersoy ko'chasi, 9-ko'cha, 06230 Altındağ/Ankara, Turkiya |
Shahar | Anqara |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 39°55′58″K 32°51′53″D |
Qurilishi boshlangan | Noma'lum |
Qurilishi tugagan | 1826-yil |
Texnik holati | |
Material | yogʻoch va pishgan gʻisht |
Qavatlar soni | 1 |
https://muzeler.org/mehmet-akif-ersoy-evi-muzesi--385225 |
Bir paytlar Taceddin dargohi boʻlgan ikki qavatli yogʻoch inshoot urush yillarida Taceddin Shayx tomonidan Mehmet Akifga beriladi. Bino 1949-yilda shahar Kengashi qarori bilan muzey uyiga aylantirilgan. Biroq bino uzoq yillar davomida xaroba holatda qolib ketgan. U 1982-yilda qayta tiklangan va 1984-yilda tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochilgan.
Muzey uyida Mehmet Akif Ersoyga tegishli choʻntak soati, koʻzoynak, tasbeh va miltiq bor. Shoirning yuz qolibi muzeyda namoyish etilgan muhim eksponatlardan biridir.
Uyning qarshisida 2003-yilda qurilgan Mehmet Akif byusti va davlat madhiyasining dastlabki ikki bandi yozilgan yozuv mavjud[1].
Bino tarixi
tahrirTaceddin dargohi birinchi boʻlib Hacı Bayram-ı Veli tomonidan asos solingan Bayramiya tariqatining bir boʻlimi boʻlgan Jelvetiylar uchun Sulton Sulaymon tomonidan bunyod etilgan. U oʻz nomini qabri bogʻda boʻlgan Taceddin Sultondan olgan. 1826-yilda taʼmirlanib, Sulton Abdülmecit tomonidan baʼzi oʻzgarishlar amalga oshirilgandan soʻng qabr, favvora, qabriston va masjiddan iborat majmuaga aylangan. Dargoh joylashgan ko‘cha keyinchalik Mehmet Akif Ersoy ko‘chasi deb qayta nomlangan.
Mehmet Akifning hayoti
tahrirMehmet Akif Ersoy Istanbul ishgʻol qilingandan keyin milliy ozodlik kurashiga qoʻshilish uchun Anqaraga kelgan. Taceddin-i Veli jome masjidi imomi Tevfik Çiftdoğan uni juda hayratda qoldirib, shaharda ijaraga uy topish juda qiyin boʻlgan oʻsha paytlarda majmuada joylashgan bu binoni unga topshirgan.
Mehmet Akif doʻstlari bilan milliy kurash masalalarini ushbu uyda muhokama qilgan. U dastlab davlat madhiyasini yozish uchun oʻtkazilgan tanlovda qatnashishdan bosh tortgan edi. Chunki u tanlov uchun pul mukofoti qoʻyilgandan norozi boʻlgan. Tanlovda ishtirok etgan sheʼrlarning hech biri davlat madhiyasi uchun mos deb topilmaganda, oʻsha paytdagi Milliy taʼlim vaziri Hamdullah Suphi Bey, Akifning doʻsti Hasan Basri Beyga Akifni madhiya yozishga ko'ndirishini iltimos qilgan. Mehmet Akif Hasan Basri Beyning iltimosiga binoan ushbu uyda Milliy madhiyani yozishni boshlaydi. Shoir tunda kelgan ilhomni oʻtkazib yubormaslik uchun sham yorugʻida dargah devorlariga bir nechta toʻrtliklarni oʻyib yozganligi rivoyat qilinadi. Mehmet Akif oʻzining mashhur bulbul sheʼrini ham aynan shu uyda yozib tugatgan.
Dafn marosimlari
tahrirTurkiyalik siyosatchi Muhsin Yazıcıoğluning qabri ham ushbu muzey bogʻida joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mehmet Akif Ersoy Evi“ (2015-yil 1-aprel). 2015-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.