Muhammad ibn Ismoil
Muhammad ibn Ismoil al-Maktum (arabcha: مُحَمَّد ٱبْن إسْماعِيل ٱلْمَكتُوم, lotin alifbosida: Muḥammad ibn Ismāʿīl al-Maktūm; taxminan 740-813) Ismoil al-Muborakning toʻngʻich oʻgʻli va ismoiliylikdagi yettinchi imom edi. Ismoil vafot etgach, uning oʻgʻli Muhammad hijriy 148 (milodiy 765)-yilgacha bobosi Jaʼfar as-Sodiq qaramogʻida Madinada yashashni davom ettirdi. Abdulloh al-Aftahning vafotidan soʻng Muhammad ibn Ismoil Aliylar oqimining Husayniylar tarmogʻidagi eng asosiy aʼzosiga aylandi. Biroq, Muso al-Kozimni oʻz imomi deb tan olgan raqib guruhning mavjudligi va Abbosiylar xalifaligining barcha Aliylik tarafdorlarni taʼqib qilishi tufayli, Muhammad oʻgʻillari bilan Madinani tark etib, sharqqa yoʻl oladi. Shu sababli u „al-Maktum“ (soʻzma-soʻz „yashirin“) nomi bilan tanilgan. Madinada yashagan paytida uning ikki oʻgʻli, koʻchib ketganidan soʻng esa yana toʻrt oʻgʻli dunyoga keladi. Ular orasida uning vorisi Ahmad al-Vafiy ham bor edi. Muhammadning avlodlari keyinchalik Ifriqiya, Misr va Levantning katta qismini boshqargan, hamda Qohira shahrini barpo etgan Fotimiylar sulolasiga asos soladi.
Muhammad al-Maktum مُحَمَّد ٱلْمَكتُوم Ismoiliy taʼlimotiga koʻra 7-imom | |
---|---|
Unvoni |
al-Maktum al-Shakir |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
hijriy 122 ≈ milodiy 740 |
Vafoti |
hijriy 197 ≈ milodiy 813 |
Dini | Shialik |
Farzandlari |
Farzandlarining roʻyxati
|
Ota-onasi |
|
Hayoti
tahrirMuhammad Ismoil ibn Jaʼfarning toʻngʻich oʻgʻli va shia imomi Jaʼfar as-Sodiqning katta nevarasi edi[1]. Muhammadning hayoti haqida maʼlumotlar kam boʻlib, bugungi kungacha yetib kelgan, mavjud maʼlumotlarning aksariyati 15-asrda yashagan yamanlik ismoiliy olim va diniy rahbar Idris Imodiddinning bayonotidan olingan[2]. Uning onasi Ummu Farva ismli choʻri (umm al-valad) edi[lower-alpha 1][3]. Manbalarda aytilishicha, Muhammad 765-yilda 26 yoshda boʻlgan, yaʼni u taxminan 738-yilda tugʻilgan, biroq Dastur al-Munajjimin nomli bir manbada, uning tugʻilishini hijriy 121-yilning Zulhijja oyiga (milodiy 739-yilning noyabri) toʻgʻri keladi deb koʻrsatilgan. Muhammad hayotining dastlabki 24 yilini bobosi bilan, keyingi 10 yilini esa oilasi bilan Madinada oʻtkazgan[4].
Sunniy tarixchi al-Tabariy (vafot etgan 923-yil) Muhammadni roviy deb ataydi[4][5]. U bu unvonni yashirinishidan oldin qoʻlga kiritgan boʻlishi kerak.
Oilasi
tahrirMuhammadning Sharqqa hijrat qilishidan oldin tugʻilgan Ismoil va Jaʼfar ismli ikki oʻgʻli boʻlgan[6][7]. Ular tarixiy shaxslar boʻlib, oʻzidan keyin koʻp avlodlari yashab oʻtgan[6]. Ammo Ismoiliy asarlarida ularning ismlari kamdan-kam holatda tilga olinadi va mazhab rivojida deyarli hech qanday rol oʻynamagan. Hijratdan soʻng Muhammadning yana toʻrt oʻgʻli dunyoga keladi. Ulardan biri Abdulloh boʻlib, ismoiliylarning taʼkidlashicha, u Muhammadning qonuniy vorisi hisoblangan[7][8].
Yana qarang
tahrirIzohlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Daftary 2007, ss. 91, 95.
- ↑ Daftary 2007, s. 95.
- ↑ 3,0 3,1 Buyukkara 1997, s. 63.
- ↑ 4,0 4,1 Tajddin 2009, s. 25.
- ↑ Hollister 1953, s. 205.
- ↑ 6,0 6,1 Ivanow 1942, s. 38.
- ↑ 7,0 7,1 Daftary 2007, s. 96.
- ↑ Tajddin 2009, ss. 26, 28.
Havolalar
tahrir- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Tajddin, Mumtaz Ali. Brief history of the Shia Ismaili Imams, Karachi, 2009. [yaxshiroq manba kerak]
- Ivanow, Vladimir. Ismaili Tradition Concerning the Rise of the Fatimids. Islamic Research Association, 1942. ISBN 978-0-598-52924-4.
- Hollister, John Norman. The Shi'a of India. Luzac, 1953. ISBN 978-8170691068.
- Buyukkara, Mehmet Ali. The Imāmi Shi'i movement in the time of Mūsā al-Kāẓim and 'Ali al-Riḍa. Edinburgh University Press, 1997.