Muhabbat (Vohidov asari)
„Muhabbat“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1976-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1982-yil ayni nashriyotda qayta nashr qilingan.[1] Ikkinchi nashr uchun adabiyotshunos Laziz Qayumov soʻngsoʻz yozgan.
Muallif(lar) | Nodir Atoyev |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
2022 2028 (qayta nashr) |
Sahifalar soni | 447 (qayta nashr) |
Qayta nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Q. Rahimboyeva – muharrir, M. Reyx – rassom, I. Kiriakidi – rasmlari muharriri, E. Potapova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.
Boʻlimlari
tahrirBoʻlim | Boʻlim boshida keltirilgan sheʼriy parcha | Qisqa tavsif |
---|---|---|
I |
Qancha intilganman, kursi qoʻymasdan |
Birinchi boʻlimdan Vohidov 1952–1960-yillarda yozgan sheʼrlar oʻrin olgan. |
II |
El ustozim, men esam tolib, |
Ikkinchi boʻlimda shoir 1961–1964-yillarda yozgan sheʼrlar keltirilgan. |
III |
Koʻp ellarni kezim, koʻp yurtlar koʻrdim, |
Uchinchi boʻlimdan shoir 1025-1036-yillarda yozgan sheʼrlari, jumladan „Oʻzbekiston“ faxriyasi oʻrin olgan. |
IV |
Ahli sheʼr balki kitobim |
Toʻrtinchi boʻlimda shoir 1967–1976-yillarda yozgan, asosan aruz vaznida yozgan sheʼrlari va gʻazallari keltirilgan. Jumladan, boʻlimdan shoirning taniqli „Oʻzbegim“ sheʼri hamda Fuzuliy, Alisher Navoiy va Bobur gʻazallariga yozgan muxammaslari oʻrin olgan. |
V |
Qoʻzichogʻim, koʻzlaringni yum. |
Beshinchi boʻlimda shoir 1951–1962-yillarda yozgan, asosan bolalar uchun moʻljallangan sheʼrlar keltirilgan. |
VI |
Oy oʻrtanar koʻzlarida yosh, |
Oltinchi boʻlimda Vohidovning xorijiy ijodkorlar asarlaridan qilgan tarjimalari oʻrin olgan. Xususan, boʻlimda Abu Ali ibn Sino, Geothe („Faust“dan parchalar), Sergey Yesenin, Aleksandr Tvardovskiy, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Andrey Malishko, Silva Kaputikyan, Muhammad Iqbol, Ulfat, Muxran Machavariani asarlarining badiiy tarjimasi qalamiga mansub sheʼrlar tarjimalari keltirilgan. |
Manbalar
tahrir- ↑ „Muhabbat“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.