Mirza Muhammad Xon I
Mirzo Muhammadxon I Boku xonligining asoschisi boʻlgan.[1][2] U 1723-yilda Bokudagi Eron garnizoni qoʻmondoni avlodidan edi.[3]
Mirza Muhammad Xon I | |
---|---|
Saltanat | 1747-1768-y.y. |
Taxtga chiqqan yili: | 1747-y. |
Oʻtmishdoshi | Galem Gilan |
Davomchisi | Malik Muhammad Xon |
Tugʻilishi |
1727 Boku |
Vafoti |
1768-yil 17-oktabr (40-41 yosh) Boku |
Dafn etilgan joy | |
Otasi | Dargah Qoli Bek |
Dini | Shia Islom |
Tarixi
tahrirMirzo Muhammadxon asli Mozandaronlik oilaga mansub edi. U XVIII asrning birinchi choragida Boku hokimi boʻlgan Dargah qoli begning oʻgʻli edi.[4]
Hayoti
tahrirU 1727-yilda Bokuda tugʻilgan. Uning otasi kamida 1731-yilgacha hukmronlik qildi.[5] Biroq u noma'lum yilda davlatga xiyonatda ayblanib, vazifasidan ozod qilindi. U Nodirshohga qoʻshiladi va 1738-yilgi jangda halok boʻladi. Ganja shartnomasidan soʻng Nodirshoh Gʻilondan Galemni Boku sultoni etib tayinladi, shuningdek, Ashurxon Afshorga Absheron yarim orolidan Sabunchu, Keshla va Zabrat yerlarini berdi.[6] Nabirasi Malik Muhammadxonning oʻgʻli uning nomi bilan atalgan. Shuningdek, u 11 yoshli nevarasi Mirzo Muhammadni xon deb tan oldi.
Hukmronlik
tahrirNodirning vafotidan foydalanib, u shaharni egallab, sultonni oʻldiradi va 1747-yilda sobiq noib Salim xonning ulugʻi Muhammad Salim bekni yangi sulton etib tayinlaydi.[7] Uning birinchi harakati dengiz flotini qayta qurish edi. Chunki u ham Nodirshohning sobiq admirali va Langarud kemasozlik zavodining boshligʻi edi.[8]
1749-yilda yangi afshorshoh Ibrohim Afshar Shimoliy Kavkaz xonliklaridan qoʻshimcha kuch talab qilganida vaziyat oʻzgardi. Barcha xonlar ichida faqat Shirvon hoji Muhammad Alixon yangi fors shohiga boʻysundi.[9] Qorabogʻ xonliklari, Shaki, Boku, Salyan va Gabala sultonligi oʻz mustaqilligini saqlab qolishga urinib, ittifoq boʻlib Shomaxiga bostirib kirishdi va Hoji Muhammadni afshoriylarga boʻysunmaslik haqida qasam ichishga majbur qildi. Koʻp oʻtmay Hoji Muhammad taxtdan agʻdariladi va oʻrniga Hoji Chalabiy tomonidan yuzboshi tayinlandi. Mintaqaviy siyosatning yana bir oʻyinchisi shohsevon qabilasining boshligʻi Ahmadxon Shohsevon edi. U xonlarni Hoji Chalabiyning hukmronligiga barham berishga undagan. Muhammad Mirzo Ahmadxon tarafiga oʻtdi, ammo jangda u halok boʻldi. Mirzo Muhammad jonini arang qutqarib qoldi.
Yangi toj kiygan Shohruh Afshor bosqinidan qutulish maqsadida u oʻz elchisi Hoji Fehimni Rossiyadan himoya soʻrash uchun Astraxanga yuboradi. Keyinchalik u 1758-yilda Qubo xoni Husaynali xonga ittifoqchi boʻldi.
1756-yilda u oʻgʻlini Shohsevonlik Ahmadxonning qiziga unashtiradi. Ammo Salyon xoni Ibrohim xon Rudbar Ahmadxonning oʻlimidan foydalanib, uni nikohdan oldin tortib oladi. Mirzo Muhammadxon Salyon xoni bilan jang qilishga qaror qildi va hatto Kurani kesib oʻtish uchun ikkita koʻprik ham qurdi. Bu yurishning natijalari haqida bizda ma’lumot yoʻq, aftidan, bu yurish sodir boʻlmagan. Chunki 1757-yilda Guba valiahd shahzodasi Fatali va uning qoʻshini Salyon xonligiga hujum qilib, Ibrohimxonni quvib chiqaradi va Salyanni Gubaga qoʻshib oladi.[10]
Kelasi yili Forsdan yana bir tahdid - Muhammad Hasan xon hozirgi Ozarbayjon hududiga bostirib kirdi. Mirzo Muhammad dastlab Shohverdixon bilan ittifoq tuzishga urinib koʻrdi, ammo buning oqibatini sezib, oʻz elchisi hoji Abdul Alini Muhammad Hasanga oʻlpon bilan yubordi. Qoʻshimcha ehtiyot chorasi sifatida u Jon Elton boshchiligidagi dengiz guruhini ishga oldi. Bu vaqtda uning ixtiyorida 3 ta harbiy kema va 3 ta savdo kemasi bor edi.
Tez orada u Guba xoni Fataliyning hukmronligini tan oldi va uning Muji qal'asini egallash kabi harbiy yurishlariga qoʻshila boshladi. Bu ittifoqni u siyosatdan deyarli boʻsh boʻlganidan keyin oʻgʻlini Fatali xonning singlisiga uylantirish orqali mustahkamladi. 1768-yil 17-oktabrda vafot etdi. Jasadini Karbaloga dafn qilishdi.
Oilasi
tahrirUning Mardaqon va Shagʻonni boshqargan Hodi beg degan ukasi bor edi. Uning toʻrt oʻgʻli qoldi:
- Malik Muhammadxon (1768-1784-yillar hukmronligi)
- Mirzo Muhammadxon II (1784-1791-yillar hukmronligi)
- Muhammadqulixon (1791-1792-yillar hukmronligi)
- Hoji Aliquli ogʻa
- Husayngulu xon (1792-1806-yillar hukmronligi)
- Mehdigulu ogʻa
- Hoji Abdulhusayn ogʻa
Manbalar
tahrir- ↑ Zonn 2010.
- ↑ Bloom 2009.
- ↑ Atkin, Muriel. Russia and Iran, 1780-1828. University of Minnesota Press, 1980 — 18-bet.
- ↑ Bournoutian 2021.
- ↑ Bakikhanov (2010), pp. 157
- ↑ Ashurbeyli (1992), p.218
- ↑ Ashurbeyli, p. 274
- ↑ Lerch J. J., «Nachricht von der zweiten Reise nach Persien, welche der Keisereliche Russische Collegienrath J. J. Lerch von 1745 bis 1747, gethan hat» (Biischings «Magazin», Bd. X, Hamburg, 1776) p.450 (in German)
- ↑ Iskenderova M.S. The Baku Khanate, Baku: Çaşıoğlu, 1999, p.68
- ↑ Iskenderova, p.71
Adabiyotlar
tahrir- Bournoutian, George. From the Kur to the Aras: A Military History of Russia's Move into the South Caucasus and the First Russo-Iranian War, 1801–1813. Brill, 2021. ISBN 978-9004445154.
- Bloom, Jonathan; Blair, Sheila, eds (2009). "Mardakan". Grove Encyclopedia of Islamic Art & Architecture. Oxford University Press. ISBN 9780195309911. https://books.google.com/books?id=un4WcfEASZwC&q=Mirza+Muhammad+Khan+I+Baku&pg=RA1-PA464.
- Zonn, Igor S.; Kosarev, Aleksey N; Glantz, Michael H. et al., eds (2010). "Baku Khanate". The Caspian Sea Encyclopedia. Springer Science & Business Media. ISBN 978-3642115240.
- Ashurbeyli, Sara (1992) History of Baku:Medieval Ages, Baku ISBN 9789952421675