Mingbuloq togʻi — Qorjontov tizmasi tarkibi (Toshkent viloyati)dagi togʻ. Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston chegarasida joylashgan. Balandligi 2823 m gacha, Qorjontov tizmasining eng baland joyi hisoblanadi. Togʻ kuchli parchalangan. Alp tipidagi relyefga ega. Yuqori paleozoy davrining intruziv va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Jigarrang tuproqlarda siyrak archazorlar va turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar tarqalgan. Alpinist va togʻ sayyoxdarining balandlikka koʻtarilish boʻyicha mashq qiladigan joyi.[1]

Mingbuloq togʻi janubiy tomonda

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil