Munojot Yoʻlchiyeva

Oʻzbekiston Qahramoni, xonanda
(Munojotxon Yoʻlchiyevadan yoʻnaltirildi)

Yoʻlchiyeva Munojotxon Abduvaliyevna (1960-yil 26-noyabr Buloqboshi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik xonanda. 1994-yili Oʻzbekiston xalq artisti, 2021-yili Oʻzbekiston Qahramoni, 2024-yilda Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[1]. Oʻzbek mumtoz ashulalari ijrochisi. Konsertlarida tarixiy, falsafiy, tasavvufiy gʻazallarga oʻrin ajratgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[2].

Munojotxon Yoʻlchiyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-noyabr 1960-yil (1960-11-26) (64 yosh)
Andijon
Kasbi Xonanda
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai holi

tahrir

Munojot Yoʻlchiyeva 1960-yil Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. Munojot Yoʻlchiyeva sakkiz farzandli oilada — 6 qiz va 2 o‘g‘il, uchinchi farzand bo‘lib voyaga yetgan.1978-yili Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va universitetni 1985-yilda tamomlagan. Anaʼnaviy xonandalik va maqom sanʼati sirlarini M. Mirzayev va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sh. Mirzayevlardan oʻrgangan. Oʻzbekiston teleradioqoʻmitasining „Maqom“ ansamblida (1980—82), Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1982-yildan, 1996-yildan „Oʻzbeknavo“)da xonanda.

Repertuaridan maqom yoʻllari („Saraxbori Navo“, „Saraxbori Dugoh“, „Moʻgʻulchai Navo“, „Talqini Ushshoq“ va b.), oʻzbek mumtoz va xalq ashulalari („Ushshoq“, „Munojot“, „Chorgoh“, „Tanavor“, „Oʻzgancha“, „Girya“ va b.), katta ashulalar („Ey, dilbari jononim“, „Ishqing oʻtigʻa“ va b.), oʻzbek bastakorlari asarlari — „Nihon etdi“, „Mehnat ahli“ (M. Mirzayev), „Bul ajab“, „Qayondir“, „Raʼno kibi“ (Sh. Mirzayev) va boshqalar oʻrin olgan. Bastakor va sozanda Sh. Mirzayev boshchiligidagi musiqachilar guruhi bilan Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan. Yoʻlchiyeva ijro etgan ashulalari gramplastinka (Toshkent, 1981) va kompakt disk (Fransiya, 1995; Germaniya, 1997)larga yozilgan. Uning ijodiga bagʻishlangan 2 film („Oʻzbekkinoxronika“ studiyasi, 1982; „Oʻzbektelefilm“ studiyasi, 1983) va 3 videofilm (Oʻzbekteleradiokompaniyasining „Videofilm“ studiyasi, 1987, 1993, 2000) suratga olingan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998). „Sharq taronalari“ 1-xalqaro musiqa festivalida 1-mukofot sovrindori (1997)[3][4].

Mukofot va unvonlari

tahrir

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1990-yil 3-may) — musiqali, teatr kinosi, milliy xoreografiya va qoʻshiq ijodkorligini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, fidokorona mehnati, Navroʻz bayrami va telemarafonga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda koʻrsatgan yuksak kasb mahorati uchun[5]

O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti (1994-yil 10-iyun) — yuksak ijro mahorati, respublika teatr sanʼatini rivojlantirishdagi xizmatlari va jamoat hayotidagi faol ishtiroki uchun[6]

„Sharq taronalari“ festivali gʻolibi (1997)

„El-yurt xurmati“ ordeni (1998-yil 27-avgust) — fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, maʼnaviyatni yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari, shuningdek, asrab-avaylashga qoʻshgan munosib hissasi uchun[7].

„Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2004-yil 23-avgust) — xalq maʼnaviyatining intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sog‘liqni saqlashni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari hamda jamiyat hayotini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun. Vatan mustaqilligi, yurt tinchligi va barqarorligini saqlash, ko‘p yillik jamoat faoliyati uchun[8].

„Buyuk xizmatlari uchun ordeni (2011-yil 24-avgust) — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oya rivoji, maʼnaviyatni tiklash, xalqning o‘zligini anglashini yuksaltirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdodi va bunyodkorlik, ilmiy faoliyat, fidokorona mehnat, barkamol avlodni Vatan va xalqqa muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish ruhida tarbiyasi uchun[9].

„Mehnat shuhrati ordeni (2019-yil 29-avgust) — xalqning ilmiy, intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy madaniyatni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun[10].

O‘zbekiston Qahramoni (2021-yil 24-avgust) — mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro nufuzini oshirish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini taʼminlashdagi ulkan xizmatlari, jadal va fundamental taraqqiyot jarayonida tashabbuskorligi uchun Yangi O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, davlat va xalq manfaati yo‘lidagi fidokorona mehnat, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni maʼnaviyatli qilib tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun[11].

Manbalar

tahrir
  1. „O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarini yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirladilar“. Ўзбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти.
  2. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida“. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. https://president.uz/ (2024-yil 16-noyabr). Qaraldi: 21-noyabr 2024-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Rasmiy sayti (oʻzb.) (rus.) (ingl.)
  5. Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 3 may 1990 года № УП-2 «Об итогах проведения народного праздника Навруз
  6. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 10 iyunya 1994 goda № UP-865 „O nagrajdenii gruppi rabotnikov iskusstv respubliki“
  7. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
  8. Указ Президента Республики Узбекистан от 23 avgust 2004 года № УП-3473 «О награждении в связи с тринадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
  9. „Указ Президента Республики Узбекистан от 24 августа 2011 года «О награждении в связи с двадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер»“ (deadlink). 2020-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  10. „О награждении в связи с 28-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры и искусства“. УзА (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 31-avgust.
  11. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda "O prisvoenii zvaniya „Oʻzbekiston Qahramoni“