Munozara:Bosh Sahifa
Xush kelibsiz! Bu sahifa Vikipediya foydalanuvchilari oʻzbekcha Vikipediya bosh sahifasining qiyofasi va tarkibiga oid savollarni muhokama qilishlari uchundir. Bu yer umumiy forum emas.
|
![]() | Bu sahifaning kunlik koʻrishlar soni |
![]() Arxiv |
---|
|
23-avenyu matnida xato Tahrirlash
Lexington oʻrniga Lexngton yozilib ketibdi. 84.54.122.156 17:54, 22-Avgust 2022 (UTC)
- Shunday Fre1ndz 1998 (munozara) 14:34, 2-Dekabr 2022 (UTC)
Nomzodlar soni Tahrirlash
TM, YM va XM nomzodlari soni 0 boʻlib turipti. Bu koʻrsatkichlarni yo yangilab turish, yo olib tashlash kerak. 84.54.122.156 13:28, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Fikringizga qoʻshilaman. {{TM soni}}, {{YM soni}} va {{XM soni}} andozalari qoʻlda yangilashni talab etadi. Menimcha, ularni bosh sahifadan olib tashlash kerak. Malikxan munozara 14:08, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Ishlamasa keragi yo‘q, menimcha ham. MaxiMillian (munozara) 14:11, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Tuzatildi. 84.54.122.156 19:12, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Ishlamasa keragi yo‘q, menimcha ham. MaxiMillian (munozara) 14:11, 24-Avgust 2022 (UTC)
- + Fre1ndz 1998 (munozara) 14:36, 2-Dekabr 2022 (UTC)
Qoʻshimcha Tahrirlash
Portugaliya haqidagi maqola adashmasam men wikipediaga kirgan (3oy avval) vaqtdan dan buyon oʻzgarmay turgandek. Tm Ym Xm ga nomzodlar soni ortganligini inobatga olgan holda har oylik uchun oʻzining alohida maqolasini berishni targʻib qilsangiz menimcha nur ustiga aʼlo nur bo;lar edi. Bosh sahifada Tm, Xm, Ym larning chiqishi esa juda chiroyli chiqqan. Panpanchik (munozara) 14:27, 24-Avgust 2022 (UTC)
- TMga nomzodlar soni ortgani bilan ulardan birortasi ushbu statusni olmagan: Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari. Malikxan munozara 14:30, 24-Avgust 2022 (UTC)
bugun saxifasi Tahrirlash
1386-yil 21-noyabr Amir Temur Gruziya qirolligining poytaxti Tbilisini qamal qildi va egalladi.
Shu yangilikni ham qoʻshib qoʻyaylik, hali kun tugashiga 1 soat bor:) — Bu xabarni History uzbeks (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Tanlangan maqolada xatolik Tahrirlash
Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin, odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalarida paydo boʻla boshlangan boʻlishi kerak emasmikana, nima dedingiz, ogʻa? MaxiMillian (talk) 17:13, 29-Noyabr 2022 (UTC)
- Epidemics caused by viruses began when human behaviour changed during the Neolithic period, around 12,000 years ago, when humans developed more densely populated agricultural communities. > Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin — odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda — paydo boʻla boshlagan. Nataev munozara 04:37, 30-Noyabr 2022 (UTC)
I think that, because really lot of off topic stuff about Turkey is added, someone must direct them to the right page in order to add those stuff in a wikified form, or temporarily protect this page. NikosLikomitros (munozara) 11:46, 30-Noyabr 2022 (UTC)
Yangiliklar sahifasi Tahrirlash
Yangiliklar sahifasidagi mana bu fayl insofli foydalanish meʼzonlari asosida yuklangan. Uni birdan ortiq sahifada foydalanish mumkin emas. Salazarov (suhbat) 05:33, 16-Fevral 2023 (UTC)
Yangiliklar boʻlimidagi xato Tahrirlash
Yangiliklar boʻlimida Oʻzbekiston yoshlar milliy futbol terma jamoasi (tasvirda) jahon chempionatiga yoʻl oldi deyilmoqda va maqola ustiga bosib kirganda U-23 jamoasi maqolasiga yoʻnaltirilgan aslida U-20 jamoasiga yoʻnaltirilishi kerak. Cybersta (munozara) 08:55, 14-Mart 2023 (UTC)
Ikonkani oʻzgartirish Tahrirlash
Malikxan, Yaxshi maqoladagi ni ga almashtirishga nima deysiz? Muzaffar Murodovichmunozara 19:49, 8-May 2023 (UTC)
Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Mashhura05 (munozara) 04:45, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Vatan-muqaddas dargoh Tahrirlash
Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.
Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan, uning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi bir muncha havotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.
Shuni to’g’ri anglagan holda prezidentimiz, hukumatimiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari bunga katta e’tibor bermoqda. Xususan, bizning Andijon viloyatimizda ham bu boradagi ishlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan fuqarolarimizda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, viloyatimizda yosh avlod vakillari bilan mehnat faxriylari, olimlar, shoirlar, mashxur sportchilar ishtirokida vatanparvarlikka chorlovchi uchrashuvlar tashkil qilish, vatanni madh etuvchi qo’shiqlar, she’rlar, badiiy adabiyot na’munalari tanlovlari e’lon qilingan. Shuningdek, haftaning xar juma kuni viloyatimizda Harbiy vatanparvarlik kuni deb e’lon qilingan.
Andijon davlat universitetida ham yuqorida belgilangan chora tadbirlar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalar o’rtasida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli qo’shiq, she’r va insholar tanlovi e’lon qilingan. Bundan tashqari “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” nomli sport musobaqalari uyushtirilgan. 213.230.69.66 04:55, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot, Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi. Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam, Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. Asmonorboyeva (munozara) 05:00, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Mustaqillik davri adabiyoti Tahrirlash
- Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, „Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
- Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
- Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989), „Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993), „Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“ (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq.
- Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
- 1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
- 1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
- Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
- 1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
- Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" .
- „Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
- Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni.
- Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“ asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan.
- Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“ (Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri sahnasida qoʻyilgan.
- Chop etilgan kitoblari:
- „Qadrdon quyosh“ — Sheʼrlar toʻplami,1979 "Shahardagi olma daraxti — "Sheʼrlar toʻplami,1979 „Tungi bogʻlar“ — Sheʼrlar toʻplami,1981 „Uchib boraman qushlar bilan“ — Sheʼrlar toʻplami,1983 „Toʻmarisning koʻzlari“ — Sheʼrlar toʻplami,1984 „Bolalikning ovozi“ — Sheʼrlar toʻplami,1986 „Qaqnus“ — Sheʼrlar toʻplami,1987 „Polet odinokoy ptitsi“ — Sbornik stixov,1989 „Samarqand xayoli“ — Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar,1991 „Sohibqiron nabirasi“ — Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 „Shahidlar shohi“ (Shayx Kubro tushlari" — Tarixiy-maʼrifiy qissa,1998 „Bahordan bir kun oldin“ — Sheʼrlar toʻplami,1997 „Bibixonim qissasi“ — Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 „Shayx Kubro tushlari“ — Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr,2008
- Shuningdek,Xurshid Davronning oʻndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham nashr etilgan.
- Shavkat Rahmon (1950-1996)
- XX asr o‘zbek sheʼriyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentabrda Oʻsh shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga o‘kishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi.
- Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, o‘z sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
- 1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi, vafotidan so‘ng „Saylanma“ si (1997) nashr qilindi.
- Asarlari: „Rangin lahzalar“ (1978), „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1984), „Gullayotgan tosh“ (1985), „Uyg‘oq tog‘lar“ (1986), „Xulvo“ (1987) kabi sheʼriy kitoblari, Federiko Garsia Lorka sheʼrlari tarjimalari va boshq.
- 1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri.
- Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.
- Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
- Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi.
- Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974)
- Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962).
- Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
- Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil „Fargʻona haqiqati“(sobiq „Kommuna“) gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
- Taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali „Yoshlik“ning asoschisi (1982).
- Shoir Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962—1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.
- Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi.
- Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.
- Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.
- 1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.
- Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
- Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.
- Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
- Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan.
- Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjmon (1976—1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984) boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.
- Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
- Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. U 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlogʻida tugʻilgan. 1973 yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir boʻlib ishlagan. 1983 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.
- 1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi derutati.
- Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi. 1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.
- Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan. Oʻrta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968—1973). Filologiya fanlari nomzodi „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1973—1984), „Yosh kuch“ jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1986—1995) boʻlib ishlagan.
- 1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980—1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida (1986—1993) ishladi.
- Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956 yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „Guliston“ (1974—1980), „Yoshlik“ (1982—1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) faoliyat koʻrsatdi.
Zulfizar05 (munozara) 05:15, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Til va jamiyat Tahrirlash
Til - ijtimoiy hodisa sanaladi. Ijtimoiy so'zi jamiyat hayotiga oid degan ma'noni bildiradi. Tilsiz jamiyatni, jamiyatsiz esa tilni tasavvur qilib bo'lmaydi. shved olimi F. de Sossyur o'zining '' Umumiy lingvistika kursi'' asarida: ''Til - g'oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasi'',- deb yozadi. Adxamova Zeboxon (munozara) 06:41, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Til va tafakkur Tahrirlash
Til ijtimoiy hodisa bo'lib, insonlar o'rtasida muloqot vositasi hisoblanadi. Til va tafakkur tushunchalari o'zaro bir butunlikni tashkil etadi. Ya'ni ikki tushunchani bir-birisiz tushunish qiyin.Avval biz fikrlaymiz, so'ng u fikrlarni til orqali ommmaga taqdim etamiz. Ozoda2006 (munozara) 06:42, 3-Oktyabr 2023 (UTC)