Muattar Abdullajonovna Nabiyeva (1996-yil 2-iyun, Andijon) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2019-yilgi Osiyo chempionati sovrindori, Yaponiyadagi 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi.

Muattar Abdullajonovna Nabiyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2-iyun 1996-yil (1996-06-02) (28 yosh)
Andijon, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika

Sport faoliyati

tahrir

Muattar Nabiyeva 1996-yilda tugʻilgan. Andijonda istiqomat qiladi. U 2016-yilgi Yoshlar jahon chempionatida 58 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrinni olib, bronza medal sohibasi boʻldi.

2018-yili Jakartada boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 58 kg gacha  boʻlgan vazn toifasida  umumiy ogʻirligi 217 kg boʻlgan  shtangada tosh koʻtarib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni olgan edi.

2019-yilda Ninbo shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u 204 kilogramm natija bilan uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi.

2019-yil sentyabr oyida Pattayadagi jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi Muattar siltab koʻtarishda (96 kilogramm) kichik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yakuniy bayonnomada oltinchi boʻldi.

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Muattar Nabiyeva siltab koʻtarishda 98 kilogramm tosh koʻtarib, bu yoʻnalishda Olimpiada rekordini oʻrnatdi. Afsuski, dast koʻtarishda u magʻlub boʻldi. Umumiy 212 kg natija bilan Nabiyeva toʻrtinchi oʻrinni egalladi[1].

2021-yilning 16-25-aprel kunlari Toshkent shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Muattar Nabiyeva  bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ogʻir atletikachi 55 kg gacha  boʻlgan vazn toifasida ikki kurashda ishtirok etdi. Nabiyeva dast koʻtarishda 99 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtarib, kumush medal bilan taqdirlandi. Siltab koʻtarishda sportchi 114 kg tosh koʻtarib, uchinchi natijaga erishdi[2].

Sport natijalari

tahrir
Yil Musobaqa Oʻtkazish joyi Vazn toifasi Siltalab koʻtarish Dast koʻtarish Ikki kurash yigʻindisi Oʻrin
2015 Osiyo chempionati Пхукет 58 kg gacha 85 kg 100 kg 185 kg 5
Jahon chempionati Хьюстон 58 kg gacha 90 kg 107 kg 197 kg 18
2016 Osiyo chempionati Ташкент 63 kg gacha 90 kg 110 kg 200 kg 7
Jahon yoshlar chempionati Тбилиси 58 kg gacha 95 kg 112 kg 207 kg  
Afrika-Osiyo chempionati Ammon 53 kg gacha 97 kg [3] 4
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati Tokio 58 kg gacha 92 kg 109 kg 201 kg 4
2017 Oʻzbekiston chempionati Chirchiq 58 kg gacha ? ? 193 kg[4]  
Islom birdamlik oʻyinlari Boku 58 kg gacha 89 kg 107 kg 196 kg  
Jang sanʼati boʻyicha Osiyo oʻyinlari va musobaqa maydonlarida Ashxobod 58 kg gacha 94 kg 118 kg 212 kg  
Jahon chempionati Anaxaym 58 kg gacha 97 kg
2018 Osiyo oʻyinlari Jakarta 58 kg gacha 98 kg 119 kg 217 kg 4
Jahon chempionati Xyuston 55 kg gacha 98 kg 114 kg 212 kg 4
Islom birdamlik federasiyasi sport chempionati Qohira 55 kg gacha 90 kg 115 kg 205 kg  
2019 Oʻzbekiston chempionati Chirchiq 59 kg gacha 95 kg 117 kg 212 kg[5]  
Osiyo chempionati Ninbo 55 kg gacha 91 kg 113 kg 204 kg  
Jahon chempionati Pattayya 55 kg gacha 96 kg 113 kg 209 kg 6
IWF Grand Prix ODESUR CSLP Lima 55 kg gacha 93 kg 111 kg 204 kg  
IWF World Cup Tyanzin 55 kg gacha 88 kg 111 kg 199 kg[6]  
Qatar International Cup(ingl.) Doha 55 kg gacha 89 kg 114 kg 203 kg  
2020 Islom birdamlik federasiyasi sport chempionati Toshkent 55 kg gacha 89 kg 111 kg 200 kg[7]  

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir