Muhammad al-Asmandiy

faqih, mutakallim va usulshunos olim

Muhammadibn Abdulhamid ibn al-Hasan ibn al-Husayn ibn Hamza al-Asmandiy as-Samarqandiy (Alouddin, Abul Fath) (hijriy 488-yil (milodiy 1095-yil)da Samarqandda tavallud topib, 563-hijriy yil (milodiy 1168-yil)da vafot etgan) — „Alou-l-olim“ nomi bilan tanilgan faqih, mutakallim, dong‘i ketgan munozarachi va usulshunos olim. Samarqand ahlidan bo‘lgan. Sayyid Imom Ashraf al-Alaviy huzurida faqih bo‘lib yetishgan. Go‘zal iboralari va xilof ilmi haqida tasnif etgan asari bor. So‘ngra Bag‘dodga kelgan va uning ahli bilan bahs-munozara olib borgan.

Muhammad al-Asmandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1095-yil (hijriy 488-yil)
Vafoti milodiy 1168-yil (hijriy 563-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, mutakallim va usulshunos olim.

Asarlari

tahrir
  • Taʼliqa“ („Olamiy“ nomi bilan mashhur bo‘lgan bir necha jilddan iborat „Taʼliqa-izoh“);
  • Sharhu uyuni-l-masoil li-Abi-llaysi“ („Abullays bayon etgan masalalarning manbalariga sharh“, muallif uni „Hasru-l-masoil va qasru-d-daloil“ („Masalalar ko‘lamini belgilash va dalillarni qisqartirish“)deb nomlagan);
  • Sharhu-l-Jomiʼil-kabiyr“ (Shayboniyning bir necha jilddan iborat hanafiy fiqh sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyrasariga sharh");
  • al-Hidoya fi-l-kalom“ („Kalom ilmidagi to‘g‘ri yo‘l“);
  • Bazlu-n-nazar fi-l-usul“ („Usul al-fiqh haqidagi nuqtai nazarning samarasi“);
  • Sharhu manzuma fi-lxilof bayna-l-aʼimma“ ("Hanafiy fiqh xususida imomlar o‘rtasidagi ixtiloflarni yoritishga bag‘ishlangan NasafiyningManzuma fi-l-xilofbayna-l-aʼimmaasariga sharh")[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 137-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.