Muhammad Ali hoji madrasasi
Muhammad Ali hoji madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Muhammad Ali hoji madrasasi 1707—1708-yillarda Qoʻsh madrasa guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy Ubaydullaxon davrida, Muhammmad Ali hoji tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrada uchinchi darajadagi oliy toifaga kirib, banoraspoʻsh mudarris dars bergan. Abdurauf Fitratning maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasaning yillik vaqf mablagʻi 150 ming tangani tashkil etgan. Muhammmad Ali hoji Buxoro xoni Subhonqulixonning amirlaridan biri hisoblangan. Muhammad Ali hoji madrasasida har bir hujrasida ikki nafardan talabalar istiqomat qilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Muhammad Ali hoji madrasasi Buxorodagi eng mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Ushbu madrasada faoliyat koʻrsatgan mudarrislarning yillik maoshi 85—90 tilla miqdorida boʻlgan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq beshdan ortiq vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Ushbu madrasa faoliyati bilan bogʻliq Buxoro amiri Amir Muzaffarxonning bitta yorligʻi topib oʻrganilgan. Ushbu yorligʻ 1875-yil avgust oyida rasmiylashtirilgan boʻlib, unda qozi askar domulla Xojikalonga Muhammad Alixon madrasasida yarim sahm dars berilganligi toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi[2]. Sadri Ziyo Muhammad Ali hoji madrasasida 17 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Muhammad Ali hoji madrasasi 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Muhammad Ali hoji madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Muhammmad Ali hoji |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammmad Ali hoji |
Asosiy sana: 1707—1708-yillar
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 19 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.