Muhiddin Aminzoda (19041966) – tojik sovet shoiri, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, sozanda, SSSRda xizmat koʻrsatgan artist.

Muhiddin Aminzoda
Tavalludi 22-mart 1904-yil
Xo'jand, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 9-sentyabr 1966-yil(1966-09-09)
(62 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Yozuvchi
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Muhammad Aminzoda 1904-yil 22-martda o'qituvchi oilasida tug'ilgan. U 1925-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtini tamomlab, muallimlik faoliyatini boshlagan. 1928—1929-yillarda Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagogik va musiqiy taʼlim olgan. Shundan so'ng, musiqa maktabida dars bergan. 1932-yildan boshlab, Xoʻjand musiqali drama teatrida adabiy direktor lavozimida ishlagan. 1937-yildan Dushanbe musiqali teatrida (1940-yildan Tojikiston opera va balet teatri) faoliyat yuritgan. Ijodi davomida u ikki marta (1954, 1957) „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukofotlangan.

Muhiddin Aminzoda ijodiy faoliyatini 1924-yilda boshlagan va uning ijodi tojik sovet sheʼriyatida alohida oʻrin tutadi. 1920—1930-yillarda yozgan sheʼrlarida u Oktyabr inqilobini ulugʻlagan, eski turmush tarzi, feodal dunyosi qoldiqlari va o‘tmish anʼanalariga qarshi fikr bildirgan. U shuningdek ayollar ozodligi uchun kurashgan va baxtli hayot haqida yozgan. Sovet yoshlari va tojik xalqining yangi hayot qurishdagi yutuqlari, Vatan, fan va bilim yutuqlarini ulugʻlagan. „Teshaboy“, „Suxani komsomol“, „Ba Modaram-Vatanam“ kabi asarlarida tojik xalqining fashizmga qarshi qahramonligini tasvirlagan.

Muhammad Aminzoda 1935-yildan boshlab Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi bo'lgan. U tojik sovet adabiyotida satirik sheʼriyat asoschilaridan biri sifatida tanilgan. Aminzoda sheʼrlari ixcham va tili sodda, u qoʻshiqlar muallifi sifatida ham mashhur bo‘lgan. Aminzoda ellikdan ortiq qoʻshiqlarni yaratgan muallifdir.

Tanlangan asarlari

tahrir
Sheʼriy toʻplamlari
  • „Nur“ (1935),
  • „Yaylov“ (1937),
  • „Bahori Vatan“ (1939),
  • „Sadoizafar“ (1944),
  • „Majmuai sheʼrho“ (1952),
  • „Sheʼrhoi Muntaxab“ („Tanlangan sheʼrlar“, 1949),
  • „Paxtakorlarga“ (1954),
  • „Sheʼrho“ (1956),
  • „Bahoridil“ (1964) va boshqalar
Nasr
  • „Leninobod“ (hikoya)
Pyesalari
  • „Sharaf“ (musiqiy pyesa)

Tarjima faoliyatida Aleksandr Pushkin, Mixail Lermontov, Ivan Krilov, Taras Shevchenko, Alisher Navoiy, Maksim Gorkiy, Xamza , Gʻafur Gʻulom ijodlaridan tarjima qilgan

Oilasi

tahrir
  • Xotini – Oydin Yaxyayevna Usmonova, Tojikiston SSR xalq artisti
  • Qizi – Ozod Aminzoda, shoira
  • Qizi – Zebo Aminzoda Muxiddinovna, sovet tojik aktrisasi, raqqosa, xoreograf, xoreograf, oʻqituvchi. SSSR xalq artisti (1986).
  • Oʻgʻli – Muhsin Aminzoda, shoir, Tojikistonda matbuot va televideniyeda ishlagan

Mukofotlari

tahrir

Xotira

tahrir

Xo'jandda Muhiddin Aminzoda uy-muzeyi ochilgan va Dushanbedagi maktablardan biri uning nomi berilgan.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Таджикская национальная энциклопедия  : [25 томов ] / Главный редактор А. Курбонов  ; 2011—2017, том 1). - ISBN 978-99947-33-45-3 .