Monashe Abramov

sovet va oʻzbek sharqshunosi, tarixchi. Professor, tarix fanlari doktori.

Monashe Mishailovich Abramov (1926-yil 20-dekabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR1998-yil 13-oktyabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbekistonlik sharqshunos, tarixchi. Professor, tarix fanlari doktori.

Monashe Mishailovich Abramov
Tavalludi 20-dekabr 1926-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 13-oktyabr 1998-yil(1998-10-13)
(71 yoshda)
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Istiqomat joylari Samarqand
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi sharqshunos, tarixchi
Sohasi Samarqand tarixi va Buxoro yahudiylari tarixi
Ish joylari Maksim Gorkiy nomidagi Samarqand pedagogika instituti
Samarqand davlat universiteti
Taʼlimi Samarqand pedagogika instituti
Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari professor Ivan Ivanovich Umnyakov
Mashhur ishlari „Samarqand guzarlari“
ruscha: „Гузары Самарканда“
„Samarqanddagi buxorolik yahudiylair (1843-1917)“
ruscha: „Бухарские евреи в Самарканде (1843–1917 гг.)“
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Monashe Abramov 1926-yil 20-dekabrda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan[1][2]. Monashe Abramov kelib chiqishi Buxoro yahudiylariga borib taqaladi. 1933−1941-yillarda Samarqand shahridagi 25-oʻrta maktabda oʻqigan[3]. 1941−1944-yillarda Samarqand pedagogika institutida, 1944−1946-yillarda Samarqand davlat universiteti tarix fakultetitda tahsil olgan.

1949-yil iyul oyida Samarqand shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi pedagogika institutiga ishga qabul qilingan, keyinchalik O‘zbekiston davlat universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan[3]. 1960–1982-yillarda Monashe Abramov Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekan muovini lavozimida ishlagan[2]. 1982–1998-yillarda Monashe Abramov tarix fakultetining O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasini boshqargan[1].

Vafoti

tahrir

Monashe Abramov 1998-yil 13-oktybarda Samarqandda vafot etgan[1]. Samarqanddagi yahudiylar qabristoniga dafn etilgan[4][2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Monashe Abramovning ilmiy-tadqiqot faoliyati Samarqand tarixi va Buxoro yahudiylari tarixini oʻrganishga qaratilgan edi. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlgan[1]. Monashe Abramov professor Ivan Umnyakov ilmiy rahbarligida 1958-yilda „Samarqand viloyatidagi „Qoʻshchi“ uyushmasining faoliyati (1919–1927)“ (ruscha: «Деятельность союза „Кошчи“ в Самаркандской области (1919–1927 гг.)») mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1][2].

1989-yilda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ruscha: „Социально-экономическая и культурная жизнь Самарканда в XVI- первой половине XIX вв.“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. Eng mashhur ilmiy asarlari: ruscha: „Из истории Самарканда 30-40 годов XIII века“, „Из истории Самарканда конца XIII века“, „Из истории производства самаркандской бумаги“, „История Самарканда в его микротопонимах“, „Культура народов Средней Азии XIII-XV вв., „Гузары Самарканда“ (1989), „Бухарские евреи в Самарканде (1843-1917 гг.)“ (1993), „Улугбек и благоустройство городов Узбекистана“ (1991), „Samarqand qabristonlari“ (1995), „Tazkirai adabiyoti yahudiyoni buxori“ (1997) kitoblari hisoblanadi[1][3].

1994-yil 16-dekabrda Samarqand davlat universiteti tomonidan „faxriy professor“ ilmiy unvoni berilgan[1][2].

Mukofotlari

tahrir

Monashe Abramov 1947-yilda „1941−1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“ medali[2], 1994-yilda „Shuhrat“ medali, 1998-yilda „Doʻstlik“ ordeni[5], 1977-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 1987-yilda „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Шоиста Хасанова, Рахим Каюмов. „Вспоминая учителя“ (rus tilida). samcity.uz (2016-yil 28-dekabr). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Менаше Абрамов, Соломон Фатахов. Из истории и культуры бухарских евреев (rus tilida). Nyu-York: Independent Publisher,, 2014 — 292-bet. ISBN 1495133745, 9781495133749. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Шоиста Хасанова, Рахим Каюмов. „Воспоминая дорогого учителя. М.М.Абрамов“ (rus tilida). kultura.uz (2016-yil 31-dekabr). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  4. „Абрамов Манаше Мишоэлович“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  5. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-avgustdagi „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.

Havolalar

tahrir