Mesbahiya madrasasi (arabcha: المدرسة المصباحية) — Fes-el-Balidagi madrasa, Marokashning Fes shahridagi eski Madina mahallasida joylashgan. Uning qurilishi 1346-yil, Mariniylar hukmronlik davriga toʻgʻri keladi. U al-Qaroviyyin universiteti yonida joylashgan[1].

Madrasaning ichki koʻrinishi, hovlining shimoliy tomonidagi bezatilgan archa yoʻli (1916-yildagi surat)

Tarixi

tahrir

Madrasa 1346-yilda, Mariniylar davrida, shahardagi madrasalarning asosiy quruvchisi boʻlgan Mariniy sultoni Abu al-Hasan homiyligida qurib bitkazilgan[2]. Bino nomi madrasada dars bergan birinchi faqih al-Mesbahiy (Islom huquqshunosi) sharafiga qoʻyilgan[3]. Muassasa Al-Andalusdagi (Ispaniya) Almeriya shahridan Abu al-Hassan tomonidan olib kelingan, qurilish va bezashda ishlatilgan oq marmari bilan ajralib turardi[3]. Marmardan keng foydalanish madrasaga Madrasa ar-Rham (arabcha: مدرسة الرخام) laqabining qoʻllanilishiga sabab boʻlgan. Bu nom „marmar maktabi“ degan maʼnoni anglatadi[1].

Arxitekturasi

tahrir
 
Hovli va koʻp qavatli galereyaning koʻrinishi (taxminan 1921-yilgi fotosurat)

Markaziy hovli atrofida joylashgan bino dastlab birinchi qavat va uchta yuqori qavatdan iborat boʻlgan, biroq yuqori qavat vayron qilingan. Hovlining shimoliy tomonida toʻrtburchak shakldagi namozxonaga olib boradigan katta qoʻsh eshik bor. Ikki arkli kirish eshigi Mariniy arxitekturasi kontekstidagi oʻziga xos element boʻlib, oʻyilgan bezaklar bilan bezatilgan, shu jumladan uning atrofida ramkada nasx uslubida yozilgan arab yozuvi bor[3]. Faoliyatiga qaramay, namozxonada mehrob yoʻq. Madrasa turli qavatlaridagi jami 117 xonada mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 140 ga yaqin talabalar tahsil olishi mumkin boʻlgan[3].

Saqlanish holati

tahrir

Madrasa jiddiy zarar koʻrgan va vaqt oʻtishi bilan uning elementlari qarovsiz holda qolib ketgan hamda sifatsiz taʼmirlash ishlari tufayli vayronaga aylangan. Namozxonaning gumbazi, tahoratxonaning shifti va boshqa baʼzi xonalar vayron boʻlgan, ramziy marmarlar ham buzilib ketgan. Biroq, u hali ham mariniy naqshlarining qimmatli elementlarini va oʻsimlik va geometrik bezaklarning oʻziga xos shakllarini oʻzida saqlab qolgan. 1990-yillarning boshida boshlangan restavratsiya ishlari inshoot tiklanishida muhim ahamiyat kasb etgan[1]. Shahardagi boshqa madrasalar va tarixiy obidalar uchun kengroq restavratsiya dasturi doirasida o'tkazilgan loyiha 2017-yildan boshlanib, restavratsiya ishlari nihoyat to'liq yakunlangan[4]. Qayta tiklash ishlari nihoyalangach, madrasa Qaraviyyin universitetiga xizmat qilish uchun topshirilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 المدرسة المصباحية.. كانت مزارا لنهل علوم الفقه والفلك. Maghress. Retrieved January 22, 2018.
  2. Penell, C. R. Morocco: From Empire to Independence; Oneworld Publications, Oct 1, 2013. pp.66-67.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Mezzine. „Misbahiya Madrasa“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  4. „La magnifique rénovation des 27 monuments de Fès – Conseil Régional du Tourisme (CRT) de Fès“ (fr-FR). 2020-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
  5. LesEco.ma. „Fès renoue avec son passé de cité des médersas“ (fr-FR). LesEco.ma (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.

Havolalar

tahrir

34°03′54.7″N 4°58′23.5″W / 34.065194°N 4.973194°W / 34.065194; -4.973194