Oʻchirishga tahrir

Eski (2014-yil) va yagona nufuzli manbaga asoslanib yozilgan maqolaning ensiklopedik ahamiyati shubxa ostida. — Kagansky (munozara) 03:29, 14-Sentabr 2021 (UTC)

Nufuzli manba umuman yoʻq hisobi. Oʻchirish kerak. Nataev munozara 04:29, 14-Sentabr 2021 (UTC)
Ensiklopedik ahamiyatga ega emasligi yozilgan ekan. Butun O'zbekiston qizlari uchun imij yarataolgan, doimo ko'rganda qizlar uni boshida do'ppi va chiroyli so'zlar bilan eslaydigan, "Dunyo kinosi va kino dunyosi" kabi iboralari bugungi kungacha trendda qolgan teleboshlovchi. Albatta maqolada bu kabi ma'lumotlar berilmagan. Ensiklopedik ko'rinishida neytral ma'lumotlar keltirilgan va bu uchun yetarli ma'lumotlar ham kiritilgan. Nega endi o'chirlishi kerakligi yozilgan, hech bo'lmaganda ma'lumotlar yetarlicha tasdiqlanmagan degan belgi berish mumkinku Filmmer (munozara) 06:53, 14-Sentabr 2021 (UTC)
Lola Zunnunova maqolasini yaratgan mana bu hisob egasi ham sizmisiz? Maqolangizda nufuzli manbalar keltirilmagan. Iltimos, VP:BIO sahifasi bilan tanishib chiqing. Malikxan munozara 07:33, 14-Sentabr 2021 (UTC)
Vikipediyada "yetarlicha tasdiqlanmagan" degan tushuncha mavjud emas. Maqola ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart! Maqolaning hozirgi holatida bu narsa koʻrinmayapti. Koʻrsatilgan manbaning nufuzli ekanligi ham shubha ostida. Oʻchirish kerak. — Kagansky (munozara) 08:01, 14-Sentabr 2021 (UTC)
@Filmmer:, maqola muallifimisiz? — Kagansky (munozara) 08:04, 14-Sentabr 2021 (UTC)
Ha maqola muallifiman. "Yatrlicha tasdiqlanmagan" degan tushincha vikipediyada yo'q deysizmi? Turk Vikipediyasida bor edi. Filmmer (munozara) 11:56, 14-Sentabr 2021 (UTC)
Demak, Foydalanuvchi:Film contributor hisob qaydnomasi ham sizga tegishli ekan. Har ehtimolga qarshi, sizga VP:QOʻGʻ bilan tanishib chiqishni maslahat bergan boʻlardim. — Kagansky (munozara) 13:30, 14-Sentabr 2021 (UTC)
O'chirish taklif qilinganidan keyin maqoladagi ma'lumotlarni yangilab IMDB kabi xorij va bir nechta o'zbek resurslardan referens qo'shildi. Maqola va unda yoritilgan shaxs taniqli va ahamiyatga ega ekanligi inkor qilinmaydi, shu sababli ensiklopediya uchun yetishmayotgan referenslar qo'shildi. Maqola o'chirish uchun mos emas. — Bu xabarni Filmmer (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
IMDb yetarli boʻlmaydi. Qancha manba qoʻshsangiz ham, qoʻshilgan manbalar nufuzli boʻlmasa, foydasiz. Malikxan munozara 12:07, 18-Sentabr 2021 (UTC)
IMDb faqatgina Kinomaniya toʻgʻrisida preambulada keltirilgan maʼlumotni tasdiqlayapti, holbuki IMDb manbasi umuman foydasiz boʻlgan matnga keltirilgan. Maqoladagi qolgan matnlar esa hozirgi koʻrinishida quruq safsatadan boshqa narsa emas. Sababi maqola matniga:
  1. ishonchli manba keltirilmagan (masalan, telekanallarda ishlagan yillariga, tayyorlagan aksariyat koʻrsatuvlarining nomiga va boshqalar);
  2. keltirilgan manbada umuman boshqa mavzu toʻgʻrisida gapirilgan (masalan, ... Kinoqahramon va Bu kino...ni efirga taqdim qilgan deyilgan matnga tez kunda ushbu koʻrsatuvlarni efirga uzatamiz deyilgan videorolikli manba keltirilgan);
  3. keltirilgan manba, ishonchliligi oʻzidanda past boʻlgan manbaga asoslangan (masalan, oʻzining texnik uzilishlari borligi toʻgʻrisida xabar berayotgan effect.uz saytidagi matn Darakchi maʼlumotiga asoslangan).
Maqolaning oʻzi 2 haftaga yaqin davr mobaynida yaxshi holatga keltirilmadi. Xulosaoldi fikrim, ushbu maqola VP:JURNALISTLARning hech bir talabiga javob bermaydi, VP:1HODga koʻra esa axlat hidoblanadi va VP:YQga koʻra juvonmarg qilinishi shart. — Kagansky (munozara) 00:27, 27-Sentabr 2021 (UTC)
  Oʻchirildi. Malikxan munozara 08:57, 27-Sentabr 2021 (UTC)
„Lola Zunnunova“ sahifasiga qaytish.