Mika Nyuton
Oksana Stefanovna Gritsay (ukraincha: Оксана Стефанівна Грицай; 1986-yil 5-mart, Burshtin, Ivano-Frankovsk viloyati[1]) — Mika Nyuton nomi bilan tanilgan, ukrainalik qoʻshiqchi va aktrisa. Eurovison 2011 qoʻshiq tanlovida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Mika Nyuton | |
---|---|
Tavalludi |
Oksana Stefanovna Gritsay 5-mart 1986-yil |
Janrlar | pop, pop-rok |
Kasbi | qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 1995-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | Ukraina |
Veb-sayt | mikanewton.com |
Hayoti
tahrirOtasi Stefan Gritsay yoshligida gitara chalgan, katta bobosi esa oʻzini skripka chalishni oʻrgangan va toʻylarda musiqachilik qilgan. Mikaning soʻzlariga koʻra, uning choʻqintirgan otasi Burshtinning „Energetik“ futbol klubining prezidenti boʻlgan[1]. Opasi Lilya va amakivachchasi Oleg bor[1]. Sport maktabida karate bilan shugʻullangan[1]. Bolaligida faqat ukrain tilida qoʻshiq kuylagan[2] .
1995-yildan boshlab Mika sahnada chiqishni boshlaydi. MIka musiqa maktabini fortepiano boʻyicha tamomlagan, bir vaqtning oʻzida vokalni oʻrgangan[1].
2001-yilda Mika Kiyevga koʻchib oʻtadi va bu yerdagi Davlat estrada va sirk sanʼati kollejining estrada vokal boʻlimiga oʻqishga kirib, uni tugatadi[3]. 2002-yilda Skadovskdagi „Qora dengiz oʻyinlari“ festivalida gʻolib boʻladi. Gritsay oʻsha yili prodyuser Yuriy Falyosa shartnoma imzolaydi. Prodyuser qoʻshiqchi uchun „Mika Nyuton“ taxallusini oʻylab topadi: „Mika“ nomi Mick Jagger va Mick Box kabi musiqachilardan olingan, „Nyuton“ esa inglizcha "New ton " (yangi tovush) soʻzida olingan[4].
Xonandaning birinchi xitlari „Ubejat“ va „Anomaliya“ boʻlgan. „Ubejat“ qoʻshigʻi uchun suratga olingan videoklipini Ukraina telekompaniyalari axloqiy sabablarga koʻra koʻrsatishni rad etishadi, bu esa „Anomaliya“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olish uchun sabab boʻlgan. Klip qoʻshiqchiga birinchi mashhurligini olib keldi. „Lunopark“ (2005) va „V plenu“ qoʻshiqlari uchun videokliplar Moskvada suratga olindi. Mika Nyuton ukrainalik mashhur Potapning hamkori boʻlishi mumkin edi, ammo yakuniy tanlov Nastya Kamenskix foydasiga qiladi[4].
2005-yilda Kiyevdagi „Chayka“ aerodromida osmondan 4200 metr balandlikda parashyut bilan sakrashni amalga oshirdi[1][5].
Mika 2007-yilda Angliyadagi Guildford akademiyasida tahsil olgan[6].
2008-yil aprel oyida xonanda „Za MIR“ jamoat tashkilotini tuzadi[7].
2011-yil 26-mayda Mika Nyuton Donetskdagi Gorkiy nomli konga tushgan[8].
2011-yil 26-fevralda Mika Nyuton Eurovision 2011 qoʻshiq tanlovi uchun Ukraina milliy tanlovining finalida gʻolib chiqdi[9]. Biroq, ikki kundan soʻng, hakamlar hay’ati va baʼzi tanlov ishtirokchilari bu natijani haqiqiy emas deb tan olishni va finalni qayta oʻtkazishni talab qilishadi[10]. Ovozlarni qayta sanash jarayonida hech qanday qoidabuzarliklar aniqlanmadi va shu bilan Mika Nyutonning gʻalabasi tasdiqlandi[11].
12-may kuni Mika Nyuton Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovining ikkinchi yarim finalida oltinchi raqam ostida ishtirok etadi[12] va 14-may kuni boʻlib oʻtgan finalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi[13].
„Eurovision 2011“ finalida " Angel " qoʻshigʻini kuylagan Mika Nyuton 159 ball bilan 4-oʻrinni egallaydi[14].
„Eurovision“ dan soʻng MIka Kaliforniyaga joʻnab ketadi va 2013-yilgacha AQShda yashashni rejalashtiradi. JK-music guruhi unga va uning prodyuseri Timofey Nagorniyga hamkorlik qilishni va xonandani Gʻarbda targʻib qilishni taklif qilishadi[15] .
Nyuton 2022-yilgi Grammy mukofotining taqdirlash marosimida Jon Legend, ukrainalik qoʻshqichilar Suzanna Iglidan va Lyubov Yakimchuk bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida yaralangan va halok boʻlgan ukrainaliklarga bagʻishlangan spektaklda kuyladi[16][17].
2023-yil may oyida Eurovision 2023 tanlovida gʻolib boʻlgan shved qoʻshiqchisi Lorinning „Tattoo“ qoʻshigʻi atrofida janjal kelib chiqqanidan keyin Mikaning 2005-yilda chiqqan „V plenu“ qoʻshigʻi ham diqqat markazda boʻladi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ikki qoʻshiqning oʻxshashligini payqashadi[18].
Oilasi
tahrir- Otasi Stefan Gritsay (1958-yilda tugʻilgan) xizmat koʻrsatish stansiyasining direktori
- Onasi Olga Gritsay hamshira
- Katta opasi Liliya Gritsay harbiy xizmatchi[19].
2018-yil dekabr oyida MIka Saint Agency modellik agentligi egasi, amerikalik biznesmen Kris Saavedraga turmushga chiqadi[15][20].
Yutuqlari
tahrir- 1995 — „Zolotiy Tik“ (ukraincha: Золотой Тик), 2-oʻrin
- 1996 — „Nadiya“ (ukraincha: Надежда, Lvov), 3-oʻrin
- 1997 — „Fant-loto Nadiya“ (ukraincha: Фант-лото Надежда), 2-oʻrin
- 1997 — „Nadiya“, 1-oʻrin
- 1998 — „Chernomorski igri“ (ukraincha: Черноморские Игры, Skadovsk), 2-oʻrin[21]
- 1998 — „Pesni Opollya“ (ukraincha: Песни Ополья), 1-oʻrin
- 1998 — „Nadiya“, 3-oʻrin
- 1998 — „Zirki pokuttya“ (Gorodenka), Gran-pri
- 1999 — „Shans“ (Lvov), 3-oʻrin
- 2000 — „Krishtaleviy Jayvir“ (ukraincha: Хрустальный жаворонок, Ternopol), Gran-pri
- 2000 — „Moloda Galichina“ (ukraincha: Молодая Галичина, Novoyavorovsk), Gran-pri
- 2000 — „Vechori nad Latoritseyu“ (ukraincha: Вечера над Латорицей, Mukachevo), 1-oʻrin
- 2000 — „Volodimir“ (ukraincha: Владимир, Vladimir-Volinskiy), 1-oʻrin
- 2002 — „Chernomorski igri“, 1-oʻrin
- 2008 — „Novaya volna“ (Yurmala), 12-oʻrin
- 2011 — „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2011“ (Dyusseldorf), 4-oʻrin
Filmografiyasi
tahrirFilmdagi rollari
tahrir- 2006 — „Jizn vrasplox“ (Rossiya) — kameo
- 2008 — „Dengi dlya docheri“ (Ukraina-Rossiya) — bosh rolRomana, Nina va Yuriyning qizi
Soundtreklari
tahrir- 2005 — „Ot 180 i vishe“ („Anomaliya“)
- 2006 — „Kadetstvo“ („V plenu“, „Beliye loshadi“, „Lunopark“, „Fakt“, „Tayesh“, „Anomaliya“)
- 2007 — „Jizn vrasplox“ („Anomaliya“, „Sunami“, „Lunopark“, „Teplaya reka“, „Fakt“)
- 2007 — „Dengi dlya docheri“ („Anomaliya“)
- 2008 — „Ya lechu“ („Vishe, chem lyubov“, „Arlekino“, „Pojarniye“, „Plachedo domingo“)
- 2009 — 2010 — „Kremlyovskie kursanti“ („V plenu“, „Beliye loshadi“, „Lunopark“, „Fakt“)
Albomlari
tahrir
|
|
|
|
Kliplari
tahrir
|
|
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 В. Куленко. „Мика Ньютон: девочка-эпатаж“ (ru). Событие (2011-yil 18-aprel). 2013-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyun.
- ↑ „Міка Ньютон в гостях у E-motion. Веб-конференція онлайн на conferences.tochka.net“. 2022-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Іstorіya — Kiїvska munіsipalna akademіya estradnogo ta sirkovogo mistestv“. 2022-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 Павел Тесленко. „Мика Ньютон - девушка-энерджайзер“ (ru). ТВ Плюс. 2021-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
- ↑ „Мика Ньютон представит Украину на Евровидении 2011“ (ru). Analitika.at.ua. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyun.
- ↑ „Мика Ньютон в гостях у E-motion“. 2010-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-may.
- ↑ „Корреспондент.net: Певица Мика Ньютон создала организацию За МИР“. 2008-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-may.
- ↑ Ирина Панская. „Мика Ньютон добыла стране донецкого угля“ (ru) (2011-yil 27-may). 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyun.
- ↑ „News Eurovision Dusseldorf Germany 2011 Новости Евровидения 2011 Дюссельдорф Германия“. 2013-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-fevral.
- ↑ „Ukraine: National final on March 3rd“ (en). ESC Today. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
- ↑ „Официально: Украину на "Евровидении-2011" представит Мика Ньютон“ (ru). KP.ua. Комсомольская правда в Украине. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-mart.
- ↑ Mika Nyuton vistupit na Yevrovidenii pod nomerom shest na korrespondent
- ↑ Татьяна Данилова. „Мама Мики Ньютон: «Нас два часа поздравляли, я плакала от радости!»“. Сегодня. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Дополнение: Украинская певица М. Ньютон заняла 4 место на песенном конкурсе «Евровидение-2011»“. 2011-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-may.
- ↑ 15,0 15,1 „Покинувшая Украину певица вышла замуж за американца: фото роскошной невесты“. obozrevatel.com (2018-yil 24-dekabr). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.
- ↑ „Zelenskyy makes video appearance at Grammys“. 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
- ↑ „John Legend and Ukrainian Artists Call For a ‘Free’ Country With 2022 Grammys Performance“. 2022-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
- ↑ „Loreen "сплагиатила" песню у Мики Ньютон: в Сети неожиданно появились "доказательства"“ (ru). ТСН.ua (2023-yil 15-may). 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „Чat c личностью (архив): Мика Ньютон >>“. 2011-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
- ↑ „Это официально: Мика Ньютон вышла замуж“. Сегодня (2018-yil 23-dekabr). 2018-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-dekabr.
- ↑ „I Всеукраїнський благодійний дитячий фестиваль “Чорноморські Ігри”“ (uk). Таврійські Ігри. 2013-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-iyun.
- ↑ „Мика Ньютон Дискография (Mika Newton Discography)“. 2011-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-aprel.
- ↑ Sʼyomki novogo klipa Miki Nyuton „Luna Park“ Muzikalnaya Gazeta
- ↑ intervyu so sʼyomok „Tyoploy reki“
- ↑ Mika Nyuton razbila „yaguar“ za 80 tisyach dollarov Gazeta.ua
- ↑ Klip „Moscow calling“
- ↑ Semen Gorov snyalsya v klipe Miki Nyuton „Sdavaysya mne!“ (Wayback Machine saytida 2013-10-02 sanasida arxivlangan) } starlife.com.ua
- ↑ Mika Nyuton — Angel[sayt ishlamaydi] PRO-PRODUCTION GROUP
- ↑ Mika Newton — Angel (Eurovision 2011 official music video, Ukraine)[sayt ishlamaydi] PRO-PRODUCTION GROUP
- ↑ Mika Nyuton predstavila perviy amerikanskiy klip Like.lb.ua
- ↑ Mika Nyuton prezentovala noviy klip na ukrainskuyu pesnyu Jenskiy jurnal IVONA
- ↑ Mika Newton — Magnets (Official Music Video)
- ↑ Mika Newton — Come Out and Play (OFFICIAL MUSIC VIDEO)