Mujohidlar Sho‘ro kengashi (Iroq)
Mujohidlar Shoʻro kengashi (مجلس شورى المجاهدين في العراق) — Iroq qarshilik koʻrsatish davrida paydo boʻlgan kamida oltita sunniy jihodchi salafiy isyonchi guruhlar tomonidan tuzilgan noqonuniy qurolli soyabon tashkilot.
Mujohidlar Shoʻro kengashi | |
---|---|
مجلس شورى المجاهدين في العراق | |
Mafkurasi | Jihodchi salafiylik |
Etnik mansubligi | Iroq |
Liderlari |
Abu Musab az-Zarqaviy (7-iyun 2006 - 15-oktyabr 2006) |
Shtab-kvartirasi |
|
Faoliyat hududi | Anbar, Iroq |
Tuzilgan vaqti | 2006-yil 15-yanvar |
Tugatilgan vaqti | 2006-yil 15-oktyabr |
Dushmanlari |
Ko'p millatli kuchlar - Iroq Iroq |
Ishtirok etgan nizolari | Iroq qarshiligi |
2006-yil 15-yanvarda Iroq Al-Qoida vakili Abu Maisara al-Iroqiy: „Iroqni ishgʻoldan qutqarish, barcha mujohidlarni bir tom ostida toʻplash va birgalikda harakat qilish, Islom va Sunnat bayrogʻini baland koʻtarish“;
Iroq al-Qoida, Jaysh at-Tayfa al-Mansur, Katbiyan Ansor at-Tavhid val Sunna, Saroy al-Jihod, al-Guraba batalyonlari va al-Ahval batalyonlaridan tashkil topgan tashkilot tuzilgani eʼlon qilindi.[1]
Tashkil etilganidan taxminan ikki hafta oʻtgach, “Jaysh Ahl as-Sunna” va “Al-Jamoat” ham tarkibga qoʻshilgani xabar qilindi.[1] 2006-yil 22-fevralda Iroqning Samarra shahridagi shialar tomonidan muqaddas sanalgan al-Askari masjidida sodir etilgan bombali hujumda hech kim halok boʻlmadi yoki jarohatlanmadi, lekin bino zarar koʻrdi.[2][3]
Hujum ortidan oʻlkada sunniy va shia guruhlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda 1000 dan ortiq odamning halok boʻlgani bildirildi.[4]
2006-yil 7-iyun kuni tashkilot rahbari Abu Musab az-Zarqaviy ishtirokida tashkilot yigʻilishi oʻtkazilgan binoga havo hujumi natijasida tashkilot rahbari Abu Musab az-Zarqaviy halok boʻldi.[5][6][7]
2006-yil 15-oktyabrda chiqarilgan video bilan: U butun Bagʻdod, Anbar, Diyala, Kirkuk, Salohiddin va Naynava viloyatlari hamda Bobil viloyatining bir qismini oʻz ichiga olgan mintaqada Iroq Islomiy davlatini tuzganini e’lon qildi.[8]
Eslatmalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Mujahideen Shura Council in Iraq: Fact or Fiction?“ (İngilizce). Jamestown Vakfı (29-mart). 30 eylül 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 eylül 2016.
- ↑ „Iraq Reports Capture of Senior Al Qaeda Figure“ (İngilizce). The New York Times (3 eylül 2006). 24 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „Blast Destroys Shrine in Iraq, Setting Off Sectarian Fury“ (İngilizce). The New York Times (22 şubat 2006). 27 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „Blood on Our Hands“ (İngilizce). Foreign Policy (25 ekim 2010). 21 şubat 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „Insurgent Leader Al-Zarqawi Killed in Iraq“ (İngilizce). The Washington Post (8 haziran 2006). 19 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „U.S. Strike Hits Insurgent at Safehouse“ (İngilizce). The New York Times (8 haziran 2006). 8 temmuz 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „U.S. reveals face of alleged new terror chief“ (İngilizce). CNN (15 haziran 2006). 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 eylül 2016.
- ↑ „The Rump Islamic Emirate of Iraq“ (İngilizce). The Long War Journal (16 ekim 2006). 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 eylül 2016.
Havolalar
tahrir- „Senior Qaeda figure in Iraq a myth: U.S. military“ (İngilizce). Reuters (18 temmuz 2007). 30 haziran 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 eylül 2016.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |