Muhammad Solih (hokim va adib)

hokim va adib

Muhammad Solih (1455-yilda Xorazmda tugʻilib, 1535-yilda Buxoroda vafot etgan) — Xorazm hokimi amir Nursaidbekning o‘g‘li. Bobosi Shohmalik (vafoti: 1426-yil) Mirzo Ulug‘bek (1394-1449-yillar) saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulug‘bek, Jo‘gi Mirzo, Abu Saidsaroylarida eʼtiborli arboblardan bo‘lgan. Muhammad Solih Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydan (1414-1492-yillar) ilm o‘rgangan. Otasi vafot etgach, 1499-yil Shayboniyxon (1451- 1510-yillar, Marv)xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjo‘y, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. „Amir ul-ulamo“, „Malik ush-shuaro“ unvonlariga sazovor bo‘lgan. Muhammad Solih turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Sheʼrlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. O‘zbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston — „Shayboniynoma“ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. Dostonda qarama-qarshi tomonlarda harakatlanayotgan qo‘shin boshliqlari, davlat arboblari, qabilalar hamda Farg‘onadagi Bobur Mirzo, Shayboniyxon, Xuroson podshohi Husayn Boyqaro, Eron shohi Ismoil Safaviy davlatlarining ichki, tashqi siyosatlari to‘g‘risida ko‘pgina maʼlumot berilgan. Faxriy Hirotiy uning sheʼrlar devoni mashhur bo‘lganini, Vamberi esa, „Laylo va Majnun“ nomli turkcha go‘zal dostoni haqida xabar berganlar, lekin ular topilgan emas.

Muhammad Solih
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1455-yil
Vafoti 1535-yil
Dini Islom

Adabiyotlar

tahrir
  • Muxammedʼ Salixʼ. Sheybani-name. Sankt-Peterburgʻ: ElektropechatnyaI. M. Broganskogo, 1908;
  • MuhammadSolih. Shayboniynoma. / Nashrga tayyorlovchi va so‘zboshi muallifi E. Shodiyev. — Toshkent: Adabiyot va sanʼat,1989;
  • Faxriy Hirotiy. Ravzat us-salotin. Toshkent: Mumtoz so‘z, 2014[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 144-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.